To‘g‘ri makiyaj — yoshartiradi, noto‘g‘risi esa aksincha ta’sir qiladi. Makiyajda har bir detaldan — teri rangining tiniqligidan tortib, qosh shakllarigacha — hammasi muhim. Ammo gohida yoshroq va tetikroq ko‘rinmoqchi bo‘lgan ayollar bilmagan holda o‘zlariga yillar qo‘shib qo‘yadi. Ushbu maqolada eng ko‘p uchraydigan 3 ta makiyaj xatosi haqida so‘z boradi.
Qalin tonal krem + yaltiratmaydigan upa = charchagan ko‘rinish

Qalin tonal krem va yaltiratmaydigan upa yog‘li yaltirash va teridagi nuqsonlarni yashirish uchun eng yaxshi tanlov. Biroq bu usulning katta kamchiligi bor: u yuzga yosh qo‘shadi va charchagan ko‘rinishga olib keladi. Tetik va yorqin effekt o‘rniga, teri “berkitilgan” kabi ko‘rinadi — uning tabiiy tuzilishi yo‘qoladi, mayda ajinlar ko‘zga ko‘rinib qoladi, yuz esa silliq va jonlanmagan bo‘lib tuyuladi.
Bu holat qalin ton teriga qavat-qavat bo‘lib surtilgani va teridagi tabiiy chiziqlarni to‘ldirib qo‘ygani uchun yuzaga keladi. Mimika paytida u yig‘ilib qoladi va notekisliklarni yanada ko‘proq ajratib ko‘rsatadi. Yaltiratmaydigan upa esa holatni og‘irlashtirib, terini haddan tashqari quruq ko‘rsatadi va uning tabiiy yaltirashini yo‘q qiladi.
Qanday yechim bor?
Oddiy qalin tonal krem va yaltiratmaydigan upa o‘rniga yengil krem yoki yorqinlik beruvchi tonal krem ishlating. Yarim shaffof qoplamaga ega vositalar teri rangini tekislab beradi, lekin uning tabiiy tuzilishini saqlab qoladi.
Yuzning butun qismini qalin krem bilan qoplash o‘rniga, faqat yengil baza surting. Kerakli joylarda esa namlantiruvchi konsiler bilan kamchiliklarni yashiring. Bu usul teriga yengillik va yangilanganlik beradi.
Makiyajni mustahkamlash uchun esa namlantiruvchi upa yoki kremli variantlardan foydalanish tavsiya etiladi. Agar teringiz yog‘lanishga moyil bo‘lsa, faqat T-zona (peshona, burun, iyak) qismiga upa surting, boshqa joylar — masalan, yanoq va chakka atrofini tabiiy qoldiring.
Lab chizig‘i uchun to‘q kontur

1990-yillarning an’anaviy uslubi bo‘lgan aniq bo‘yalgan lab chizig‘i zamonaviy talqin bilan qaytdi. Avvallari bu chiziq to‘q va qalin qilib surtilar edi. Bunday makiyaj lab hajmini vizual kamaytirar va yoshni kattaroq ko‘rsatardi. Bugungi kunda esa vizajistlar yanada yumshoq va tabiiy ko‘rinish taklif qilmoqda.
Qalin lab chizig‘i agar tabiatan yuzda assimetriya bo‘lsa, uni yanada ko‘zga tashlaydi, shuningdek, lablar ustida niqob ta’sirini paydo qiladi. Bundan tashqari, u terini quritadi va yuzni qariroq ko‘rsatadi: aniq chegaralar lab hajmini kamaytiradi, lab burchaklari esa jiddiy taassurot beradi.
Bugungi trendning to‘g‘ri talqini — yoyib bo‘yalgan lab chizig‘i. Qalin chiziq o‘rniga yumshoq qalamdan foydalaning va uni barmoq yoki cho‘tka yordamida biroz tarqating. Shu bilan birga, qalamni faqat chekka bo‘ylab emas, balki butun lab yuzasiga surting. Bu rangni bardavom va tabiiy qiladi.
Lab chizig‘ini yumshatishning yana bir usuli — tintlar va bardoshli teksturalar. Masalan, suyuq tintlar aniq chiziqsiz yengil rang beradi. Agar ko‘proq zich rang istasangiz, avval lab bo‘yoqini surting, keyin chizig‘ini paxta tayoqchasi bilan biroz yoyib surting. Lablarni hajmliroq ko‘rsatish uchun ustiga namlantiruvchi balzam qo‘shing.
Juda aniq va grafik shakldagi qalin qoshlar

Qalin, mukammal chizilgan qoshlar uzoq vaqt davomida makiyajda asosiy trend bo‘lgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan vizajistlar shuni payqashdiki, juda aniq va qo‘l bilan chizilgan qosh chizig‘i ko‘zga og‘irlik beradi hamda yuzda tabiiylik yo‘qoladi. Bugungi kunda esa Selena Gomes va Bella Hadid kabi yulduzlar chiziqlardan voz kechib, yumshoq va tabiiy teksturali qoshlarni afzal ko‘rishmoqda.
Grafik qoshlar yuzda niqob ta’sirini yaratadi, umumiy ko‘rinishdan ajralib turadi va makiyajni sun’iy ko‘rsatadi. Bunday qoshlar yuzning yuqori qismini og‘irlashtirib, yuz chiziqlarining muvozanatini buzishi mumkin, ayniqsa tabiatan nozik yoki kichik yuz tuzilishiga ega bo‘lganlar ayollarda.
Qoshlarni tabiiy va parvarishlangan ko‘rsatish uchun to‘liq bo‘yash o‘rniga, soch tolalarini taqlid qiluvchi usul — “qosh sochlari texnikasi” yaxshi natija beradi. Yupqa qalam yordamida qisqa chiziqlar chizing, ular qosh sochlarining o‘sishini takrorlashi kerak. To‘liq to‘ldirishdan qoching — qosh sochlari orasida terining ko‘rinishiga imkon bering. Rang beruvchi gel yordamida qoshlarni mustahkamlash, hajm qo‘shish va yengil rang berish mumkin, lekin tatuirovka effekti bo‘lmasligi kerak.
Tabiiy egilishni yaratish uchun qosh bo‘yoq yoki kremni cho‘tka bilan muloyim yoyib chiqing. Keskin burchaklardan voz keching — tabiiy egilish yumshoqroq va jozibaliroq ko‘rinadi.
Izoh (0)