• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Giyohvand modda sabab qamalgan va bir necha marta o‘limdan qolgan xonanda Abdulla Qurbonov 48 yoshda (foto, video)

    Abdulla Qurbonov nafaqat ijodi, balki sanʼatdan tashqari hayoti bilan ham tez-tez tilga tushadigan xonanda hisoblanadi. Shu bilan birga uning hayoti mashaqqatlarga va ziddiyatli vaziyatlarga juda boy.

    “Muhriddin Holiqovning shart qo‘ygan”

    Foto: Instagram / @abdullaqurbonov_

    Xonanda 1976-yilning 2-sentyabr kuni Akbar Qurbonov xonadonida dunyoga kelgan. Serfarzand oilada 9 ta o‘g‘il va qiz farzand voyaga yetgan. Ular orasida Abdulla Qurbonov ham bor edi. Garchi oilasida sanʼatkorlar bo‘lmagan bo‘lsa ham u bolaligidan sanʼatga mehr qo‘ygan. U ilk marta 1987-yili akasi Doniyor Qurbonovning to‘yida qo‘liga mikrofon olib qo‘shiq kuylagan. Uni zimdan kuzatib turgan xonanda Muhriddin Holiqovga uni shogirdlikka olishini so‘rashadi. “Bir shartim bor, agar “Arab tangosi”ni ijro etishni uddalasa, uni shogirdlikka olaman”, degan javobni olgach, xonanda qo‘shiqni qunt bilan o‘rganadi. Muhriddin Holiqov uni shogirdlikka olib, to‘y-xizmatlariga o‘zi bilan olib boradi.

    Foto: Instagram / @abdullaqurbonov

    — 1990-yili “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyida yosh estrada qo‘shiqchilarining ko‘rik tanlovi o‘tkazilgan. Ishtirokim ko‘pchilikka maʼqul bo‘lgan Muhriddin Holiqovning duolarini olib, Farruh Zokirovga qo‘ng‘iroq qilganman. “Meni shogirdlikka oling”, deganman. U paytlarda Farruh Zokirov va “Yalla” guruhining nomi butun dunyoga tanilgan, mashhurlik borasida uncha-muncha xonanda ularga teng kela olmasdi. Muhriddin Holiqovning maslahatiga kirib, “Arab tangosi”ni o‘rganganim qo‘l kelgan va 1991-yili Farruh Zokirov jamoasiga shogirdlikka qabul qilinganman. Besh yil davomida qo‘shiqchilik sirlarini o‘rganib, “Yalla”ning ko‘plab konsertlarida ishtirok etganman, deydi Abdulla Qurbonov.

    “Boyib ketsam onamni ishlatmayman”

    Abdulla Qurbonov qiyinchiliklarda o‘tgan bolalik yillarini quyidagicha eslaydi.

    Foto: Instagram / @abdullaqurbonov_

    — Katta ro‘zg‘orni tebratish oson bo‘lmagan. Keyinchalik otam novvoychilikni tashlab, taksoparkka ishga kirgan. “Sariq sigirni sog‘ib, sizlarni boqqanman”, desa sigirimiz yo‘q-ku, deb hayron bo‘lardim. Keyinchalik bilsam, dadam sariq sigir deganda, taksi mashinasini nazarda tutgan ekan. Onam esa ro‘zg‘or ishlaridan ortib, novvoychilik ham qilardi. Men ularni bozorga olib chiqib sotardim. 50 ta non yopish uchun otash-olov bo‘lib yonayotgan tandirga shuncha marta kirib chiqishiga to‘g‘ri kelardi. “Boyib ketsam onamni ishlatmayman”, deb niyat qilardim. Shukrki, ularning bari amalga oshdi,  deydi xonanda.

    “Mashinam dumalab ketdi”

    2002-yili xonanda avtofalokatga uchraydi va jiddiy jarohat oladi. Xonanda bu holatni suiqasd deya baholaydi.

    Foto: Instagram / @abdullaqurbonov_

    — Erta tongda oilam uchun Ko‘kcha bozoridan non, qaymoq olib, bir do‘stim sovg‘a qilgan Nexia mashinasida ukam bilan uyga qaytayotganimizda ko‘p qavatli uylar orasidan chiqqan “Moskvich” yo‘limda turib oldi. To‘qnashuvdan saqlanib, rulni burganimda mashinam dumalab ketdi. “Moskvich”da o‘tirgan to‘rt yigitning hech biri yordam bermay, ko‘zdan g‘oyib bo‘lishgan. Uyushtirilgan bo‘lmaganida ularga zarar yetkazmaslik maqsadida jonimizni xavfga qo‘yganim uchun rahmat evaziga yordam berishi kerak emasmidi?!, deydi xonanda.

    “Tan olaman, avvallari chekkanman”

    Xonanda giyohvand modda sabab ozodlikdan mahrum etilgan. Sanʼatkorning so‘zlariga ko‘ra, yaqin tanishlaridan biri uni to‘yga chaqirish bahonasida uyiga mehmonga kelganida, qo‘shiqchining rad etishiga qaramay, unga giyohvand moddani “hadya tariqasida” bergan.

    Foto: Instagram / @abdullaqurbonov_

    Abdulla Qurbonov avvallari “bu narsa”ni to‘ylarda, ulfatlar bilan o‘tirishlarda qabul qilganini tan oldi, lekin o‘sha paytda tashlaganini, sog‘lig‘i ham ko‘tarmasligini taʼkidlab o‘tdi.

    — Oradan 5-10 daqiqa o‘tgach, xodimlar kirib keldi… Tan olishim kerak, oldinlari chekkan bo‘lsam, chekkanman. Lekin men ularga buni olib kelinglar demaganman, buni zalda ham (sud zalida) aytganman. Ammo qonun hamma uchun bir xil ekan. Giyohvand modda sabab qamalganman, deydi Abdulla Qurbonov.

    “Qamoqxonaga Yulduz Usmonova kelgan”

    Xonanda Qashqadaryodagi jazoni ijro etish muassasida muddatini o‘tayotganida faqatgina Yulduz Usmonova uni ko‘rgani borgani va uning gaplari katta kuch bag‘ishlagani haqida so‘zlab bergan.

    Foto: Instagram / @abdullaqurbonov_

    — Shuncha sanʼatkorlarning ichida Yulduz Usmonovaning mard taraflaridan bittasi — qamoqda ekanimda Qashqadaryodagi qamoqxonaga meni ko‘rgani borgan ekanlar.

    Qamoqxonaga borib, rahbarlarni chaqirib, “shu bola mening bolamday, mening ukam, men eng yaxshi ko‘rgan sanʼatkorlardan bittasi bu, unga eʼtiborni jiddiyroq qilinglar, bu hali xalqqa kerak. Har xil gap-so‘zlar eshityapmiz, ishqilib bolaga tazyiqlar yo‘qmi, hech qanaqa zulmlar yo‘qmi?”, deb mendan xabar olishga borgan.

    Mayli, odamning narsasi emas, odamni eʼtibori muhim, qancha sanʼatkorlar bo‘lgan o‘sha payt, qo‘rqqan hammasi, xuddi menga yaqinlashsa, ularni ham qamab qo‘yadigandek tuyulgan ularga. To‘g‘risida, qo‘rqqan. Odamlardan emas, Xudodan qo‘rqishsin! O‘sha payt Yulduz opa hech nimadan qaytmasdan Qashqadaryoga jamoa bilan borgan ekanlar. Mening qaysi qamoqxonada ekanligimni surishtirishgan.

    Foto: Instagram / @abdullaqurbonov_

    Meni rahbariyat chaqirib, “Yulduz Usmonova senga kim bo‘ladi?”, deb savol berishganda men xavotirda bo‘ldim. Nima balo, opamgayam bir narsalar bo‘lganmikan, degan fikrda bo‘lib turganimda, “o‘ylama, qo‘rqma, xavotir olma. U odamga hech qanaqa yomonlik qilmaymiz, to‘g‘ri maʼnoda so‘rayapmiz, kim bo‘ladi?”, deganida, men “opam bo‘ladilar, hurmat qilaman, nima gap?” desam, shu yerga keldilar, lekin qonun doirasida uchrashtirish mumkin emas, nimagaki, familiya to‘g‘ri kelmaydi, “faqatgina oilangga ruxsat, boshqalarga mumkin emas degan qonun bor”, deyishganda ular ham, opa ham to‘g‘ri tushunganlar.

    “Mayli, faqat mening shaxsiy iltimosim, mening kelganimni chaqirib, mening nomimdan ikki og‘iz hol-ahvolini so‘rab qo‘yinglar”, deganlari katta eʼtibor. Ko‘ryapsizmi eʼtiborni, misol, menga jonlari achib, nima uchun borganlar, qaysidir jihatim opaga xush kelgan, qaysidir xarakterimni yaxshi ko‘rgan. Ayol kishi boshi bilan, uncha-muncha erkak kishi qilmagan mehrni bergan shu odam. Shuning uchun ham opani yaxshi ko‘raman,  deydi Abdulla Qurbonov.

    “Qamoqxonadagi uch yil…”

    Xonanda ko‘plab suhbatlarida avtofalokatga uchragan yoki qamalgan paytida ham ayoli va onasining daldasi katta kuch bag‘ishlarigi haqida aytib o‘tgan.

    Foto: Instagram / @abdullaqurbonov_

    — Jazoni o‘tash muassasasida o‘tgan uch yil davomida o‘zimdan o‘tgani faqat o‘zimga ayon. Bunday paytda onamning duosi va rafiqamning qo‘llab-quvvatlashi menga kuch bag‘ishladi, — dedi xonanda.

    “Bir o‘limdan qolganman”

    Xonanda intervyularining birida bir o‘limdan qolgani haqida ham so‘zlab bergan.

    Foto: Instagram / @abdullaqurbonov_

    — “Otimning o‘lishini bilganimda, bir qop kepakka almashgan bo‘lardim” , deyishgan. Boshimga tushgan sinov haqida ham “Beayb Parvardigor, har bandada bir ayb bor. Mening aybim to‘qligimdir, to‘qligimdan sho‘xligimdir” misrali qo‘shiq hozirlayapman. Bir yomonning yaxshisi bor. 2013-yil chet elda yashaydigan do‘stim Jaloliddin bilan qo‘ng‘iroqlashdim, oktyabrda ikkovimiz oilamiz bilan bir oy kemada sayr qilishga kelishdik. Rafiqam, to‘rt farzandimni olib, Floridadagi Disneylendga olib borishni ham reja qilib, bir yilga viza oldik. Lekin 27-avgust tarix zarvaraqlarida emas, yuragimda o‘chmas dog‘ bo‘lib qoldi. O‘sha sanada menga nisbatan jinoiy ish ochilib, chet elga borolmaganmiz... Radioda esa biz sayr qilishni reja qilgan kema halokatga uchraganini eshitdim, oilam bilan bir o‘limdan qolganmanda,  dedi xonanda.

    Muhokamalar markazidagi xonanda

    2002-yil 16-fevralda qo‘shiqchining ichki ishlar boshqarmasida bezorilik qilayotgani haqidagi video tarqaldi. Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra u Bo‘stonliqdagi to‘ydan keyin kafega borib, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan va janjalda qatnashgan hamda 10 sutkalik jazoga tortilgan.

    Foto: Instagram / @abdullaqurbonov_

    Bundan tashqari, xonanda “Million” jamoasi, Ulug‘bek Holmedov, Jamshid Abduazimov va Jahongir Otajonovlar bilan ham jiddiy san-manga borgan. Ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani ham ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan.

    Oilasi haqida…

    Xonanda oilasi haqida gapirishni unchalik istamaydi, hozircha faqatgina to‘ng‘ich o‘g‘li Muzaffar Qurbonov otasining kasbini davom ettirib, sanʼatda faoliyat yuritmoqda. Ammo hozircha ijodida o‘ziga xoslik sezilgani yo‘q.

    04.09.2024, 16:43   Izoh (0)   35132
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulla Qurbonov Jahongir Otajonov bilan bo‘lgan janjalning oxiri nima bilan tugaganiga oydinlik kiritdi (video)

    02.02.2020, 16:43

    Abdulla Qurbonov onasining 75 yoshga to‘lishi munosabati bilan hovlisida bayram tashkillashtirdi (foto, video)

    20.04.2021, 15:10

    “100 dollarlik sochganim yo‘q, men ham ahmoq emasman”. Abdulla Qurbonov o‘g‘lining to‘yida san’atkorlar ustidan pul sochganiga izoh berdi (video)

    20.09.2022, 15:39

    “Madlen jinoyat qilmadi, u qo‘shiq kuyladi, xolos”. Zohida Umarova “Ovoz”dan keyin qiziga o‘lim tilashganidan ta’sirlanib, uch kun uxlay olmagani haqida 

    04.09.2024, 15:42

    Farzandlarini tan olmagan jahon yulduzlari (foto) 

    04.09.2024, 14:37

    Rafiqasi va qizini tuproqqa qo‘ygan hamda “dunyodagi eng g‘amgin inson”ga aylangan Kianu Rivz 60 yoshda (foto)

    04.09.2024, 12:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.