• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    G‘ayrat Do‘stov “ishi”: nega u bilan bog‘liq voqea jamoatchilikni xavotirga soldi?

    15 sutka maʼmuriy qamoqqa hukm qilingan G‘ayrat Do‘stov ishi advokatlari talabi bilan 2025-yilning 3-yanvar kuni apellyatsiya instansiyasida qayta ko‘rildi va u sud zalidan ozodlikka chiqarildi. Oddiy kirakash boshiga tushgan bu hodisaga jamoatchilik keskin munosabatda bo‘ldi, masʼullar qoralandi, Do‘stovning o‘zi keng qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu maqolada Do‘stov voqeasi, uning nega bu qadar shov-shuv bo‘lgani haqidagi savollarga javob izlab ko‘ramiz.

    Hammasi nimadan boshlandi?

    2024-yilning dekabr oyi yakunida ijtimoiy tarmoqlarda metan zapravkada navbat kutib yotganini aytib, navbati yetgach gaz tugaganidan norozi bo‘lib, energetika sohasidagi masʼullarni tanqid qilgan G‘ayrat Do‘stovning videomurojaati tarqaldi.

    Uyda nogironim bor, kechasi bilan zapravkaning oldida yotdim. Qani bu yerda haqiqat? Murda ham kiymaydi bu oyoq kiyimni. Benzinga borsang, benzin zapravkada navbat ko‘p, benzin ham ololmaysan. Beradigan benziniga avtomobillarni motori erib ketmoqda. Bularni nazorat qiladigan biron-bir tashkilot yo‘qmi?, degandi gaz ololmaganidan fig‘oni falak bo‘lgan haylovchi tagi teshilib ketgan oyoq kiyimini ko‘rsatib.

    Ko‘p o‘tmay ushbu fuqaro hibsga olingani va 15 sutkaga qamalgani haqida maʼlumotlar tarqaldi. Surishtiruvlardan so‘ng G‘ayrat Do‘stov ismli ushbu shaxsning maʼmuriy javobgarlikka tortilishiga voqea sodir bo‘lgan zapravka masʼuli va xodimlarining arzi sabab bo‘lgani aniqlandi. Jabrlanuvchi ekani aytilgan zapravka masʼulining sudda ko‘rsatma berishicha, u IIBga borib, yozma shikoyat ham qoldirgan. Shunga asosan Do‘stov dastlab IIBga chaqirilgan. U yerdan sudga olib borilgan.

    G‘ayrat Do‘stov
    Foto: “Daryo”

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi raisi Durdona Dadaxonova mazkur ishni ko‘rib chiqib, G‘ayrat Do‘stovni Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topib, unga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosini tayinlagan.

    Foto: Telegram

    Sudya Dadaxonovaning ushbu qarori jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng faollar tashabbusi bilan qamoqda o‘tirgan Do‘stovning oilasiga moddiy yordam berish uchun xayriya tadbiri ham uyushtirildi.

    “Yilni katta xato bilan boshladik”

    Sud qarori ijtimoiy tarmoqlarda juda keskin qarshi olindi. Faollar sudya qaroriga nisbatan turlicha munosabatlar bildirdi.

    Otabek Bakirov.
    Foto: “Daryo”

    Iqtisodchi bloger Otabek Bakirov: “G‘ayrat Do‘stovga kafolat berib olib chiqilishi to‘g‘ri bo‘ladi. Tuman, shahar kengashi deputatlari bor. Mahalla bor. Uyida qaramog‘ida bola-chaqasi ko‘z tikib o‘tirgandir. Davlatning kuch proporsiyasi bor, mehr proporsiyasi ham. O‘z kuchiga ishongan davlat mehriniyam ayamaydi”, deya fikr bildirgan bo‘lsa, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev esa “og‘zi shaloq amaldorlar bitta uzr bilan qutulayotgan vaqtda, botinkasi teshik oddiy bir xalq vakili qamab qo‘yilishini adolatdan emas”, deya baholadi.

    Xushnudbek Xudoyberdiyev.
    Foto: Gazeta.uz

    Og‘zidan shodi kirib, bodi chiqqan hokimlar bitta uzr bilan qutulsa, o‘z vakolati doirasidan chiqib, qonunlarga tupurib qo‘yadigan ayrim masʼullar oddiy ogohlantirish bilan cheklansayu, lekin uzoq vaqt metanda navbat kutib, endi navbati kelganda “zapravka” yopilib qolganidan fig‘oni ko‘kka chiqqan, botinkasi teshik oddiy bir xalq vakilini qamab qo‘yishsa, bechora Yangi yil bayramini oila davrasida emas, panjara ortida kutib olsa, bunda xalq adolatsizlik ko‘radi. Va bu adolat ham emas, albatta.

    Yilni katta xato bilan boshladik. Afsus, ming afsus. Zig‘irchalik foydasi bo‘lmagan, ammo xalqning davlatga bo‘lgan ishonchi nuqtayi nazaridan juda katta zarar olib keladigan ushbu tashabbus kimdan chiqqani bilmayman. Ammo bu xatoning o‘rnini qoplash uchun juda ko‘p ish qilinishi kerakligini aniq bilaman, — dedi u.

    Ekologiya vazirligi maslahatchisi, sobiq deputat Rasul Kusherbayev holatni tanqidga toqatsizlik bilan javob berilishining belgisi deb atadi.

    Rasul Kusherbayev.
    Foto: Kun.uz
    Mana shu ishni bekor qilishibdi. Bu har qanday eʼtiroz va tanqidga toqatsizlik bilan javob berilishining belgisi. Shoir aytganidek, “tor ko‘ngulluk beklar, man-man demang, kenglik qiling!”. “Bek”larimiz bag‘rikenglik qilishmabdi, deb yozdi Kusherbayev o‘z telegram-kanalida.

    Jurnalist va bloger Muhrim Aʼzamxo‘jayev ushbu fuqaroni 15 sutkaga qamash bilan O‘zbekistonning energetika muammolari barham topmasligini eslatdi.

    Muhrim A’zamxo‘jayev
    Foto: “Daryo”

    Shu akani 15 sutkaga qamab qo‘yishibdi, hozir advokatlar bu kishiga ko‘ngilli ravishda yordam berish uchun yugurib yurgan ekan. Shu akani 15 sutkaga qamash bilan qani endi O‘zbekiston gaz importchisidan yana gaz eksportchisiga aylanib qolsa, O‘zbekistonning energetika muammolari barham topsa. O‘zbekistonliklar energetika muammolarini, umuman, muammolarni gapirmagani bilan muammolar yo‘q bo‘lib qolmaydi-ku.

    Hozirgi O‘zbekiston avvalgisidan sal bo‘lsa-da yaxshiroq bo‘lsa, aynan shu jihati — muammolar aytilgani va keyin ularga yechimlar topilgani bilan yaxshiroq bo‘lmaganmidi axir? Aka bechora pragaliklardan yil davomida eshitgan har xil gaplarni gapirgan bo‘lsa ham mayliga edi, — deya fikr bildirgan Muhrim Aʼzamxo‘jayev.

    Maʼmuriy qamoq hibsxonada emas, IIBB yerto‘lasida o‘tgan

    Suddagi ko‘rsatmalaridan maʼlum bo‘ldiki, G‘ayrat Do‘stov 15 sutkaga qamalgach, dastlab Toshkent shahar IIBBga qarashli vaqtincha saqlash hibsxonasiga olib ketildi. U yerda bir kechani o‘tkazganidan so‘ng u negadir poytaxt IIBBga olib ketilgan.

    Maʼmuriy jazoni o‘tayotgan shaxs amaldagi tartib-qoidalarga zid ravishda nima uchun yashirincha IIBBga olib ketilgani, u yerda nimalar bo‘lgani qorong‘iligicha qoldi. Sud apellyatsiya instansiyasida mazkur holatga eʼtibor ham qaratgani yo‘q. Bundan paytda holat yuzasidan tezkor munosabat bildirishi lozim bo‘lgan IIV matbuot xizmati esa lom-mim demayapti.

    Aslida uning maʼmuriy qamoq o‘taladigan “Panelniy”da emas, Toshkent shahar IIBBda ekani sudgacha ham maʼlum bo‘lib ulgurgandi. Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov bu haqda 1-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar bergandi.

    Abdurahmon Tashanov.
    Foto: Ezgulik.uz
    Bektemir sudi tomonidan 15 sutkaga qamalgan G‘ayrat Do‘stov so‘roq uchun 27-dekabr kuni Toshkent shahar IIBBga olib ketilgan. Bugun uning advokati Adham aka bilan “Panelniy”dagi saqlov izolyatoriga bordik. Navbatchining aytishicha, u Toshkent shahar IIBBda saqlanmoqda. Ayni paytda Toshkent shahar IIBBning navbatchilik qismi dam olish kuni bo‘lgani bois, u bilan uchrashuvimizga ruxsat berishmadi. Sud tomonidan belgilangan jazoni o‘tayotgan shaxsni nega so‘roqqa olib ketishgani va u yerda ushlab turishgani sababini tushuntirishmadi. Hozircha uch nafar ko‘ngilli advokatda uni himoya qilishga order bor. Ko‘ngillilar soni ortmoqda, — degandi bu haqda maʼlumot bergan faol.

    Sudda so‘z olgan sudlanuvchi advokatlari savoliga javob berar ekan sudga ham “Panelniy”dan emas, Toshkent shahar IIBB binosidan olib kelinganini maʼlum qildi.

    Beg‘araz yordam qo‘lini cho‘zgan 12 nafar advokat

    2025-yilning 3-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan apellyatsiya sudida Do‘stovni 12 nafar ko‘ngilli advokat himoya qildi. Sud majlisida chiqish qilgan advokatlardan biri Bahrom Ermatov tanqidni mayda bezorilik deb atash xatoligini taʼkidladi.

    Foto: “Daryo”

    Birinchi instansiya sudi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2- va 3-moddalari talablarini qo‘pol ravishda buzgan. Himoyam ostidagi G‘ayrat Do‘stov tomonidan mayda bezorilik sodir etilmagan. U zapravkada 6–8 soatlab turib, ayni navbati kelganda gaz berish to‘xtatilgani sabab kuchli ehtiros bilan hayajonlanib gapirgan. Prezidentning aholini gaz bilan taʼminlash bo‘yicha topshiriqlarini bajarmayotgan masʼullarnigina tanqid qilgan. Shuning uchun biz tanqidni mayda bezorilik deb aytishimiz mumkin emas. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishni tugatishni so‘rayman”, dedi advokat suddagi nutqida.

    Advokat Abdullayev esa metan zapravkada masʼullarni tanqid qilgan haydovchining umuman aybi yo‘qligini, u maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etmaganini aytdi.

    Biz huquqbuzarlik yo‘q deb to‘xtam qilganmiz. Garchi sud bunga qo‘shilmagan bo‘lsa-da, himoyamiz ostidagi shaxsni ozodlikka chiqarish to‘g‘risida qaror qilgani ham hozirgi paytda muhim qadam deymiz. Bu qaror keyinchalik kuchida turish-turmasligini vaqt ko‘rsatadi, degan u.

    Appelyatsiya sudida Do‘stovning tobi qochdi

    2025-yilning 3-yanvar kuni davom etgan sudda tanqidchi haydovchining tobi qochdi. Unga yordam ko‘rsatildi. Sud qisqa tanaffus ham eʼlon qildi. Kechikkan bo‘lsa-da, tez yordam ham yetib keldi.

    G‘ayrat Do‘stov shuningdek, sud majlisida yaqinlari va advokatlarining savollariga javob berar ekan, boshiga qop kiydirishganini, yerto‘lada saqlashganini aytgan. Biroq sud tergovi vaqtida mazkur ko‘rsatmalarga huquqiy baho berilgani yoxud alohida ish yurituviga olingani yo‘q.

    Foto: “Daryo”
    Nima bo‘lganda ham, Vatanga xiyonat qilmadim, xiyonatchi emasman, deya bir necha marta takrorlagan sudlanuvchi. U nega bunday degani nomaʼlumligicha qoldi.
    G‘ayrat Do‘stov.
    Foto: “Daryo”

    Muammo faqat Do‘stovniki emas

    Nima uchun jamoatchilik G‘ayrat Do‘stov voqeasiga faol munosabat bildirdi? Chunki u baralla aytgan — metan zapravkadagi turnaqator navbatlar va gaz yetishmovchiligi faqat uning muammosi emas, balki deyarli barcha o‘zbekistonliklarga tegishli edi. Shuning uchun ham ko‘pchilik uni qo‘llab-quvvatladi va fikriga qo‘shildi.

    Uning sudida jurnalistlardan tashqari ko‘plab faollar hamda oddiy fuqarolar ham ishtirok etib, jarayonni kuzatib turdi. Garchi, advokatlar aytganiday, unga berilgan jazo bahsli bo‘lgan va u nohaq 8 sutka maʼmuriy qamoqda o‘tirgani aytilayotgan esa-da, Do‘stovning sud zalidan ozod qilingani jamoatchilikni xursand qildi. Shuning barobarida ushbu keys, ayniqsa, Do‘stovning so‘ngso‘zini keskin bo‘lib, uning qilmishidan pushaymon bo‘lgani yoki bo‘lmaganini dag‘dag‘a qilib so‘ragan sudyaning xatti-harakatlari o‘zbekistonliklarda sudlarning mustaqilligi borasida qator savollarni yuzaga keltirdi.

    Do‘stov voqeasiga jamoatchilik bildirgan reaksiya — har qanday sog‘lom jamiyat uchun normal holat. Ushbu voqea masʼul davlat organlari uchun saboq bo‘lib, muammo haqida so‘zlagan odamlarni jazolash emas, balki sog‘lom muloqot o‘rnatish eng to‘g‘ri yo‘l ekanini yana bir karra isbotladi. O‘ylaymizki, noto‘g‘ri qarorlari tufayli davlat va hukumat obro‘siga katta putur yetkazgan mansabdorlarga ham munosib baho beriladi.

    4 yanvar, 23:50   Izoh (1)   34677
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #sud#sudya#Oliy sud#metan

    Izoh (1)

    Kirish
    1. sirojtangirov061s@gmail.com / 5 yanvar, 00:17

      Nima boʻlganda xam xalq azabini tortayabdida

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryo sudlarida ish yakuniy bosqichiga yetgach, tarkib to‘satdan o‘zgartirildi. Bu tashqi aralashuvlar bilan bog‘liqmi?

    06.11.2024, 14:33

    “Haqiqiy aybdorni jazolash uchun sudyalarimizda qat’iyat yetishmayapti” — Oliy sud raisi 

    09.11.2024, 23:15

    Qashqadaryodagi muammoli sud ishi sudlov hay’ati raisining to‘satdan ta’tilga chiqishi sabab boshqa viloyatda ko‘riladigan bo‘ldi 

    13.11.2024, 19:04

    Sud avvalida sudlov hay’ati va prokuror pichirlashdi: Oliy sudda antiqa holat kuzatildi 

    28.11.2024, 13:05

    Sud majlisidan avval prokuror bilan pichirlashgan Oliy sud sudlov hay’ati harakatiga izoh berolmadi. Sudyalar oliy kengashi ham bu masalada sukut saqlamoqda 

    04.12.2024, 11:07

    Traktori noqonuniy olib qo‘yilgan qashqadaryolik fermer MIBdan 355 mln so‘m kompensatsiya undiradigan bo‘ldi

    12.12.2024, 22:46

    “Bu sudyalarimiz kamchiligi”. Oliy sud raisi prokuror bilan pichirlashgan sudyalarni tanqid qildi

    14.12.2024, 16:55

    “Sudya sudning xolisligiga shubha tug‘diradigan harakatlardan tiyilishi shart”. Sudyalar oliy kengashi “Daryo”dagi maqolaga munosabat bildirdi

    16.12.2024, 10:35

    “Tergov sudyasi lavozimini joriy etishda shoshma-shosharlik qilinmoqda” — advokat

    19.12.2024, 14:50

    Tuman hokimidan vazirgacha: jurnalist va blogerlar ustidan shikoyat qilgan, sudga bergan amaldorlar

    23.12.2024, 12:15

    Birovning sudidagi begona shaxslar: JIB Yunusobod sudida ikkita ish bitta zalda ko‘rildimi?

    23.12.2024, 16:24

    O‘zini 62 mln so‘m bilan mukofotlagan Yashnobod hokimi, o‘zbek sportida aniqlangan yilning eng yaxshilari, to‘lov miqdori kamaytirilgan ayrim ro‘yxatdan o‘tkazish

    23.12.2024, 23:21

    Eng katta boylikka ega mamlakatlarda eng kambag‘al insonlar yashaydi — “Resurs qarg‘ishi” urgan davlatlar qismati

    24.12.2024, 18:32

    Hindistonlik ayol mushugini undan ko‘proq yaxshi ko‘rgan erini sudga berdi

    25.12.2024, 16:58

    Argentina sudi Nikaragua prezidentini hibsga olishga order berdi 

    1 yanvar, 13:20

    Venesuela sudi TikTok’ni uch bolaning o‘limida ayblab, 10 mln dollar jarimaga tortdi 

    1 yanvar, 16:15

    “Vatanga xiyonat qilmadim” — zapravkadagi tanqidi ortidan qamalgan G‘ayrat Do‘stovning appelyatsiya sudi bo‘lib o‘tmoqda

    3 yanvar, 18:19

    “Tanqidni mayda bezorilik deb atash xato” — advokat sudlanuvchi G‘ayrat Do‘stovga qo‘yilgan ayb haqida

    3 yanvar, 19:30

    G‘ayrat Do‘stov sud zalidan ozod qilindi

    3 yanvar, 22:11

    Sud zalidan ozod qilingan G‘ayrat Do‘stov, tadbirkorlarga elektr energiya limiti bo‘yicha berilgan yengillik, elektromobillarni quvvatlantirish uchun joriy etiladi...

    3 yanvar, 23:15

    Apple Siri maxfiylik ishi bo‘yicha 95 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi 

    3 yanvar, 23:40

    Chuqur ma’noli va o‘tkir syujetga ega 7 ta turk seriali (treyler)

    4 yanvar, 16:47

    Badxulqligi tufayli Gollivudning qora ro‘yxatiga kiritilgan mashhur aktyor va aktrisalar

    4 yanvar, 13:50

    Surxondaryoda xususiy korxona hisobidagi 60 mln so‘mni o‘zlashtirgan “Xalq banki” xodimiga sud hukmi o‘qildi

    4 yanvar, 14:14

     Qarshi shahri hokimi Normo‘min Xolboyev sud qilindi

    4 yanvar, 12:19

    Trampga hukm inauguratsiyasidan 10 kun oldin e’lon qilinadi 

    4 yanvar, 17:29

    Tehron Rimni “AQSH tufayli” janjallashmaslikka chaqirmoqda

    4 yanvar, 21:55

    Rossiya armiyasida Ukrainaga qarshi jang qilgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi 

    4 yanvar, 22:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21

    Yozgi tekshiruv: ta’tillar mavsumidan avval qanday tahlillar topshirish kerak?

    Maslahatlar | 24 may, 20:50

    Qurol topib olinsa nima qilish kerak: mukofot yoki ozodlikdan mahrum bo‘lish?

    O‘zbekiston | 24 may, 20:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.