Daryo

Tramp Putin bilan telefon orqali suhbatlashganini ma’lum qildi

Siyosatchi Rossiya rahbari bilan bo‘lgan muloqotni “yaxshi va samarali” deb ta’rifladi

1 daqiqa o‘qish5 204 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp 13-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Skrinshot: Truth Social

Siyosatchi Rossiya rahbari bilan bo‘lgan muloqotni “yaxshi va samarali” deb ta’rifladi. Uning aytishicha, Ukrainadagi mojaroni to‘xtatish imkoniyatlari mavjud.

“Kecha biz Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan juda yaxshi va samarali muzokaralar o‘tkazdik. Bu dahshatli va qonli urush tugashi uchun juda yaxshi imkoniyatlar bor. Hozirda minglab ukrainalik askarlar rossiyalik qo‘shinlar tomonidan to‘liq qurshovga olingan va juda yomon hamda himoyasiz holatda turishibdi.

 Men prezident Putindan ularning hayotini saqlab qolishini so‘radim. Bu Ikkinchi jahon urushidan beri ko‘rilmagan dahshatli qirg‘in bo‘ladi. Xudo ularning barchasini asrasin!”, deb yozdi AQSH prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Kreml esa telefon suhbati bo‘lib o‘tganligini hozircha tasdiqlamagan. 

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar