• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘zbekiston iqtisodiyoti faol o‘sib bormoqda — Xalqaro valyuta jamg‘armasi

    2024-yil 13-iyun kuni Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) Ijroiya kengashi O‘zbekiston Respublikasi bilan IV modda bo‘yicha muzokaralarini yakunladi va belgilangan hisobotlarni tasdiqladi. 

    XVJ bitim moddalarining IV moddasiga muvofiq, aʼzo davlatlar bilan ikki tomonlama muhokamalar odatda har yili o‘tkaziladi. XVJ xodimlaridan iborat guruh mamlakatga tashrif buyurib, iqtisodiy va moliyaviy ma’lumotlarni to‘playdi va mamlakat rasmiylari bilan iqtisodiy o‘zgarishlar va iqtisodiy siyosatni muhokama qiladi. XVF shtab-kvartirasiga qaytib kelgach, xodimlar Ijroiya kengashining muhokamasi uchun asos bo‘ladigan hisobot tayyorlaydilar.

    XVJ hisobotida qayd etilishicha, O‘zbekiston iqtisodiyoti faol o‘sib bormoqda.

    “Pul o‘tkazmalari 2022-yilgacha tendensiyaga tushib qolgan bo‘lsa-da, kengaytirilgan fiskal siyosat, jadal xususiy isteʼmol va asosiy investitsiyalar hajmining o‘sishi 2023-yilda yalpi ichki mahsulotni 6 foizga oshirdi. 2024-yilning birinchi choragida o‘sish barqaror bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,2 foizni tashkil etdi.

    Nisbatan yuqori moliyaviy siyosat stavkasi, xalqaro oziq-ovqat va energiya narxlarining pasayishi sharoitida iste’mol narxlari inflyatsiyasi 2022-yil oxiridagi 12,3 foizdan, 2024-yil aprelida 8,1 foizga tushdi. 2022-yildagi yalpi ichki mahsulotning 3,5 foiziga qaraganda, 2023-yilda O‘zbekistonning joriy hisob taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 8,6 foizini tashkil etdi.

    2023-yilda xalqaro zaxiralar 1,2 milliard dollarga kamaydi, ammo 2024-yil aprel oyi oxirida 9 oylik import hajmida yuqoriligicha qoldi.

    Foto: Google Images

    Iqtisodiy prognozlar har taraflama ijobiydir. Hukumatning kuchli islohot yo‘lidagi sa‘y-harakatlari, ayniqsa, energiya narxlarini isloh qilish va davlat korxonalarini xususiylashtirish iqtisodiy istiqbollarni yaxshiladi. Yuksak mahalliy ehtiyoj tufayli 2024-yilda yalpi ichki mahsulotning sof o‘sishi 5,4 foiz darajasida barqaror bo‘lib qolishi va 2025-yilda esa 5,5 foizga ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

    Fiskal taqchillikni pasaytirish yo’lidagi sa’y-harakatlarni davom ettirish, bank kreditlari o‘sish sur’atlarida mo‘tadillik hamda import o‘sish sur’atlarining sekinlashuvi joriy va kelgusi yilda amaldagi hisob taqchilligini kamaytirishda asosiy o’rin kasb etadi.

    2024-yilning oxirigacha energiya narxlari oshishi bilan inflyatsiya raqamlarida vaqtinchalik o‘sish kutilmoqda, biroq qat’iy makroiqtisodiy, makroprudensial va tarkibiy siyosatni davom ettirish inflyatsiya darajasini O‘zbekiston Markaziy banki (MB) tomonidan mo‘ljallangan ko‘rsatkichga nisbatan sezilarli darajada pasaytiradi”, deyiladi hisobotda.

    O‘zbekiston Respublikasi bilan IV modda bo‘yicha muzokara yakunida ijrochi direktorlar belgilangan hisobotlarni quyidagicha ma’qulladilar:

    “O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini o‘zgartirish yo‘lidagi izchil taraqqiyotni davom ettirmoqda. Iqtisodiyot so‘nggi yillarda pandemiya va Rossiyaning Ukrainadagi urushi yetaklab kelgan shamollar va noaniqliklarga qaramay, tezkor o‘sish va qashshoqlikning pasayishiga erishdi. Savdo hamkorlari rivojining sekinlashuviga va 2023-yilgi moliyaviy rag‘batlantirishning bekor qilinishiga qaramay, bu yil o‘sish barqaror bo‘lib qolishi kutilmoqda.

    Bu yutuqlar hukumatning bozorga yo‘naltirilgan islohotlari orqali O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojiga qaratilgan sa’y-harakatlaridan dalolatdir. Biroq iqtisodiyotda iz qoldirgan siyosiy tuzilmalar, o‘tgan yilgi kengaytirilgan fiskal siyosat bilan bog‘liq muammolar hali ham saqlanib qolmoqda va hukumat ularni hal qilish, barqaror va inklyuziv o‘sishni ta’minlash bo‘yicha islohotlarni davom ettirishga qat‘iy qaror qildi. Iqtisodiyotning ijobiy prognozi dinamik, ochiq va xususiy sektor yetakchiligidagi iqtisodiyot asoslarini chuqurlashtirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish uchun noyob imkoniyat yaratadi.

    Rejalashtirilgan soliq-byudjet siyosatiga kiritilgan ma’lum tuzatishlar mustahkam iqtisodiy siyosatini ta‘minlash va inflyatsiyani ushlab turishda pul-kredit siyosatini qo‘llab-quvvatlagan holda tashqi tuzatishlarni osonlashtiradi. 

    Ish haqi fondini ratsionalizatsiya qilish, davlat korxonalarini qo‘llab-quvvatlashni bosqichma-bosqich to‘xtatish va ijtimoiy himoya dasturlarini maqsadli yo‘naltirishni takomillashtirish orqali soliq bazalarini kengaytirish, soliq tizimini modernizatsiya qilish, davlat xarajatlari samaradorligini oshirish, shu bilan birga, noxush holatlarga barham berish va ma’muriy xarajatlarni kamaytirish imkoniyati mavjud. Pensiya islohotini ilgari surish uzoq muddatli fiskal barqarorlikni ta’minlash va xodimlar uchun samarali ijtimoiy himoyani ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

    Shuningdek, asosiy byudjet amaliyotlarini kuchaytirish, davlat investitsiya jarayonini unifikatsiya qilish, fiskal risklarni aniqlash va boshqarishni takomillashtirish, fiskal monitoring va hisobot berishda GFS standartlariga to‘liq o‘tishni ta’minlash, shuningdek, mahalliy qarz bozorini rivojlantirishni davom ettirish orqali fiskal institutlarni takomillashtirishni pul-kredit siyosati bilan muvofiqlashtirish sa’y-harakatlarini davom ettirish lozim.

    Pul-kredit siyosati inflyatsiya darajasini pasaytirish bilan birga, uni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mo’ljaliga qadar kamaytirishga yo‘naltiriladi. Yuqori sof siyosat stavkasini ushlab turish, qat‘iy fiskal va makroprudensial siyosat va qo‘llab-quvvatlovchi tuzilmaviy islohotlar bilan bir qatorda, inflyatsiyani 2027-yil oxirigacha Markaziy bank maqsadiga qadar bosqichma-bosqich pasaytiradi. Agar energiya narxlari islohoti yanada kengroq narxlar bosimiga olib kelib inflyatsiya ehtimolini oshirsa, Markaziy bank moliyaviy siyosat stavkasini oshirishga tayyor turishi kerak.

    Foto: Google Images

    Erishilgan yutuqlardan foydalangan holda, islohotlar sa’y-harakatlarining ta‘sirini kuchaytirish, yanada barqaror, inklyuziv va sof o‘sishda katta tafovut kasb etadi. Islohotlarning ehtiyotkorlik bilan tuzilgan ketma-ketligi ijobiy natijalarga erishishga yordam berib, davlat majburiyatlarini kamaytirish esa resurslarni taqsimlash samaradorligini oshiradi.

    Hukumat davlat korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish va xususiylashtirishni jadallashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishi lozim. Shuningdek, davlat korxonalari uchun imtiyozlarni bekor qilish, raqobatni kuchaytirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun yirik korxonalarni saralash kerak.

    Rasmiylarning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha sa’y-harakatlarini tezlashtirish harakati tashqi raqobatbardoshlikni oshirish, eksportni diversifikatsiya qilish, bozorlarga kirish va monopoliyalarni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlardagi o‘sishni kuchaytiradi va ayni vaqtda inflyatsiyani kamaytirishga yordam beradi. Ayollarning mehnat faolligini oshirish va energiya subsidiyalarini bosqichma-bosqich bekor qilish tashabbuslari dekarbonizatsiya va iqlimga moslashish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga samarali o‘sishni ta’minlaydi.

    Boshqaruv va qonun ustuvorligi ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilashga asoslanib, korrupsiyaga qarshi jadal kurash barqaror bo‘lishi kerak. XVJ mol-mulk deklaratsiyasi, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya haqida ma’lumot beruvchilarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qilishni tavsiya qiladi.

    Hukumat prokurorlar, sudyalar va Hisob palatasining erkinligini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim deb topildi. Xususan, hukumat davlat boshqaruviga bo‘lgan ishonchni oshiradigan davlat axborotiga erishuvni yanada kuchaytirish choralarini ko‘rishi kerak”, — deyiladi hisobotda.

    27.06.2024, 21:05   Izoh (0)   8192
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tokiolik olimlar inson terisining tirik hujayralaridan yasalgan yuzga ega robot yaratdi (video)

    27.06.2024, 20:50

    Sobiq deputatlar NATOga Rossiyaga qarshi terrorchilik rejasini taqdim etmoqchi — Times

    27.06.2024, 20:30

    Yevropa Ittifoqi va Ukraina xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha kelishuv imzoladi

    27.06.2024, 19:40

    Rossiya 10 ming muhojirni “xandaq qazish”ga jo‘natdi  

    27.06.2024, 19:05

    Garri Potter haqidagi birinchi kitob muqovasining illyustratsiyasi 1,9 million dollarga sotildi

    27.06.2024, 18:55

    Finlyandiya Ukrainadagi uchta loyiha uchun 9 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratadi

    27.06.2024, 18:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin: “Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorman” (video)

    Dunyo | 19 iyun, 13:44

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    Dunyo | 19 iyun, 13:31

    O‘zbekistondagi 7 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 13:22

    Prezident Qarshidan Shahrisabzga poyezdda bordi (foto)

    O‘zbekiston | 19 iyun, 13:11

    “Hech kim men nima qilishimni bilmaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 iyun, 13:09

    “AQSH qurollari Eron yerosti yadroviy obyektlarini yo‘q qila olmaydi” — amerikalik ekspert

    Dunyo | 19 iyun, 12:59

    Magnum supermarketlar tarmog‘i O‘zbekistonni tark etmoqda

    O‘zbekiston | 19 iyun, 12:54

    Futbol mantiqlariga qarshi chiqqan Krishtianu Ronaldu

    Sport | 19 iyun, 12:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.