Andijon viloyatining Shahrixon tumani, “Yangi Naynavo” MFY hududida joylashgan propan zapravkada 20-fevral kuni soat 18:02 da havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Soat 18:13 da voqea joyiga yong‘in qutqaruv ekipajlari yetib borgan.
Hodisa oqibatida yong‘in kelib chiqmagan. Hodisa oqibatida zapravka hududida bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan.
Hozirda fuqarolarga malakali tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
2024-yilning yanvar oyi o‘rtalarida Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi metan zapravkada ham “Jiguli”da yong‘in chiqqandi.
Oktyabr oyida Qarshi tumanidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgandi.








