• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Ilm-fan

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    O‘zbekiston bo‘yicha ma’lumotlardagi xatolar global iqtisodiyotning iqlim o‘zgarishi oqibatidagi yo‘qotishlari bashoratini sezilarli darajada oshirib yuborgan. Stenford universiteti tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishgan. Ularning sharhi 6-avgust kuni Nature jurnalida e’lon qilindi, deb xabar bermoqda The Washington Post.

    Foto: Getty Images

    Sharh bir yil oldin e’lon qilingan shov-shuvli ilmiy ishni tekshirish natijalarini o‘z ichiga oladi. Unda iqlim o‘zgarishi tufayli 2050-yilga kelib global yalpi ichki mahsulot (YIM) 19 foizga, 2100-yilga kelib esa isishsiz faraz qilingan ssenariyga nisbatan 62 foizga pasayishi ta’kidlangan edi. Bu raqamlar avvalgi hisob-kitoblardan uch baravar yuqori bo‘lib, e’tiborni tortgan. Tadqiqot ma’lumotlari keltirilgan maqola katta shov-shuvga sabab bo‘lgan, 2024-yilda u ommaviy axborot vositalarida iqtibos keltirish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi va ma’lumotlardan Jahon banki, AQSH hukumati va boshqa tashkilotlar strategik rejalashtirish uchun foydalanishdi.

    Biroq Stenfordda aniqlanishicha, bunday katta yo‘qotishlar bir mamlakat - O‘zbekiston bo‘yicha ma’lumotlardagi xatolar natijasida yuzaga kelgan.

    Stenford universiteti Global siyosat laboratoriyasi direktori va sharh mualliflaridan biri Solomon Syan (Solomon Hsiang) ikki aspirant bilan birga ma’lumotlar to‘plamidan bir mamlakatni o‘chirib xatoni topganini aytdi. Ular olib tashlagan har bir keyingi mamlakat YIM bashoratiga sezilarsiz ta’sir ko‘rsatdi. Ammo O‘zbekiston ma’lumotlardan olib tashlanganda, natijalar tubdan o‘zgardi: YIMning bashorat qilingan pasayishi 2100-yilga kelib 62 foizdan 23 foizga, 2050-yilga kelib esa 19 foizdan 6 foizga kamaydi.

    Shundan so‘ng olimlar O‘zbekiston bo‘yicha ma’lumotlarni batafsil o‘rgangan. Dastlabki tadqiqotga ko‘ra, mamlakat YIM 2000-yilda deyarli 90 foizga keskin kamaygan, 2010-yilda esa ba’zi hududlarda 90 foizdan ortiq o‘sish kuzatilgan. Boshqa yillarda ham keskin tebranishlar qayd etilgan. Biroq Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 40 yil ichida O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi nisbatan barqaror bo‘lib, -0,2 foizdan 7,7 foizgacha oralig‘ida bo‘lgan.

    Dastlabki modeldagi g‘ayritabiiy tebranishlar natijalarga haddan tashqari ta’sir ko‘rsatdi, chunki u harorat va yog‘ingarchilikdagi o‘zgarishlarni iqtisodiy o‘sish bilan bog‘lagan edi. Natijada model iqlim o‘zgarishining YIMga halokatli ta’sirini ko‘rsatdi.

    “Sizda ko‘plab ma’lumotlar bo‘lsa, kichik bir mamlakat natijaga shunchalik kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin. Shu sababli ma’lumotlar va natijalarni sinchkovlik bilan tekshirish muhim”,  deydi  Solomon Syan.

    Potsdam iqlimga ta’sirni o‘rganish instituti (PIK, Germaniya)ning asl ishi mualliflari O‘zbekiston bo‘yicha ma’lumotlarda xatolik borligini tan olgan. Ular xatolik dastlabki ma’lumotlarni qayta ishlashdagi muammolar tufayli yuzaga kelganini tushuntirib, muqobil tahlil o‘tkazgan. Takomillashtirilgan modelda 2050-yilga kelib jahon YIMining tuzatilgan zarari 19 foiz o‘rniga 17 foizni tashkil etdi.

    Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, “ishning asosiy xulosalari o‘z kuchida qolmoqda va baholardagi o‘zgarishlar ahamiyatsiz”.

    Shu bilan birga, tanqidchilar metodologiyadagi o‘zgarishlar dastlabki natijalarni shubha ostiga qo‘yishini ta’kidlamoqda.

    “Fan kerakli natijaga erishish uchun tajriba shartlarini o‘zgartirish tamoyili bo‘yicha ishlamaydi. Bunday yondashuv ilmiy metodga ziddir”, - deya ta’kidladi Solomon Syan.

    Aniqlangan asosiy muammolar orasida ma’lumotlarning noto‘g‘ri jamlanishi, valyuta konvertatsiyasi bilan bog‘liq masalalar hamda mintaqaviy va milliy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik mavjud. Anomaliyalar aniqlangach, asl tadqiqot mualliflari ishning yangilangan versiyasini taqdim etishgan, biroq u hali ko‘rib chiqilmagan.

    Nature tahririyati 2024-yil noyabr oyida maqolaga tahririy izoh qo‘shganini va hozirda “ko‘rib chiqishning yakuniy bosqichida” ekanini ma’lum qilgan.

    “Yaqin orada qo‘shimcha ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashamiz", - dedi jurnalning fizika yo‘nalishi muharriri Karl Tsimelis AFP’ga bergan sharhida.

    Mustaqil ekspertlar ham vaziyatga munosabat bildirgan. Xususan, Devisdagi Kaliforniya universiteti dotsenti Frensis Mur ta’kidlashicha, qayta ko‘rib chiqish asosiy xulosani o‘zgartirmaydi.

    “2100-yilgacha iqlim o‘zgarishidan kelib chiqadigan iqtisodiy yo‘qotishlar hamon sezilarli bo‘lib, chiqindilarni kamaytirish xarajatlaridan bir necha baravar yuqori”, deydi Frensis Mur.

    Tanqidchilar allaqachon bu voqeadan dekarbonizatsiya siyosatiga qarshi dalil sifatida foydalanmoqda. Ammo Solomon Syanning fikricha, eng muhimi, bu hodisa ilmiy usulning ishonchliligini ko‘rsatadi.

    “Fan aynan shunday ishlaydi - bir guruh boshqasini tekshiradi, xatolarni aniqlaydi, ular esa buni tan olib tuzatadi”, deydi Siyan.

    Ta’kidlanishicha, munozara AQShdagi siyosiy bosim va iqlim haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarning faol tarqalishi fonida kechmoqda. Bunday sharoitda olimlar ilm-fanga bo‘lgan ishonchni, xususan, natijalarni ochiq tekshirish va tuzatishlarga tayyorlik orqali saqlab qolishga chaqirmoqda. Nature jurnalining yakuniy qarori xalqaro iqlim siyosatini shakllantirish va kelgusi o‘n yilliklar davomida iqtisodiy rejalashtirish uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi kutilmoqda.

    8 avgust, 12:54   Izoh (0)   1038
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:16

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    Oltinga burkangan qasr: Tramp Oq uyga qanday o‘zgartirishlar kiritdi? (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 16:00

    Shavkat Mirziyoyev ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 15:43

    “Falastin Pelesi” Sulaymon al-Ubayd G‘azo janubidagi hujumda halok bo‘ldi

    Sport | 8 avgust, 15:31

    Nima uchun bolalar orasida erta balog‘atga yetish holatlari ko‘paymoqda?

    Farzand | 8 avgust, 15:30

    Putin Trampdan Ukrainaning bosib olingan hududlarini tan olishni talab qilmoqchi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 15:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.