• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Tashqi qarz va byudjet taqchilligi: yaqin yillarda O‘zbekiston iqtisodini nimalar kutmoqda?

    Oxirgi yillarda O‘zbekistonda byudjet taqchilligi va davlat qarzi miqdori eng yuqori darajada shakllanishda davom etmoqda. Joriy yilgi va kelgusi uch yillik prognozlar qanday bo‘ladi?

    Foto: “Daryo”

    Byudjet taqchilligi kutilgandek bo‘ladimi?

    O‘tgan 2023-yilda O‘zbekiston byudjeti uchun og‘ir kelgan davrlardan bo‘ldi. Mamlakatning konsolidatsiyalashgan davlat byudjeti taqchilligi 59,2 trillion so‘mni yoki yalpi ichki mahsulotning 5 foizini tashkil etgan. Bu yangi davr uchun mutlaq rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Taqqoslash uchun, oxirgi 5 yilda konsolidatsiyalashgan byudjet defitsiti quyidagicha bo‘lgan:

    • 2019-yilda —13,2 trillion so‘m;
    • 2020-yilda — 26,1 trillion so‘m;
    • 2021-yilda — 40,8 trillion so‘m;
    • 2022-yilda — 35,2 trillion so‘m.
    Jadval: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    2024-yil uchun tasdiqlangan byudjet qonuniga ko‘ra, joriy yilda mamlakatning konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 375 trillion so‘mni, xarajatlari 427,6 trillion so‘mni tashkil etishi belgilangan. Bunda byudjet taqchilligi 52 trillion so‘mdan ortishi kutilmoqda.

    Ammo joriy yil 29-oktyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi eʼlon qilgan yangi prognozlarda bu ko‘rsatkichlarda o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Xususan, 2024-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 377,7 trillion so‘mni, xarajatlari esa 434,8 trillion so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan. Shu bilan birga, byudjet taqchilligi miqdori 57,2 trillion so‘m bo‘lishi ko‘rsatilgan. Bu ham hali yakuniy ko‘rsatkich emas. Daromad va xarajatlar nomutanosibligi yil oxirigacha bundan-da katta bo‘lish ehtimoli mavjud.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Vazirlik sharhiga ko‘ra, joriy yilgi davlat byudjeti xarajatlari qayta ko‘rib chiqilib, xarajatlar tasdiqlangan byudjetga nisbatan 1,5 foizga oshishi kutilmoqda. Bunda konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foizdan oshmasligi taʼminlanishi qayd etilgan.

    2025-yilgi konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 431,1 trillion so‘mni, xarajatlari 480,3 trillion so‘m miqdorida bo‘lishi kutilmoqda. O‘rtadagi defitsit miqdori 49,3 trillion so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    2026-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 496,5 trillion so‘m, xarajatlari 551,9 trillion so‘m bo‘lishi mumkin. Oradagi taqchillik 55,5 trillion so‘mga yetishi kutiladi.

    2027-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari esa 565 trillion so‘m, xarajatlari 629,1 trillion so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bunda defitsit miqdori 64,1 trillion so‘mga yetishi qayd etilgan. Vazirlik tahlilida konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligini 2025–2027-yillarda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik belgilanayotgani keltirilgan.

    Davlat qarzi bo‘yicha prognozlar qanday?

    2024-yil 1-iyul holatiga O‘zbekiston davlat qarzi 37 milliard dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 33,2 foizni tashkil qilgan. Shundan davlat tashqi qarzi 30,9 milliard dollar (YIMning 27,7 foiziga teng), davlat ichki qarzi 6,1 milliard dollarga (YIMga nisbatan 5,5 foiz) yetgan.

    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi joriy yil 1-iyul holatiga davlat qarzi mablag‘lari quyidagi tarmoqlarga sarflanganini maʼlum qildi:

    • davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash dasturlariga — 13 milliard dollar;
    • energetika loyihalariga — 5,7 milliard dollar;
    • qishloq va suv xo‘jaligi loyihalariga — 2,8 milliard dollar;
    • transport loyihalariga — 2,7 milliard dollar;
    • uy-joy kommunal xo‘jaligi loyihalariga — 2,7 milliard dollar;
    • sog‘liqni saqlash, taʼlim, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari loyihalariga— 2,3 milliard dollar;
    • boshqa sohalarga — 1,7 milliard dollar.
    Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

    Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘z hisobotida O‘zbekiston davlat qarzi va mamlakatning umumiy tashqi qarzi bilan bog‘liq xatarlarni past darajada baholangan.

    Oxirgi 5 yilda respublikada davlat qarzi miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 30 foizdan yuqori darajada shakllanib kelmoqda. Prognozlarga qaralsa, bu tendensiya davomli bo‘lishi kutilmoqda. Jumladan, 2024-yil yakunida davlat qarzi YIMga nisbatan 35,5 foiz, 2025–2027-yillarda 36,7–37 foiz oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda. Byudjet qonunida davlat qarzining eng yuqori miqdori YIMning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.

    Avvalroq 2023-yil noyabrda eʼlon qilingan byudjetnomada yuqoridagi prognozlardan farqli raqamlar ko‘rsatilgan. Yaʼni 2024-yilda davlat qarzining YIMga nisbati 37 foiz bo‘lishi maʼlum qilingan. 2025-yilda esa bu ko‘rsatkich 37,4 foizni, 2026-yilda 37,9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmalari mavjudligi qayd etilgan.

    Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 2024-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston nomidan davlat kafolati ostida jami 2,8 milliard dollarlik tashqi qarz shartnomalari imzolanganini maʼlum qilgan. Shuningdek, davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash, joriy yilda so‘ndiriladigan xalqaro obligatsiyalarni qayta moliyalashtirish maqsadida jahon moliya bozorlariga 1,5 milliard dollar miqdoridagi suveren xalqaro obligatsiyalar chiqarilgan.

    Vazirlik prognozlariga ko‘ra, kelgusi 2025-yilda O‘zbekiston nomidan va kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,5 milliard dollar miqdorida belgilanmoqda. Shundan 3 milliard dollari davlat byudjetini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, byudjet taqchilligini moliyalashtirishga, qolgan qismi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

    29.10.2024, 19:50   Izoh (0)   15536
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #davlat qarzi#byudjet

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda gaz uchun bir yilga ajratilgan subsidiyaning 85 foizi uch oyda sarflab yuborildi 

    31.05.2024, 18:53

    “Daryo” dayjesti: 31-mayning eng muhim xabarlari

    31.05.2024, 23:07

    Qozog‘istonning davlat qarzi miqdori ma’lum qilindi

    05.06.2024, 11:49

    Kelgusi 10 yilda AQSH tashqi qarzi 56 trillion dollardan oshishi mumkin

    19.06.2024, 15:47

    “Yarim yillikdagi defitsit 34 trln so‘m”: byudjetdagi taqchillik sabablari va yechimlar

    04.07.2024, 19:17

    Hokimliklarda ichki audit xizmatlari tashkil etiladi

    12.07.2024, 21:30

    XVF 2029-yilga borib O‘zbekistonning tashqi qarzi 10 foizga qisqarishini maʼlum qildi

    18.07.2024, 13:08

    AQSHning davlat qarzi birinchi marta 35 trln dollardan oshdi

    29.07.2024, 23:30

    Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 400 mln dollar qarz ajratdi

    31.07.2024, 18:37

    Sobiq turmush o‘rtoqlariga aliment to‘lamagan erkakning Cobalt avtomashinasi xatlandi

    26.08.2024, 18:10

    Britaniya hukumati davlat byudjetida “qora tuynuklar” aniqladi 

    27.08.2024, 23:15

    “AQSH iqtisodi xavf ostida” — Mask

    30.08.2024, 20:25

    “O‘zbekiston davlat qarzi 37 milliard dollarga yetdi” — Jamshid Qo‘chqorov

    06.09.2024, 16:02

    “Daryo” dayjesti: 6-sentyabrning eng muhim xabarlari

    06.09.2024, 22:35

    Toshkentda 121 ta jarimani to‘lamay kelgan rejissyorning mashinasi xatlandi 

    11.09.2024, 12:33

    Qashqadaryoda soliq inspektorlari restoranda qarzga yeb-ichdi. Pulini so‘ragan tadbirkorga tekshiruv tashlab yopishga urindi, o‘zini esa 6 sutkaga qamatdi

    14.09.2024, 10:19

    “To‘lovni qarzga yozdirib, davlat xizmatchisi odob-axloq qoidalariga zid ish qilgan”. Soliq qo‘mitasi Ko‘kdaladagi xodimlari aybini tan oldi

    14.09.2024, 19:50

    Jon boshiga 1000 dollar: oshib borayotgan tashqi qarz qanday oqibatlarga olib keladi? 

    17.09.2024, 20:37

    O‘zbekistonda aliment to‘lovlari oshadi 

    24.09.2024, 11:47

    Tailand hukumati iqtisodiyotni rivojlantirish uchun fuqarolarga 300 dollardan nafaqa to‘laydi

    30.09.2024, 18:55

    “Jarimalarni fuqarolar daromadiga qarab qo‘llash tarafdorimiz” — “Adolat” partiyasi vakili

    04.10.2024, 18:45

    Dunyoning 26 ta davlati qarzi 18 yillik maksimumga yetdi – Jahon banki

    15.10.2024, 08:40

    Dunyo davlatlarining jami qarzi 2024-yilda 100 trln dollardan oshishi kutilmoqda

    15.10.2024, 21:25

    XVJ rahbari global inflyatsiya sekinlashishda davom etayotganini qayd etdi 

    25.10.2024, 23:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari 7 kishiga yetdi

    O‘zbekiston | 11 may, 11:28

    Barchaga sevimli turk seriallarida yangragan eng mashhur 8 ta qo‘shiq

    Musiqa | 11 may, 11:00

    “Real” sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi

    Sport | 11 may, 10:25

    Shuhrat Abdurahmonov voyaga yetmagan qizga nisbatan jinoyat sodir etgani rad etildi

    O‘zbekiston | 11 may, 10:00

    Nima uchun shahzoda Uilyam va Keyt Middlton mashinada xavfsizlik kamarini taqmaydi?

    Shou-biznes | 11 may, 09:53

    Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

    O‘zbekiston | 11 may, 09:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.