• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Putin va Tramp telefon orqali qanday kelishuvlarga erishdi?

    AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-mart kuni telefon orqali suhbatlashdi. Bu Trampning prezidentlikka kirishidan so‘ng, Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha rejasini amalga oshirishni boshlaganidan keyingi ikkinchi muloqotdir.

    Kollaj: “Gazeta.ru”

    Suhbatga Kremlning munosabati

    Kreml ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchilar “Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha batafsil va ochiq fikr almashishni davom ettirgan” va mojaroni hal qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish niyatini tasdiqlagan.

    Putin Trampga Ukrainadagi vaziyatni hal qilish yo‘llarini birgalikda ishlab chiqishga tayyorligini aytgan. Shuningdek, AQSH prezidentining Rossiya va Ukrainaning energetika infratuzilmasiga 30 kun davomida zarba berishdan o‘zaro voz kechish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan va harbiylarga shunday buyruq bergan.

    AQSH prezidentining 30 kunlik tinchlik o‘rnatish tashabbusi doirasida Rossiya tomoni bir qator muhim masalalarni ko‘rsatib o‘tgan. Bular jangovar to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatishni samarali nazorat qilishni ta’minlash, Ukrainada majburiy safarbarlikni to‘xtatish va Ukraina Qurolli Kuchlarini qayta qurollantirish zaruriyati bilan bog‘liq, deyiladi bayonotda.

    Shuningdek, Putin amerikalik hamkasbiga 19-mart kuni 175 nafar asir 175 kishiga almashtirilishi haqida ma’lum qilgan.

    Kreml bayonotida aytilishicha, tomonlar “Ukrainadagi kelishuvga erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishga” va shu maqsadda Rossiya va Amerika ekspert guruhlarini tuzishga kelishib olgan.

    Oq uy bayonoti

    Oq uy bayonoti ancha qisqaroq bo‘ldi. Garchi suhbat davomida AQSH prezidentining rasmiy vakili Den Skavino uning “yaxshi ketayotganini” ta’kidlagan bo‘lsa-da, Oq uyning yakuniy bayonotida Ukrainadagi urushga faqat ikkita abzats munosabat berildi.

    Ulardan birida quyidagi gaplar keltirilgan:

    Liderlar tinchlikka erishish harakatlari energiya va infratuzilma sohalarida o‘t ochishni to‘xtatish, shuningdek, Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish va doimiy tinchlikka erishish uchun texnik muzokaralar o‘tkazishdan boshlanishiga kelishib oldi. Ushbu muzokaralar darhol Yaqin Sharqda boshlanadi.

    Shuningdek, Tramp va Putin “strategik qurollarni tarqatishni to‘xtatish zaruriyati”, Yaqin Sharqni “kelajakdagi mojaroning oldini olish uchun potentsial hamkorlik mintaqasi” sifatida va “Isroilni yo‘q qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi kerak bo‘lgan” Eronni muhokama qilgan.

    Biroz vaqt o‘tgach, Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Putin bilan aloqalarini yana “juda yaxshi va samarali” deb ta’rifladi. Uning fikricha, u Putin bilan energetika obektlariga darhol o‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishib olgan.

    Zelenskiy qanday munosabat bildirdi?

    Putin va Tramp o‘rtasidagi suhbatdan bir necha soat o‘tgach, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika tomonidan suhbat tafsilotlarini kutayotganini ma’lum qildi.

    U Rossiya energetika infratuzilmasiga zarba berishni to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatlashini (Rossiya tomonidan ko‘zgudagi qadam evaziga), biroq AQSH va Rossiya yetakchilarining muzokaralari haqida ko‘proq ma’lumot olishni istashini aytdi.

    Menimcha, agar biz prezident Tramp bilan suhbatlashsak va o‘shanda rossiyaliklar amerikaliklarga nima taklif qilganini yoki amerikaliklar rossiyaliklarga nima taklif qilganini batafsil bilib olsak, to‘g‘ri bo‘ladi, dedi Zelenskiy.

    Keyinroq Ukraina rahbari Putinning bayonotlariga qaramay, Rossiya fuqarolik infratuzilmasiga hujum qilishda davom etayotganini aytdi.

    Bugun Putin amalda o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish taklifini rad etdi. Dunyo bunga javoban Putinning urushni cho‘zishga bo‘lgan har qanday urinishlarini rad etishi to‘g‘ri bo‘lardi, dedi u.

    Ikki prezidentning suhbati taxminan bir yarim soat davom etdi. Putin bilan suhbat arafasida AQSH prezidenti Air Force One bortida jurnalistlarga Rossiya prezidenti bilan suhbatda hududlar masalasini va Rossiya hamda Ukraina o‘rtasida “muayyan aktivlarni taqsimlash”ni muhokama qilishni rejalashtirayotganini aytgandi.

    Yer haqida gaplashamiz. Biz elektr stansiyalari haqida gaplashamiz, degan edi u.

    Oq uy matbuot kotibi ham Putin bilan suhbatda Zaporojye AES atrofidagi vaziyatni muhokama qilish rejalashtirilganini tasdiqlagan. Biroz vaqt o‘tgach, Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Rossiya rahbari bilan Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuvining ko‘plab elementlari kelishilganini ta’kidlab, “hali qilinadigan ishlar ko‘p”ligini aytgandi.

    19 mart, 08:51   Izoh (0)   8177
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Tramp#Putin#Ukrainadagi urush

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Darz ketgan G'arb kollektivi. Tramp dunyoni qanday o‘zgartirmoqchi?

    19 fevral, 19:20

    “Rossiya Ukraina bo‘yicha muzokaralar stoliga qaytishga tayyor” — Putin 

    19 fevral, 21:40

    “Urushni shu hafta tugatib bo‘lmaydi”: Zelenskiy tinchlik shartlari, Tramp bilan munosabatlar va Ukrainada saylovlar o‘tkazish haqida gapirdi

    24 fevral, 10:19

    Makron: “30 ta davlat Ukrainaga xavfsizlik kafolatini berishga tayyor” 

    25 fevral, 09:05

    Uch yillik urushga nazar. Voqealar endi qanday rivojlanadi?

    25 fevral, 17:20

    “Rossiya mojaroni to‘qnashuv chizig‘i bo‘ylab muzlatishni tan olmaydi” — Lavrov 

    26 fevral, 23:15

    “Ukraina xavfsizlik kafolatlari evaziga Rossiyaga hududiy yon bosishi kerak” — Tramp maslahatchisi 

    3 mart, 11:25

    “Amerikaning oltin davri endi boshlandi”: Trampning Kongressdagi muhim bayonotlari

    5 mart, 13:53

    Rossiya Fransiyani “yadroviy tahdid” qilishda aybladi 

    7 mart, 11:56

    “AQSH rasmiylari Moskvaga jo‘nab ketdi” — Tramp

    13 mart, 10:10

    Putin yordamchisi: “Moskva vaqtinchalik sulhni xohlamaydi, u uzoq muddatli kelishuvdan manfaatdor”

    13 mart, 17:12

    “Biz jangovar harakatlarni tugatishga tayyormiz” — Putin

    14 mart, 09:20

    Tramp Bayden ma’muriyatini AQSH va Rossiya munosabatlarini yomonlashtirishda aybladi

    14 mart, 19:35

    Tramp Putin bilan telefon orqali suhbatlashganini ma’lum qildi 

    14 mart, 19:19

    Oq uy Tramp Putin bilan suhbatlashmaganini bildirdi

    14 mart, 21:35

    Finlyandiya AQSHga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi

    17 mart, 09:45

    A va B reja: AQSH Ukrainadagi urushni qanday tugatishi ma’lum qilindi 

    17 mart, 11:55

    Trampga nisbatan nafrat ruhiy kasallik sifatida tan olinishi mumkin

    17 mart, 18:50

    Tramp Putin bilan 18-mart kuni muzokaralar o‘tkazishini ma’lum qildi

    17 mart, 17:56

    Isroil G‘azoga hujumni qayta tikladi, 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi (video)

    18 mart, 08:35

    Tramp Oq uyda Zelenskiy bilan janjaldan ko‘zlangan maqsadni aytdi

    18 mart, 13:20

    Tramp va Putin urushdan keyin qaysi hududlar Rossiya nazoratida qolishini muhokama qiladi — NYT

    18 mart, 14:15

    Tramp Baydenning bolalarini davlat qo‘riqchilaridan mahrum qildi

    18 mart, 16:35

    AQSHda 120 yoshdan oshgan 3,2 mln hisob egasi vafot etgan deb qayd etildi

    18 mart, 19:25

    Tramp noqonuniy muhojirlarni ilova yordamida o‘z-o‘zini deportatsiya qilishga chaqirdi 

    18 mart, 20:10

    AQSH moliya vaziri Tramp Rossiyaga nisbatan sanksiyalar siyosatini qayta ko‘rib chiqishni buyurganini ma’lum qildi

    18 mart, 22:20

    Putin Tramp bilan muloqotdan so‘ng Rossiya armiyasiga 30 kun davomida Ukraina energetika infratuzilmasiga zarba bermaslikni buyurdi

    18 mart, 23:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25

    Ashraf Hakimi 15 yilga qamalishi mumkin

    Sport | 2 avgust, 12:09

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.