• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Samarqand

    Ijtimoiy tarmoq faoli Qobil Dusov ozodlikni cheklash jazosi talabini buzgani uchun qamoqqa olingan bo‘lishi mumkin

    Sobiq deputat, ijtimoiy tarmoq faoli Qobil Dusov qamoqqa olingan. Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov maʼlum qildi.

    Kecha oqshomda (24-yanvar nazarda tutilmoqda) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat faoli Qobil Dusovni hibsga olibdi. Menga Qobil bilan birga vazirlikka olib kelingan, so‘ng qo‘yib yuborilgan sherigi qo‘ng‘iroq qildi, deb yozadi “Ezgulik” jamiyati raisi Facebookdagi sahifasida.

    Tashanovning rasmiylarga tayanishicha, Dusov probatsiya qoidalarini buzgani uchun “ichkari”ga olingan.

    Ichki ishlar vazirligi Dusovning qamoqqa olinganini tasdiqladi

    “Daryo” Qobil Dusovning Samarqandda Ichki ishlar vazirligi tomonidan qo‘lga olinganiga aniqlik kiritish maqsadida vazirlik axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov bilan bog‘landi. Masʼul tahririyatning bu haqdagi savoliga javob berar ekan, “Qonunchilikda belgilangan chora ko‘rilishi taʼminlangan”, dedi.

    Shohrux G‘iyosovning gapidan anglashiladiki, Qobil Dusov Abdurahmon Tashanov yozganidek, qamoqqa olingan.

    Dusovga nega ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan edi?

    2024-yilning 22-noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyevning Qobil Dusovdan jabrlanganini aytib, sudga bergan shikoyatini ko‘rib chiqqandi.

    Sud jarayonlari haqida maʼlumot bergan Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi Dusovning jinoyat sodir etishdagi aybini jabrlanuvchining ko‘rsatmasidan tashqari, jinoyat ishida to‘plangan dalillar bilan isbotlaganini maʼlum qilgandi.

    Jabrlanuvchilarning arizasi, tushuntirish xatlari, guvohlarning ko‘rsatmalari, sudga doir lingvistik ekspertizalar xulosalari, yozuvlar skrinshoti, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Kabul Dusov” nomli profilni va Telegram messenjeridagi “Kobul Dusov | Rasmiy kanal” nomli kanalni ko‘zdan kechirish bayonnomasi, sudga doir kompleks ekspertizalar xulosalari hamda jinoyat ishi bo‘yicha barcha to‘plangan, tekshirilgan, ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtayi nazaridan baholangan dalillar bilan to‘liq isbotlangan deb hisobladi, deyilgandi Oliy sudning bu haqdagi bayonnomasida.

    Probatsiya qoidalari va unga amal qilmaslik qanday oqibatga olib keladi?

    Sud hukmiga muvofiq Qobil Dusov vazir o‘rinbosarini haqorat qilishda aybli deb topilib, bir yil muddatga ozodlikni cheklash bilan jazolangan edi.

    Jinoyat kodeksining 48-1-moddasiga (ozodlikni cheklash) asosan Dusovga sutkaning muayyan vaqti, yaʼni kech soat 21:00 dan ertalabki soat 07:00 ga qadar yashash joyidan chiqish cheklangandi.

    Bundan tashqari, ayblanuvchiga har oyda bir marotaba yashash joyi bo‘yicha IIO FMB Probatsiya bo‘limidan ro‘yxatdan o‘tib turish hamda mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik kabi taqiqlar yuklangandi.

    Aynan shu talablar probatsiya talablari hisoblanadi. Bu talablarni buzgan mahkumga nisbatan Jinoyat kodeksining 48-1-moddasiga (ozodlikni cheklash) asosan ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddati boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlash vaqti o‘talgan jazo muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.

    25 yanvar, 21:50   Izoh (0)   12568
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #sud#sudya#Dusov#Samarqand

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Uni inson sifatida men ham sudga berishim mumkin edi”. Sherzod Shermatov sobiq deputat Kabul Dusov va XTV ishi haqida

    24.10.2020, 17:15

    Toshkentda mast holda avtomobil boshqarib, YPX xodimlari bilan janjal uyushtirgan sobiq deputat jarimaga tortildi (video)

    01.02.2021, 11:10

    Trampga hukm inauguratsiyasidan 10 kun oldin e’lon qilinadi 

    4 yanvar, 17:29

    Rossiya armiyasida Ukrainaga qarshi jang qilgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi 

    4 yanvar, 22:25

    G‘ayrat Do‘stov “ishi”: nega u bilan bog‘liq voqea jamoatchilikni xavotirga soldi? 

    4 yanvar, 23:50

    Chiqindixonada yotgan 700 million dollar: britaniyalik erkakka ichida bitkoin bo‘lgan diskini qazib olishga ruxsat berishmadi

    10 yanvar, 18:58

    Savollarni ko‘paytirgan sud: “Do‘stov ishi”da huquqiy baho berilmagan holatlar

    11 yanvar, 15:50

    “Haydovchisi va qo‘riqchilari mayda bezorilikda ayblanib, 15 sutkaga qamalgan”. Allamjonovga suiqasd ishiga aloqador yana bir sud tafsiloti

    13 yanvar, 13:11

    Tehronda Oliy sudning ikki sudyasi otib tashlandi 

    18 yanvar, 18:35

    Turkiyada o‘zbekistonlik terrorchi 40 ta umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

    23 yanvar, 12:34

    Buyurmagan boylik: SSSR va Rossiyadagi AQSH agentlarini fosh etib, millionerga aylangan MRB agenti

    23 yanvar, 20:20

    XJS prokurori “Tolibon” rahbarlarini hibsga olish uchun order so‘radi 

    23 yanvar, 20:50

    Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruq vaqtida vafot etdi

    23 yanvar, 22:00

    Asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgan Markaziy bank, tovlamachilikda gumonlanib, qamoqqa olingan “Nazorat.uz” kanali maʼmurlari, Buxoroda tug‘uruq vaqtida vafot e...

    23 yanvar, 22:50

    Bank xodimasining firibgarligi bo‘yicha material tayyorlagan MY5 kanali muxbiriga nisbatan maʼmuriy ish qo‘zg‘atildi

    24 yanvar, 00:05

    Aktyor Matyoqub Matchonov tanishini haqorat qilgan uchun javobgarlikka tortildi

    24 yanvar, 10:13

    Toshkent viloyatida 51 yoshli ayol is gazidan vafot etdi 

    24 yanvar, 15:27

    Britaniyada uch qizchani o‘ldirgan o‘smir 52 yilga qamaldi

    24 yanvar, 15:48

    Trampning tug‘ilganlik bo‘yicha fuqarolikni cheklash to‘g‘risidagi farmoni vaqtincha bloklandi  

    24 yanvar, 16:55

    Farg‘onadagi portlash jabrlanuvchilariga tovon puli to‘lanadimi?

    24 yanvar, 19:42

    “MY5” telekanali jurnalistiga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgani haqidagi xabarlar asossiz” — Jurnalistlar uyushmasi

    25 yanvar, 12:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.