• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    73 yoshida uylangan Ubaydulla Omondan Aziz Rametovgacha. O‘zbek shou-biznesida muhokamalarga sabab bo‘lgan to‘ylar (foto, video)

    O‘zbek shou-biznesi vakillarining to‘ylari dunyo yulduzlarining nikoh oqshomlari singari katta shov-shuv va muhokamalarga sabab bo‘ladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    So‘nggi yillarda bo‘lib o‘tgan va muhokamalarga sabab bo‘lgan nikoh oqshomlarining bir qanchasini eslaymiz.

    O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon 73 yoshida 44 yoshli qizga uylandi.

    O‘zbekiston xalq artisti, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Ubaydulla Omon 2021-yil 22-mart kuni 73 yoshida 44 yoshli qizga uylandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Nikoh oqshomi Buxoro shahridagi “Tojimahal” to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan hamda shu kuni aktyorning muchal to‘yi ham nishonlangan.

    Ubaydullo Omon Buxoro shahar Xalq ta’limi bo‘limi ingliz tili metodisti va shahardagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi 44 yoshli Nilufar Sherovaga uylangan. O‘zbekiston xalq artisti Nilufar Sherovaning ilk turmushi hisoblanadi. Ubaydulla Omonning 73 yoshida uylangani katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.

    Imronning 2,5 yil kutishga majbur bo‘lgani, qizil kastumi muhokama qilingan to‘yi

    Xonanda Imron 2021-yil o‘zidan 12 yosh kichkina Sadaf ismli qizga uylandi. Eng qizig‘i Imron bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini nikoh yoshiga yetishi uchun 2,5 yil kutishga majbur bo‘lgan. Nikoh oqshomi Buxoroning “Maroqan” restoranida, Toshkentning “O‘zbekiston” mehmonxonalarida bo‘lib o‘tgan edi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “O‘zbekiston” mehmonxonasida bo‘lgan oqshomda xonanda Imronning qizil kastum kiygani katta muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Xonandaning o‘zi ham intervyularidan birida, qizil kastum kiyish sababini ma’lum qilgan.

    To‘y bir marotaba bo‘ladi. Ushbu oqshomda eng sevimli rangimda kiyinishni xohladim. Albatta, kuyov bola qora kostyum kiyishi kerak, desangiz Buxorodagi to‘yimda qora kostyum-shimda bo‘lganman. Qizil  rangli kiyimni to‘ylarda ko‘pchilik kiygan. Lekin biz san’atkor bo‘lganimiz uchun bu ko‘pchilikka ko‘ringan.

    Ba’zilar nima endi bu qizil kostyum, masxarabozga o‘xshab shartmidi kiyish, deb yozganlarni ko‘rdim. Ammo qizil rangni juda nufuzli odamlar ham kiygan, agar bu narsani kiyish mumkin bo‘lmaganida, balki ular ham kiyishmasdi. Qizil rangni yaxshi ko‘rganim uchun kiydim.

    Imron, xonanda

    Vohidjon Isoqov to‘yidan so‘ng jarima to‘lagani haqida

    Xonanda Vohidjon Isoqov 2020-yilning 14-sentabr kuni Tashkent City’dagi parkda nikoh oqshomini o‘tkazgan edi.

    Foto: Instagram / @vohidjonisoqov

    Foto: Instagram / @vohidjonisoqov

    O‘sha vaqtda karantin qoidalari kuchaytirilgan va “to‘ydagi mehmonlar soni 30 kishidan oshmasin, to‘y uyda o‘tkazilsin” degan talab qo‘yilgan bir vaqtda Vohidjon Isoqov o‘z to‘yini poytaxt markazida dabdaba bilan o‘tkazgani, bir necha kun jamoatchilik diqqat-e’tiboridagi asosiy mavzulardan biri bo‘lib turdi.

    Oxir oqibat Vohidjon Isoqov 2020-yil, 16-sentabr kuni Toshkent shahar IIBB to‘yida “mehmonlar soni 50 dan oshgan” 32 yoshli Vohidjon Isoqovni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) asosan jarimaga tortgani (bunda qoidabuzarga nisbatan moddaning aynan qaysi bandi qo‘llanilgani aytilmagan), xonandaga bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 5 baravari (1 115 000 so‘m)ga teng jarima belgilangani haqida xabar berildi.

    “Million”chi Ma’rufjon Nosirov to‘yidan avval o‘g‘illi bo‘lgani haqida

    “Million” jamoasining a’zosi, aktyor Ma’rufjon Nosirovning to‘yi to‘rt marotaba qoldirilgani ma’lum bo‘ldi. Birinchi marotaba buvisining vafoti munosabati bilan, ikkinchi marotaba karantin sabab, uchinchi marotaba to‘yga 30 ortiq mehmon chaqirib bo‘lmagani sababli va to‘rtinchi marotaba Ma’ruf Nosirovning ammasi olamdan o‘tgani uchun to‘y qoldirilgan.

    Ma’ruf Nosirovning ma’lum qilishicha, buvijonisining vafotidan so‘ng, onasining roziligi bilan, ayoli bilan nikohdan o‘tgan, katta to‘y marosimi esa bir emas, to‘rt marotaba qoldirilgan. To‘yidan avval farzandli bo‘lgan Ma’ruf Nosirovning Ayyubxon ismli farzandi bor.

    Aktyor Mirolim Qilichev o‘zidan kichik qizga uylangani

    Aktyor Mirolim Qilichev o‘zidan 15 yosh kichik muxlisiga uylandi. Aktyor bu haqida quyidagilarni so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Uylanish juda ham mushkul bo‘ldi. O‘ttiz uch yoshda uylandim. Bundan avval necha martalab uylanmoqchi bo‘lganman, sovchi yuborgan xonadonlarim ham ko‘p bo‘lgan. San’at sohasidagi qizlarga ham sovchi qo‘yganman, boshqa sohadagi qizlar ham bo‘lgan. Arzimagan sabablar bilan bo‘lmay qolgan. Xullas, nasib etgan kuni hozir ekan.

    Ayolim bilan bir to‘yda tanishib qolganmiz, ular kelin dugona ekanlar. Bir tanishim shu qiz bilan tanishib ko‘r, juda yaxshi, aqlli qiz, degani uchun ko‘rishdik, menga har tomonlama ma’qul bo‘ldi. Keyin mana, to‘y bo‘lib ketdi.

    Mirolim Qilichev, aktyor

    Yigitali va  Muqaddasning yashirincha nikohi

    Aktyor Yigitali Mamajonov 2018-yilda aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaga uylandi. Yigitali Mamajonov Muqaddas Sa’dullayevaga uylanganini keng jamoatchilikdan deyarli bir yil yashirib yurdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Muqaddas Sa’dullayeva bilan turmush qurganimizni yashirib yurishning iloji yo‘qligini bilardim, ammo iloji boricha berkitishga harakat qildim. Chunki gap-so‘z bo‘lib ketishini xohlamadim. Bu haqida bilib qolishsa ham, bir muddat bizni gapirishadi va keyin hammasi joyiga tushib ketadi deb o‘ylagan edim. O‘zim xohlamagan ravishda turmushimiz shov-shuv bo‘lib ketdi.

    Oilamga har xil ko‘zlar tegishini xohlamayman. Aslida ijtimoiy tarmoqlarga suratlarimizni joylashimiz ham noto‘g‘ridir balki, shuning uchun ham avvalroq bu haqida ma’lum qilgimiz, suratlarni ham joylagimiz kelmagan edi. Birinchi va ikkinchi oilam bilan ham rasmlarni joylaganimizdan so‘ng har xil gap-so‘zlar, muammolar boshlanib ketgan edi. Menimcha oila sirligicha qolishi kerak.

    Yigitali Mamajonov, aktyor, kaskadyor

    Aziz Rametov 200 ga yaqin san’atkorlarni jamlagan nikoh oqshomi

    Aktyor Aziz Rametovning dabdabali nikoh oqshomi 2022-yil, 3-mart kuni “Osiyo Grand” to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Nikoh oqshomi 200 ga yaqin san’atkorlarni jamlagani bilan esda qolarli bo‘ldi. Aziz Rametov Shahlo Umarova ismli hunarmand qiz bilan oila qurdi. U 1993-yil tavallud topgan va Nastarin Collection brendiga asos solgan.

    Mavzuga doir: 

    • Aziz Rametovning 200 ga yaqin san’atkorlarni jamlagan, uzoq kutilgan dabdabali to‘yidan reportaj (foto, video)
    • Yigitali Mamajonov Muqaddas Sa’dullayeva bilan turmush qurganini nimaga yashirib yurganiga oydinlik kiritdi (video)
    • Xonanda Imron turmush o‘rtog‘ini 2,5 yil kutib, 2 ta to‘y qilgani va u bilan janozada tanishgani haqida (video)
    • “Million” kulgi jamoasi a’zosi Ma’ruf Nosirov uylandi (video)
    • Vohidjon Isoqov uylandi. To‘yda Farruh Zokirov, Yulduz Usmonova va yana 10 dan ortiq xonanda qo‘shiq kuyladi (foto+video)
    • O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon 73 yoshida yana uylandi
    • Aktyor Mirolim Qilichev o‘zidan 15 yosh kichik qizga uylangani va “ikkinchi marta uylandi” degan mish-mishlar haqida so‘zlab berdi (video)
     

    13.06.2022, 13:18   Izoh (0)   37763
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jonni Depp va Ember Xyordning Los-Anjelesdagi pentxausi sotuvga qo‘yildi (foto)

    11.06.2022, 13:48

    Uyqu, vazelin va qayrilgan qoshlar: Merilin Monroning g‘ayrioddiy go‘zallik sirlari

    10.06.2022, 20:44

    Tan soqchisining pichoqlanishidan tortib tegajog‘likkacha: to‘ylarda o‘zbekistonlik xonandalar duch keladigan ayanchli va kulgili holatlar

    10.06.2022, 18:54

    Jonni Depp Ember Xyord unga to‘lashi kerak bo‘lgan pulning 8 mln dollaridan voz kechishi mumkin

    10.06.2022, 16:50

    Instagram: Yangi mashinali bo‘lgan Avaz Oxun, Durdona Qurbonovaning YPX xodimlariga sovg‘asi, kasbini o‘zgartirishga urinib ko‘rgan Jahongir Poziljonov

    09.06.2022, 22:17

    Bollivud yulduzi Shridevining qizlari Janvi Kapur va Kxushi Kapur: ular onasining muvaffaqiyatini takrorlay oladimi?

    09.06.2022, 18:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.