• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Layfstayl

    Oltinga burkangan qasr: Tramp Oq uyga qanday o‘zgartirishlar kiritdi? (foto)

    AQSHning har bir prezidenti Oq uyga kelgach, shaxsiy didi yoki siyosiy qarashlariga qarab interyerga o‘zgarish kiritadi. Prezident Donald Tramp esa maksimalizm va oltin bezaklarga bo‘lgan ishtiyoqini namoyish qildi. Business Insider nashri Oq uy dizaynidagi avvalgi va hozirgi o‘zgarishlarni taqqosladi.

    Illyustrativ foto: ChatGPT
    Illyustrativ foto: ChatGPT

    Oq uyni ta’mirlash ishlari haligacha davom etmoqda. Sentyabr oyida 8 000 kvadrat metr maydonga ega, 200 million dollarlik zal qurilishi boshlanadi. U birinchi xonim ofislari joylashgan Sharqiy qanotda barpo etiladi. Tramp bu zalni “har bir AQSH prezidenti orzu qilgan joy” deb atagan.

    Oval kabinetdagi o‘zgarishlar

    Gilam: Baydenning Oval kabinetdagi to‘q ko‘k gilami dastlab Bill Klinton uchun mo‘ljallangan. Tramp esa uni Ronald Reygan davridagi och rangli gilam bilan almashtirdi. Gilam naqshida prezident muhri, quyosh nurlari va tinchlik ramzi bo‘lgan zaytun shoxchalari tasvirlangan.

    Foto:
    Foto: Oq uy surati
    Foto:
    Foto: Oq uy surati

    Bayroqlar: Bayden davrida faqat ikkita bayroq bo‘lsa, Tramp armiyaning turli qo‘shinlariga tegishli bayroqlarni ham qo‘shdi. Ular orasida dengiz piyodalari korpusi va dengiz flotiga tegishlilari ham bor.

    Foto:
    Foto: Getty Images
    Foto:
    Foto: AFP

    Bayden prezidentligi davrida Oval kabinetning shiftida hech qanday qo‘shimcha bezaklar bo‘lmagan. Tramp shiftdagi bo‘rtib chiqqan tasvirlarga oltin bezak qo‘shdi. Bunday bezaklar Bayden prezidentligidan beri saqlanib qolgan oltin rangli pardalarga mos keladi.

    Foto:
    Foto: Oq uy surati
    Foto:
    Foto: Anadolu

    Devorlarda portretlar joylashuvi o‘zgargan: Baydenning Oval kabinetida prezident Franklin Ruzveltning portreti bor edi. U fikrlar turfa xilligini ramziy ma’noda ifodalash uchun Tomas Jefferson, Aleksandr Gamiltonning portretlarini, shuningdek, Jorj Vashington va Avraam Linkolnning portretlarini birga ilib qo‘ygan.

    Foto:
    Foto: Getty Images
    Foto:
    Foto: The Washington Post

    Tramp devorda ochiq qolgan bo‘shliqqa qo‘shimcha portretlar va ko‘plab tilla bezaklar qo‘shdi. Siyosatchi Oval ofisning devoriy galereyasini yaratish uchun bezak romli portretlarni tanladi. U Ruzvelt surati o‘rnini Jorj Vashington portreti bilan almashtirdi. Kamindagi tokchaga esa Oq uy kolleksiyasidan olingan tarixiy oltin vaza va boshqa buyumlarni joylashtirdi.

    Tramp o‘z nomi tushirilgan qadah tagiga qo‘yiladigan idishga ham oltin detallarini qo‘shgan. AQSHning amaldagi rahbari oltin bezaklarga bo‘lgan qiziqishi bilan ajralib turadi. Uning Nyu Yorkdagi Trump Tower pentxausida ko‘plab zarhal shiftlar, mebellar va san’at asarlari mavjud. Prezidentning Palm-Bich shahridagi Mar-a-Lago klubida ham poldan shiftgacha oltin bilan qoplangan raqs zali mavjud.

    Foto:
    Foto: AFP

    Tramp ikkinchi prezidentlik davridan oldin Oval kabinetdagi prezident muhri oddiy edi. 1934-yilda Ruzvelt qo‘shgan gips relyefga u tilla suvi berib, muhr va yulduzlarni oltin rangga bo‘yatdi.

    Foto:
    Foto: AFP
    Foto: AFP
    Foto: AFP

    Portretlar va ramziy tanlovlar

    Bayden kirish zalida prezident Barak Obamaning rasmiy portreti turishini tanladi. Robert Makkurdi tomonidan chizilgan giperrealistik portret 2023-yilda o‘rnatilgan. Tramp esa uni o‘z portreti bilan almashtirgan. Mark Lipp chizgan rasmda Tramp suiqasdga uchragan mitingda qo‘lini musht qilib ko‘tarayotgan holatda tasvirlangan.

    Foto:
    Foto: AFP
    Foto:
    Foto: Getty Images

    Nafaqat bino ichi, balki hovli ham o‘zgarishga uchradi

    1913-yilda birinchi xonim Ellen Uilson Oq uyning tashqi hovlisini rasmiy gulzorga aylantirish loyihasini ishlab chiqdi. Keyinchalik u matbuot anjumanlari va tadbirlar o‘tkaziladigan joyga aylandi. 2020-yilda birinchi xonim Melaniya esa maysazor atrofiga ohaktoshdan ishlangan chegara qo‘shdi.

    Foto:
    Foto: AFP

    Tramp “Atirgul” bog‘idagi maysalar ustidan tosh yotqizishga va uni ochiq terrasaga aylantirishga qaror qildi. U o‘tlar yirik tadbirlar uchun yaroqsiz, chunki ular nam bo‘lishi va baland poshnali poyabzal kiyganlar uchun muammo tug‘dirishini aytdi. Ishchilar iyun oyida o‘tlarni beton va tosh plitalar bilan almashtirishni boshladi.

    Foto:
    Foto: Getty Images

    Bayden va undan oldingi prezidentlar katta tadbirlarni ko‘pincha Sharq xonasida o‘tkazgan (sig‘imi 200 kishi). Ba’zan, masalan, 2023-yilda Avstraliya bosh vaziri Entoni Albanezni qabul qilganda, Bayden tadbirni hovlida o‘tkazgan.

    Tramp 31-iyul kuni Sharqiy qanotda 650 kishilik bal zalini qurish rejasini e’lon qildi. Uning aytishicha, loyiha xarajatlari shaxsan o‘zi va boshqa “vatanparvar donorlar” tomonidan qoplanadi.

    Foto:
    Foto: Getty Images

    8 avgust, 16:00   Izoh (0)   745
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuzdagi charchoqni kosmetika bilan yashirish bo‘yicha mashhur ayollardan layfxaklar

    Shou-biznes | 8 avgust, 18:50

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Farg‘onada 17 yoshli qizga shilqimlik qilgan mahalla raisiga 4 sutka berildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:40

    Muhammad alayhissalom dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublar nusxasi Toshkentdagi ekspozitsiyadan joy oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 18:25

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20

    “Yig‘laganini ham eshitmabman”. Marg‘ilonda yosh bolani Gentra’da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:08
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.