2024-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan 5,7 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.
Bu ularning jami investitsiyalardagi ulushi 2,5 % ni tashkil etgan.
Avvalroq Statistika agentligi O‘zbekiston yetti oyda 187 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgani ma’lum qilgandi.
Unga ko‘ra, 2024-yilning yanvar—iyul oylarida O‘zbekiston jahonning 187 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 36,8 milliard AQSH dollariga yetkazgan.
Tashqi savdo aloqasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (18,6 foiz), Rossiya (18,5 foiz), Qozog‘iston (6,2 foiz), Turkiya (4,6 foiz) va Koreyada (3,2 foiz) qayd etilgan.
Izoh (0)