Daryo

AQSHda o‘rmon yong‘inlari: 30 ming odam ko‘chirildi (video)

Kaliforniya gubernatori shtatning boshqa hududlariga ham yong‘in tahdid solishidan ogohlantirdi

1 daqiqa o‘qish23 478 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida kuchli o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda. 30 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Kaliforniya hukumati o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holat e’lon qilgan. 10 mingga yaqin xonadon xavf ostidaligi ma’lum. Shtat gubernatori Gevin Nyusomning aytishicha, ko‘plab binolar allaqachon yong‘in tufayli vayron bo‘lgan. Mahalliy o‘t o‘chirish xizmati alanga allaqachon 500 gektardan ortiq maydonni qamrab olganini aytgan. Kuchli shamol hamda qurg‘oqchilik tufayli u tarqalishda davom etmoqda.

Evakuatsiya jarayonida yuzaga kelgan tirbandliklar oqibatida o‘nlab avtomobil va boshqa transport vositalari yo‘llarga tashlab ketilgan. O‘t o‘chiruvchilar ularni buldozerlar bilan yo‘l chetlariga tortib, o‘z yo‘lini tozalab olgan. Kaliforniya gubernatori shtatning boshqa hududlariga ham yong‘in tahdid solishi mumkinligi aytmoqda. 

“Biz xavfsiz emasmiz. Milliy meteorologiya xizmati shamolning kuchayishi va vaziyatning yomonlashishini prognoz qildi”, deydi Los-Anjeles okrugi yong‘in xavfsizligi boshlig‘i Entoni Marron.

Los-Anjelesda allaqachon 17 000 dan ortiq kishi elektr energiyasisiz qolgan. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar