Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi tikuvchilik korxonasi omborida yong‘in yuz berdi.

FVB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Uchtepa tumani, “Taqachi” MFY Taqachi ko‘chasida joylashgan tikuvchilik korxonasining omborida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risidagi xabar 27-yanvar kuni soat 21:33 da kelib tushgan. Yong‘in qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 21:40 da yetib borib, yong‘in soat 22:22 da qurshab olingan va soat 01:41 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda mas’ul tashkilotlarning vakillari chiqqan.
Izoh (0)