Daryo

Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanganlar davlatga qariyb 545 mln so‘m zarar yetkazdi

Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan

1 daqiqa o‘qish4 753 ko‘rishlar0 izoh0

Farg‘ona shahrida noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, 544,6 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlaganlar qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi. 

Foto: Bosh prokuratura

Qayd etilishicha, yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika va hududiy shtablar tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Farg‘ona shahrining Kimyogarlar ko‘chasidagi noturar obyektda fuqaro R.A. va boshqalar oldindan jinoiy til biriktirib, noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilgan. Qo‘lbola gaz qurilmalarini (gorelka) o‘zboshimchalik bilan yer ostidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuriga yashirish ravishda ulab, 544,6 million so‘mlik 209,4 ming kub metr tabiiy gazni o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar