Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola etamiz.
Bunyodbek Saidov o‘zbek san’atining zabardast vakillari Farruh Zokirov va G‘ulomjon Yoqubov bilan birga tushgan suratini sahifasiga joyladi.
Yulduz Usmonova “Ado” deb nomlangan qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga havola etdi.
3-mart sanasida xonanda Umida Mirhamidova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Xonanda sahifasiga ota-onasi bilan tushgan suratini joylab, ularga minnatdorchilik bildirdi.
Shohruxxon quruvchilarning kasb bayrami munosabati bilan suratga olinayotgan rolikda suratga tushmoqda. Rolik uchun xonanda grim yordamida tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirildi.
Feruza Jumaniyozova muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.
Aktrisa Zilola G‘ulomova “Zebo” serialining suratga olish jarayonida oyog‘ini sindirib oldi. U ko‘ngilsiz hodisaga qaramay, suratga olish jarayonida ishtirok etmoqda.
Xonanda Lola tobora Moskvadan boshqa shaharga ko‘chib ketish istagi kuchayayotgani haqida gapirdi. “Hozir oilam bilan Moskvada yashayapmiz. Lekin kundan kunga buni o‘zgartirish istagi kuchaymoqda. Hozir vahima qilmaslik hamda xotirjamlikni saqlash muhim. Hayot ko‘rsatadi”, — deydi Lola.
Umidaxon 2-mart kuni tavallud ayyomini nishonladi hamda folloverlariga turmush o‘rtog‘idan qanday sovg‘a olganini ko‘rsatdi.
Muqaddas Sa’dullayeva marhum pochchasi Fathulla Mas’udov bilan tushgan so‘nggi suratlaridan birini sahifasiga joyladi.
“Qodirxon” serialidagi roli bilan el nazariga tushgan aktrisa Marjona Mirzaaliyeva 2-mart kuni tug‘ilgan kunini nishonladi. Unga turmush o‘rtog‘i shu kuni Malibu avtomobilini sovg‘a qildi.
Mavzuga doir:
- Instagram: Nilufar Usmonova oltinchi farzandiga homiladormi? Alisher Uzoqov Dubaydan nega qaytdi? Asal Shodiyeva xonadonidan reportaj
- Instagram: Shahlo Rustamova o‘g‘lini uylantirdi, Nilufar Usmonova Shahzoda bilan urishib qolganmi? Parizodaning buvisiga atalgan syurprizi
- Instagram: Qudasiga mashina sovg‘a qilgan Dilfuza Ismoilova, Aziza Yoqubova qo‘lini so‘ragan bloger, beshinchi marta ota bo‘lgan Otabek Mirzaxolov
- Instagram: 4,5 mln obunachisini qaytarib olgan Shahzoda Muhammedova, Marjona Mirzaaliyevaning turmush o‘rtog‘iga syurprizi, YouTube ofisida bo‘lgan o‘zbekistonlik mashhurlar
- Instagram: Yulduz Usmonovaning 2 ming dollarlik ko‘ylagi, Jasur Umirovga parodiya qilgan Yigitali, AQSh aeroportida sarson bo‘lgan Yulduz Turdiyeva