Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, ohak sexi tashkil etilganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan reyd tadbirida fuqaro S.M. O‘zbekiston tumani, “Ovchi” MFY Anjirbog‘ ko‘chasida joylashgan xonadonda 120 dona gorelka yordamida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, ohak ishlab chiqarish sexi faoliyatini yo‘lga qo‘yib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 289 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)