• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +44°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Bir o‘limdan qolgan qizaloq, modelga aylangan maktab o‘quvchisi, shaxsiy hayotda omadi chopmagan mashhur aktrisa — Son Xe Gyo haqida nimalar ma’lum?

    Koreya shou-biznesida Son Xe Gyo eng talabgir aktrisa hisoblanadi. U vatanidan tashqarida ham shuhrat qozongan. Uning ishtirokidagi ko‘plab dramalar nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Yulduzning tarjimayi holi, shaxsiy hayoti va karyerasidagi yutuqlari haqida ma’lumot beramiz.

    Tarjimayi holi va shaxsiy hayoti

    Aktrisa 1981-yil 22-noyabrda tug‘ilgan. Ammo uning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasida boshqa sana — 1982-yil 26-fevral ko‘rsatilgan. Chunki Son tug‘ilganda shifokorlar uning tirik qolmasligiga ishonchlari komil bo‘lgan. Biroq uch oylik davolanishda so‘ng qizaloq tuzalib ketadi. Shundan keyingina ota-onasi yangi tug‘ilgan chaqaloqni ro‘yxatga olishadi.

    Shuhrat sari yo‘l

    Son Xe Gyoning otasi va onasi u hali yoshligida ajrashishgan. Onasi qizi bilan Seulga kelib, Kannam tumaniga joylashadi. 1980-yillarda bu yerga ko‘plab nufuzli maktablar ko‘chib o‘tgandi. Song Xe Gyo ulardan biri — Ewha qizlar o‘rta maktabiga qabul qilinadi.

    Tatler Asia nashriga ko‘ra, u bolaligida figurali uchuvchi bo‘lishni orzu qilgan, hatto mazkur sport bilan shug‘ullanishni boshlagan. 1996-yilda 14 yoshli Son tanlovda g‘olib chiqqach, maktab formasi modeliga aylanganida hammasi o‘zgarib ketadi. U e’tiborga tushadi va “Birinchi sevgi” (1996-1997) dramasida kichik rol o‘ynashga taklif qilinadi. Shundan keyin boshqa filmlarda ham ishtirok etadi, shu bilan birga Son Xe Gyo Sejong universitetida o‘qishni davom ettirib, kino san’ati bo‘yicha diplom oladi.

    Shaxsiy hayoti

    Mashhur koreyalik aktrisaning shaxsiy hayoti va turmush o‘rtog‘i kimligi har doim muxlislar va jurnalistlarda qiziqish uyg‘otadi. South China Morning Post Son Xe Gyoning munosabatlari bo‘lgan deb taxmin qilingan erkaklarni sanab o‘tgan. Ammo aktrisa faqat uchta erkak bilan bo‘lgan munosabatlarini rasman tasdiqlagan. Bular:

    Li Byon Xon. Son va Li uchrashib yurganlarini ochiq tan olishadi. 11 yillik yosh farqi va Lining og‘ir fe’l-atvoriga qaramay, munosabatlar 2003-yildan 2004-yilgacha davom etgan.

    Xyon Bin. Rasmiy ravishda tasdiqlangan Son va Xyon o‘rtasidagi yaqin munosabatlar 2008-yildan 2011-yilgacha davom etgan. Xyon armiyaga chaqirilgandan keyin hammasi tugagan.

    Son Chjun Ki. 2016-yilda u Son Xe Gyo bilan uchrashib yuradi. Juftlik bir yil davomida munosabatlarni yashirgan bo‘lsa-da, dabdabali to‘y qilib muxlislarni hayratda qoldiradi. Ammo mazkur nikoh ikki yildan kamroq davom etadi, 2019-yilda er-xotin ajrashganliklarini e’lon qilishadi. O‘shanda ko‘plab OAVlar ajralish sababini xarakterlardagi farq deb ataganini yozgan edi.

    2023-yil boshidan beri Son Xe Gyo idol va aktyor Cha In U bilan uchrashayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan. Bu taxminga YouTube’da e’lon qilingan shubhali video sabab bo‘lgan. Ammo KDramaStars va KBIZoom bu mish-mishlarni rad etgan.

    Karyerasi

    O‘ynagan rollari aktrisaga olamshumul shuhrat va ko‘plab mukofotlarni olib kelgan. Sonning eng yaxshi kartinalari orasida Jon Vuning “Tajovuz” (2014) tarixiy melodramasi ham bor. Bu film beshta mukofotga sazovor bo‘lgan, shu jumladan Hong Kong Film Awardsga ham. Soompi nashrining yozishicha, mazkur film Xitoyda kassa yig‘imlari bo‘yicha yetakchiga aylangan.

    Son Xe Gyo qaysi filmlarda suratga tushgan?

    Soompi nashri Son Xe Gyo ishtirok etgan bilan eng yaxshi seriallarni sanab o‘tadi. Ular qatoriga quyidagi loyihalar kiradi:

    “Kuz ertagi” (2000). Son Xe Gyo bu doramada Yun In So rolini o‘ynaydi, u asrab olingan qiz ekanini bilib qoladi. U haqiqiy onasining oldiga qaytish uchun o‘gay akasi Yun Chjun So (Son Sin Xon)dan ajralishiga to‘g‘ri keladi. Yillar o‘tgach, ular uchrashishadi va bir-birlarini sevib qolishadi.

    “Mehmonxona” (2001). Serialda Seuldagi mehmonxona haqida hikoya qilinadi, bosh direktor o‘limidan keyin uning bevasi mazkur mehmonxonani saqlab qolishga harakat qiladi. Son Xe Gyo mehmonxonani egallashga urinayotgan Kim Bokmanning (Xan Jin Xi) qizi Kim Yun Xi rolini o‘ynaydi.

    “Va-bank” (2003). Professional qimorboz Kim In Xa (Li Ben Xon) Min Su Yenga (Son Xe Gyo) oshiq bo‘lib qoladi. U Min Su Yen otasining o‘limida aybdor bo‘lgan jinoyatchini o‘ldirganidan keyin qamoqqa tushadi. Yetti yildan keyin taqdir ularga qayta birga bo‘lish imkoniyatini beradi.

    “To‘liq uy” (2004). Son Xe Gyo va Chon Ji Xun turli xarakterdagi yoshlarni o‘ynaydi. Ular o‘zlari istamagan holda bir tom ostida yashashga majbur bo‘lishadi. Asta-sekin nafrat haqiqiy muhabbatga aylanadi.

    “Bu qishda shamol esadi” (2013). Yomon yigit O Su (Cho In Son) ko‘zi ojiz qiz O Yonga (Son Xe Gyo) oshiq bo‘lib qolishi haqidagi romantik drama. Garchi ular bir-biridan juda farq qilsa-da, bir-biriga bo‘lgan kuchli ehtiyoj qahramonlarni muhabbat sari yetaklaydi.

    “Quyosh avlodlari” (2016). Bu armiya kapitani (Son Chjun Kia) va shifokor (Son Xe Gyo) o‘rtasida yuzaga kelgan sevgi hikoyasidir.

    Hozirgacha Son Xe Gyo 26 ta serial va 11 ta filmda rol o‘ynagan. U yettita teleko‘rsatuvda ishtirok etgan va uchta musiqiy klipda suratga tushgan.

    Hozirda nimalar bilan band?

    Son Xe Gyo faol rol o‘ynashda davom etmoqda. Deyarli har yili uning ishtirokida yangi dorama chiqadi. Aktrisaning eng yangi loyihalari orasida ikkita serialni eslatib o‘tish kerak:

    “Endi xayrlashamiz” (2021-2022). Son Xe Gyo shuhratparast dizayner Xa Yon In rolini o‘ynaydi. U brendni dunyoga tanitmoqchi va faqat ish haqida o‘ylaydi. Chan Ki Yong mashhur fotograf Yun Chje Guk rolini ijro etadi. Ular o‘rtasida paydo bo‘lgan sevgi-muhabbat og‘ir ajralish bilan tugaydi, ammo taqdir hamma narsani o‘zgartirish imkoniyatini beradi.

    “Shon-sharaf” seriali 2022-yilda Netflix’da chiqdi va Son Xe Gyoning eng yaxshi loyihalaridan biriga aylandi. U yuqori maktabda shafqatsiz zo‘ravonlikka uchragan Don In rolini o‘ynaydi. Voyaga yetgan ayol qasos olishni istaydi.

    Ushbu ikki loyiha yulduz karyerasidagi oxirgisi emas albatta. Son Xe Gyo koreys kinosining jonli afsonasiga aylandi. Uning har bir qadamini millionlab muxlislar kuzatib boradi. Ular yulduz ishtirokidagi dorama va filmlarni sabrsizlik bilan kutishadi.

    4 fevral, 09:43   Izoh (0)   13897
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #koreys seriallari#dorama

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qalbim chechagi” 23 yoshda: Serial qahramonlarining taqdiri qanday kechdi? (foto)

    07.09.2020, 16:46

    Beg‘ubor muhabbat haqida hikoya qiluvchi koreys seriali “Qish sonatasi” aktyorlari 18 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)

    10.09.2020, 16:23

    Beg‘ubor muhabbat haqida hikoya qiluvchi Janubiy Koreya tarixiy seriallari 

    26.04.2024, 18:20

    Kinotavsiya: Yuragingiz tubidagi eng nozik hislarni uyg‘otib yuboradigan koreys seriallari

    12.06.2024, 09:37

    Bir o‘tirishda tomosha qilasiz: birinchi daqiqalardanoq ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan koreys seriallari

    20.06.2024, 14:29

    Dramalar davrini boshlab bergan eng yaxshi koreys seriallari 

    10.08.2024, 10:50

    Faqat “Kalmar o‘yini emas”: qiziqarli syujetga boy eng yaxshi koreys seriallari

    23.08.2024, 13:13

    Ekran qarshisiga mixlab qo‘yadigan koreys detektiv seriallari

    21.09.2024, 13:55

    Romantika mavsumi: fantastika janridagi eng yaxshi koreys seriallari

    24.09.2024, 16:03

    Film so‘ngigacha kiprik qoqmay tomosha qilinadigan koreys seriallari (treyler) 

    15.10.2024, 19:10

    Ancha vaqt ta’siridan chiqib keta olmaysiz: Eng qo‘rqinchli koreys seriallari

    22.10.2024, 17:05

    Netflix tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi 5 ta koreys seriali (treyler) 

    28.10.2024, 18:40

    Qiziqarli syujeti bilan har qanday Gollivud filmlarini ortda qoldiradigan chet el seriallari

    07.11.2024, 17:50

    Hamma narsadan charchaganlar uchun: hayotga va ishga ishtiyoq uyg‘otadigan koreys seriallari

    21.11.2024, 09:55

    Koreys seriallari yulduzlari bitta qism uchun qancha gonorar oladi?

    22.11.2024, 14:52

    Yangi yil kayfiyatini yaratishga yordam beradigan koreys seriallari

    28.12.2024, 11:52

    Ramyonga bo‘lgan muhabbat va Netflix’dagi mashhurlik: qanday qilib koreys seriallari butun dunyoga ta’sir o‘tkazmoqda?

    11 yanvar, 09:49

    Faqat “Kalmar o‘yini” emas: Janubiy Koreyaning eng yaxshi 7 ta seriali

    17 yanvar, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tojikiston Afg‘oniston fuqarolarini deportatsiya qiladi

    Tojikiston | 22 iyul, 16:00

    Zominda Xitoy kompaniyasi bilan xavfsizlik va tibbiyot texnikalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 15:48

    Qozog‘iston pasportlari o‘zgaradi

    Qozog‘iston | 22 iyul, 15:45

    Abbosbek Fayzullayev transferi qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 22 iyul, 15:40

    Ona bo‘lishni orzu qiladi va xeyterlarini kechirmaydi. Turk aktrisasi Hande Erchelning yangi intervyusi e’lon qilindi

    Kino | 22 iyul, 15:35

    Air China Urumchi va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni qo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 15:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.