Ukrainaning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2024-yil aprel oyida 86,17 milliard grivnaga yoki 0,47 milliard dollarga (ekvivalentda) oshdi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligiga tayanib, “Korrespondent” xabar berdi.
30-aprel holatiga ko‘ra, davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarz 6 010,42 milliard grivnani yoki 151,52 milliard dollarni tashkil qilgan.
Ular orasida:
- tashqi davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarz 4 298,92 milliard grivna (umumiy summaning 71,52 foizi) yoki 108,37 milliard dollar;
- ichki davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarz 1 711,5 milliard grivna (umumiy summaning 28,48 foizi) yoki 43,14 milliard dollar.
Ta’kidlanishicha, Ukrainaning davlat qarzi 5 699,54 milliard grivnani (143,68 mlrd dollar) tashkil etgan, shu jumladan, tashqi qarz 4 056,06 milliard grivna (102,25 mlrd dollar), ichki qarz 1 643,48 milliard grivna (41,43 mlrd dollar). Davlat tomonidan kafolatlangan qarz esa 7,84 milliard dollarni tashkil etdi: tashqi 6,12 milliard va ichki 1,71 milliard dollar.
Izoh (0)