Daryo

Qirg‘iziston 11 yil ichida tashqi qarzini to‘liq uzmoqchi

“Tashqi qarzimiz 10-15 milliard dollarga yetgan taqdirda ham biz hech narsadan xavotirlanmaymiz” — dedi Sadir Japarov

1 daqiqa o‘qish8 680 ko‘rishlar0 izoh0

Qirg‘iziston yaqin 11 yil ichida tashqi qarzini to‘liq to‘lash niyatida. Bu haqda respublika prezidenti Sadir Japarov “Kabar” davlat axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: “Economist.kg”
“2035-yilgacha to‘planib qolgan 5 milliard dollarlik tashqi qarzimizni to‘laymiz. To’lov muddati jamoamning ish davriga to‘g‘ri keldi. Xudoga shukur, bizda bunga kuch bor. Iqtisodiyotimiz yaxshilandi. Mamlakatda tinchlik va barqarorlik bor ekan, biz bemalol qarzimizni uzamiz”, — dedi u.

Sadir Japarovga ko‘ra, davlat olingan har bir dollarni aniq loyihalarga jalb qiladi. 

“Ularni o‘z-o‘zini ta’minlaydigan loyihalar uchun sarflaymiz. Bitta misol keltiraman: Qambarota 1 GES qurilishiga 5-6 milliard dollar sarflanadi. Eng muhimi, 2035-yilga borib avval yuzaga kelgan qarzlarni to‘liq to‘laymiz. Kelajakda qancha qarz olmaylik, har bir loyiha o‘zini oqlaydi”, — dedi u.

Qirg‘iziston Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikaning davlat qarzi qariyb 6 milliard dollarni tashkil etadi, shundan 4,5 milliard dollari tashqi qarz, 1,5 milliard dollari esa ichki qarzdir.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar