• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 60 mlrd dollardan oshdi

    Markaziy bank “O‘zbekiston Respublikasi to‘lov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqeyi va tashqi qarzi” bo‘yicha qisqacha sharh va statistik jadvallarni e’lon qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Unga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida joriy operatsiyalar hisobi taqchilligi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17 foizga qisqarib, 3,4 mlrd dollar yoki YIMga nisbatan 4,3 foizni tashkil qilgan. Bunga savdo balansi manfiy saldosi o‘sish sur’atining o‘tgan yildagiga nisbatan pastroq shakllanishi bilan birga mamlakatga xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining sezilarli darajada ko‘payishi ta’sir ko‘rsatgan.

    9 oyda xalqaro bozorlarda xomashyo narxlarining o‘zgarishi hamda norezidentlarga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining ko‘payishi natijasida, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 foizga o‘sib, 19,1 mlrd dollarni tashkil qilgan. Mazkur davrda import hajmi o‘tgan yillarga nisbatan pastroq sur’atlarda o‘sib (5,5 foiz), 31,4 mlrd dollarga yetgan.

    Natijada 9 oyda savdo balansining manfiy saldosi 2023-yilning mos davriga nisbatan 8 foizga ko‘payib, 12,4 mlrd dollarni tashkil qilgan. O‘z navbatida, birlamchi va ikkilamchi daromadlar balansi musbat saldo bilan shakllanib, mos ravishda 973 mln dollar va 8 mlrd dollarni tashkil etgan holda savdo balansi taqchilligini qisman qoplagan.

    Hisobot davrida xalqaro zaxira aktivlarining xorijiy valyutadagi qismi 678 mln dollarga qisqarishi kuzatildi. Oltin narxining yuqori sur’atlarda o‘sishi natijasida xalqaro zaxiralar qoldig‘i 2024-yil boshiga nisbatan qariyb 6,6 mlrd dollarga ko‘payib, 1 oktyabr holatiga 41,1 mlrd dollarni tashkil qilgan.

    2024-yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra, to‘lov balansida aks etgan amaliyotlar va nooperatsiyaviy o‘zgarishlar ta’sirida O‘zbekistonning sof xalqaro investisiyaviy mavqeyi joriy yil boshiga nisbatan 29 foizga mustahkamlanib, 2024-yil 1-oktyabr holatiga 16,3 mlrd dollarga yetgan.

    Bunda rezidentlarning chet el valyutasidagi aktivlari hajmi 10,8 mlrd dollarga (2024-yilning boshiga nisbatan o‘sish 13 foiz) oshgan bo‘lsa, tashqi majburiyatlari hajmi 7,1 mlrd dollarga (o‘sish 10 foiz) ko‘paygan.

    Hisobot davri yakuniga ko‘ra, umumiy tashqi qarz hajmi 60,2 mlrd dollarni tashkil qilib, shundan davlat tashqi qarzi hajmi qariyb 32,5 mlrd dollar hamda korporativ tashqi qarz hajmi 27,7 mlrd dollarga teng bo‘lgan.

    Davlat qarzi bo‘yicha prognozlar

    2024-yil 1-iyul holatiga O‘zbekiston davlat qarzi 37 milliard dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 33,2 foizni tashkil qilgan. Shundan davlat tashqi qarzi 30,9 milliard dollar (YIMning 27,7 foiziga teng), davlat ichki qarzi 6,1 milliard dollarga (YIMga nisbatan 5,5 foiz) yetgan.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi joriy yil 1-iyul holatiga davlat qarzi mablag‘lari quyidagi tarmoqlarga sarflanganini maʼlum qilgan:

    • davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash dasturlariga — 13 milliard dollar;
    • energetika loyihalariga — 5,7 milliard dollar;
    • qishloq va suv xo‘jaligi loyihalariga — 2,8 milliard dollar;
    • transport loyihalariga — 2,7 milliard dollar;
    • uy-joy kommunal xo‘jaligi loyihalariga — 2,7 milliard dollar;
    • sog‘liqni saqlash, taʼlim, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari loyihalariga— 2,3 milliard dollar;
    • boshqa sohalarga — 1,7 milliard dollar.

    Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘z hisobotida O‘zbekiston davlat qarzi va mamlakatning umumiy tashqi qarzi bilan bog‘liq xatarlarni past darajada baholangan.

    Oxirgi 5-yilda respublikada davlat qarzi miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 30 foizdan yuqori darajada shakllanib kelmoqda. Prognozlarga qaralsa, bu tendensiya davomli bo‘lishi kutilmoqda. Jumladan, 2024-yil yakunida davlat qarzi YIMga nisbatan 35,5 foiz, 2025–2027-yillarda 36,7–37 foiz oralig‘ida bo‘lishi prognoz qilingan. Byudjet qonunida davlat qarzining eng yuqori miqdori YIMning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

    Avvalroq 2023-yil noyabrda eʼlon qilingan byudjetnomada yuqoridagi prognozlardan farqli raqamlar ko‘rsatilgan. Yaʼni 2024-yilda davlat qarzining YIMga nisbati 37 foiz bo‘lishi maʼlum qilingan. 2025-yilda esa bu ko‘rsatkich 37,4 foizni, 2026-yilda 37,9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmalari mavjudligi qayd etilgan.

    Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 2024-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston nomidan davlat kafolati ostida jami 2,8 milliard dollarlik tashqi qarz shartnomalari imzolanganini aytgan. Shuningdek, davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash, joriy yilda so‘ndiriladigan xalqaro obligatsiyalarni qayta moliyalashtirish maqsadida jahon moliya bozorlariga 1,5 milliard dollar miqdoridagi suveren xalqaro obligatsiyalar chiqarilgan.

    26.12.2024, 22:02   Izoh (0)   18036
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #tashqi qarz

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy tashqi qarzi 2023-yil oxiriga kelib 2,45 trillion dollarga yetgani ma’lum qilindi

    01.04.2024, 19:25

    Qirg‘iziston 11 yil ichida tashqi qarzini to‘liq uzmoqchi

    15.04.2024, 12:39

    AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasi nimadan iborat? 

    30.04.2024, 17:40

    Ukrainaning davlat qarzi 151 mlrd dollardan oshdi

    28.05.2024, 12:25

    O‘zbekistonning davlat qarzi qariyb 35 mlrd dollarga yetdi

    31.05.2024, 07:51

    O‘zmilliybank MIGA qoplamasi ostida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun sindikatlashtirilgan kredit liniyasini jalb qildi 

    04.06.2024, 13:30

    Kelgusi 10 yilda AQSH tashqi qarzi 56 trillion dollardan oshishi mumkin

    19.06.2024, 15:47

    O‘zbekiston iqtisodiyoti faol o‘sib bormoqda — Xalqaro valyuta jamg‘armasi

    27.06.2024, 21:05

    AQSH mustaqilligiga 248 yil to‘ldi: ikki ummon mamlakati qanday taraqqiyot yo‘lini boshdan kechirgan?

    04.07.2024, 17:40

    Britaniya bosh vaziri o‘zgaradi: Konservativ partiya 14 yillik hukmronlikni boy bermoqda 

    05.07.2024, 12:09

    O‘zbekistonda byudjet mablag‘lari moliyaviy nazorati kuchaytiriladi

    10.07.2024, 14:42

    XVF 2029-yilga borib O‘zbekistonning tashqi qarzi 10 foizga qisqarishini maʼlum qildi

    18.07.2024, 13:08

    Zelenskiy tashqi qarz bo‘yicha to‘lovlarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

    31.07.2024, 16:50

    Markaziy Osiyo mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti va davlat qarzi qancha? 

    07.08.2024, 18:11

    O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida ishlab chiqarishni 40 trln so‘mga yetkazish belgilandi 

    05.09.2024, 13:06

    “O‘zbekiston davlat qarzi 37 milliard dollarga yetdi” — Jamshid Qo‘chqorov

    06.09.2024, 16:02

    O‘zbekistonda tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan 5,7 trln so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan

    14.09.2024, 12:55

    Jon boshiga 1000 dollar: oshib borayotgan tashqi qarz qanday oqibatlarga olib keladi? 

    17.09.2024, 20:37

    “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

    29.10.2024, 11:10

    Tashqi qarz va byudjet taqchilligi: yaqin yillarda O‘zbekiston iqtisodini nimalar kutmoqda? 

    29.10.2024, 19:50

    “Davr bank”ka nisbatan qo‘llanilgan moliyaviy jarima, vazirlik va idoralarda soni qisqartirilgan rahbar o‘rinbosarlari, kelgusi yil uchun eʼlon qilingan davlat byu...

    29.10.2024, 22:40

    Erdo‘g‘on Qirg‘izistonning tashqi qarzidan kechdi

    05.11.2024, 14:33

    “Qo‘shning tinch, sen tinch”. O‘zbekiston dunyo yakkalagan Afg‘onistondan nima kutmoqda?

    06.11.2024, 15:48

    O‘zbekiston davlat qarzi kelasi yilda 45 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda

    18.11.2024, 15:56

    Tojikiston tashqi qarzi miqdori ma’lum qilindi 

    21.11.2024, 15:12

    AQSH davlat qarzi tarixiy rekod o‘rnatdi

    25.11.2024, 16:32

    Xavotir va umid: Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi 20 yil kechikishiga Rossiya sababchimi?

    25.11.2024, 20:00

    “Kurs erkinlashsa, 1 dollar 20 ming so‘mgacha oshadi”. O‘zbekistonda valyuta kursi sunʼiy ushlab turilibdimi?

    29.11.2024, 19:52

    “Inflyatsiya — kambag‘alga soliq”. Narxlar oshishi xalq cho‘ntagiga qanday taʼsir qiladi?

    07.12.2024, 16:40

    The Economist: Ukraina Rossiyaga qarshi iqtisodiy urushda yutmoqda

    20.12.2024, 16:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Los Anjelesdagi namoyishlarni to‘xtatish uchun Milliy gvardiya askarlarini yubordi

    Dunyo | 8 iyun, 12:25

    Qozog‘iston terma jamoasi ustozi: “O‘zbekistonni mundial bilan tabriklaymiz, lekin UEFA boshqa daraja”

    Sport | 8 iyun, 12:08

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda botanika bog‘lari barpo etiladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 11:51

    Lukashenko Si Szinpinga haykal o‘rnatishni taklif qildi

    Dunyo | 8 iyun, 11:20

    Ilon Mask Tramp bilan ziddiyatdan so‘ng moliya vaziri bilan mushtlashib ketgan — OAV

    Dunyo | 8 iyun, 10:50

    Polshaning yangi prezidenti Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 8 iyun, 10:20

    “Barselona” xorvat futbolchisini Yamal uchun munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda

    Sport | 8 iyun, 09:49

    Qirg‘iziston O‘sh markazidagi Lenin haykalini olib tashladi

    Qirg‘iziston | 8 iyun, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.