• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSH mustaqilligiga 248 yil to‘ldi: ikki ummon mamlakati qanday taraqqiyot yo‘lini boshdan kechirgan?

    Bundan 248 yil muqaddam, 1776-yilning 4-iyulida AQSHda Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu sanadan Qo‘shma Shtatlarning tarixi boshlandi. Qudratli imperiyaning okeanorti koloniyasi bo‘lgan hudud mustaqillik uchun metropoliya bilan urushga kirdi va unda g‘olib chiqdi. Qudratli qirol hokimiyati ham, cherkov hukmronligi ham bo‘lmagan mamlakat o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanladi. AQSHda ishlab chiqilgan konstitutsiya esa uzoq yillar davomida butun dunyo bo‘ylab erkinlik va tenglik uchun harakatlarni ilhomlantirib keldi. Quyida “sehrli diyor”ning qariyb ikki yarim asrlik tarixi va rivojlanish omillari haqida mulohaza yuritiladi.

    Ozodlik haykali

    Inqilobdan oldingi Amerika

    XVIII asr o‘rtalarida Amerika koloniyalari Britaniya imperiyasining hukmronligi ostida edi. Bu koloniyalarda markaz boshqaruvi asosida sanoat va ko‘plab sohalar rivojlanayotgan bo‘lsa-da, aholining turli guruhlari o‘rtasida keskinliklar ham davom etib kelayotgan edi. Buyuk Britaniyaning qitʼadagi mustamlakachilik siyosati va doimiy repressiyalari sharoitida yashirin kuch koloniya xalqlarini mustaqillik g‘oyalari bilan to‘lqinlantirib kelayotgan edi.

    Shimoliy Amerikada savdo-sotiq va ishlab chiqarish ortidan katta foyda ko‘rishni boshlagan boy shtatlar Britaniyaning adolatsiz savdo nizomi va cheklovlaridan norozi edi. Qitʼaga faqat Buyuk Britaniyadan va Londondagi hukumat belgilagan narxlarda tovarlar olib kelish mumkin edi. Bunga qarshi chiqqan, dominion huquqini talab qilganlar esa muntazam ravishda tergov va taʼqiblarga duchor bo‘lgan.

    Maʼrifatparvarlik g‘oyalari va taʼsiri

    XVII-XVIII asrlarda Yevropa va Amerika mustamlakalarini qamrab olgan falsafiy oqim bo‘lgan-maʼrifatparvarlik harakati Mustaqillik deklaratsiyasi g‘oyalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynadi. Jon Lokk va Jan-Jak Russo kabi maʼrifatparvar mutafakkirlar tabiiy huquqlar, ijtimoiy shartnoma va zolim hukumatlarga qarshi isyon ko‘tarish huquqi kabi tushunchalarni qo‘llab-quvvatladilar. Bora-bora ushbu g‘oyalar turli jamiyatlar bo‘ylab kech quloch yoya boshladi.

    Bu g‘oyalar amerikalik siyosatdonlarning ham ongiga kirib, ularni Britaniya hukmronligining qonuniyligini shubha ostiga qo‘yishga va o‘z huquqlarini himoya qilishga ilhomlantirdi. Kun kelib ushbu maʼrifatparvarlik g‘oyalari va siyosiy falsafa tamoyili ozod mamlakat mustaqilligini eʼlon qilgan hujjatda o‘z o‘rnini topdi.

    Mustaqillik sari yo‘l

    Buyuk Britaniyadan mustaqillikni eʼlon qilish yo‘li qiyinchiliklar va qarshiliklarga to‘la edi. Biroq Boston, Leksington va Konkord shaharlarida mustamlakachilar bilan yuzaga kelgan savdo-iqtisodiy va harbiy qarama-qarshiliklar mahalliy aholi orasida imperiya boshqaruviga nisbatan murosasizlik kayfiyatini shakllantirib yubordi. Shimoliy Amerikaning 13 shtati bo‘ylab inqilob to‘lqini yuzaga keldi.

    AQSH va Britaniya imperiyasi urushini ifoda etuvchi surat. Filadelfiya

    Shunday bir sharoitda Samuel Adams va Patrik Genri kabi taniqli shaxslar mustaqillik uchun ishtiyoqi baland millatparvarlar sifatida maydonga chiqdi. Filadelfiyada chaqirilgan Kontinental Kongress mustamlakalarning birlashishida va mustaqillik deklaratsiyasi loyihasini ishlab chiqishda hal qiluvchi rol o‘ynadi.

    Kontinental Kongress va Mustaqillik deklaratsiyasi

    1775-yilda Shimoliy Amerikaning o‘n uchta mustamlaka shtatlari delegatlari Filadelfiya shahrida Kontinental Kongressga yig‘ilishdi. Bu yig‘ilish mustaqillikni eʼlon qilish g‘oyasi yo‘lida kurashayotganlar muvaffaqiyati uchun muhim qadam bo‘ldi.

    Kongress turli xil qarashlarni ifoda etildi. Delegatsiya vakillarining ayrimlari aholi noroziliklaridan foydalanib, Britaniya oldiga o‘z talablarini qo‘yish, yon berishga majbur qilish, pirovardida esa baribir imperiya tarkibida qolishni taklif qilishdi. Ko‘pchilik vakillar esa to‘liq mustaqillikka erishish va ingliz hokimiyatining Shimoliy Amerikadagi mavjudligini tugatish masalasini qo‘llab quvvatlashdi.

    AQSH Mustaqillik deklaratsiyasi

    Kongress yakunida Virjiniya delegati Tomas Jeffersonga mustaqillik deklaratsiyasi loyihasini tayyorlash topshiriladi. Hurfikrliligi va g‘oyalariga qatʼiy sodiqligi Jeffersonni tarixiy hujjat muallifiga aylantirdi va uning nomini tarixga abadiy muhrladi.

    Mustaqillik deklaratsiyasi loyihasini ishlab chiqishda Jeffersonga Jon Adams, Benjamin Franklin, Rojer Sherman va Robert Livingston kabi yana to‘rtta taniqli shaxslar hamrohlik qilishgan. Beshlik qo‘mita nafaqat mustaqillikni eʼlon qiladigan, balki ushbu muhim qaror ortidagi tamoyillar va falsafani ifodalovchi hujjatni ishlab chiqishgan.

    1776-yilning 4-iyulida Filadelfiyada navbatdagi Kongress o‘tkazildi. Unda Jefferson loyihasi asosidagi Mustaqillik deklaratsiyasi imzolandi. Tarixiy hujjat imzolanishi jarayonida 7 ta shimoliy va 6 ta janubiy shtatlardan 55 nafar vakil ishtirok etdi. Ushbu tarixiy kunda Buyuk Britaniyaning g‘arbiy mustamlakalar ustidan hukmronligi o‘z qonuniyligini yo‘qotdi. Hujjat imzolangan bo‘lsa, Amerika Qo‘shma Shtatlari deya nomlangan mamlakat haqiqiy suverenitetga erishish uchun qonli yo‘lni bosib o‘tishiga to‘g‘ri keldi.

    Mustaqillik urushi

    1775-yilda boshlangan Amerika koloniyalari va Britaniya urushi AQSH mustaqilligi eʼlon qilinishi ortidan yangi bosqichga kirdi. Mustamlakalarini yo‘qotishni istamagan markaz Virjiniyaga qo‘shinlar kiritdi. Yosh Amerikaning yangi hukumati esa aholidan ko‘ngillilar yig‘ib mustaqillik urushini boshladi.

    1783-yilda asosiy janglar bo‘lib o‘tdi. Britaniya kuchlari yengilib, hududdagi ustunligini to‘liq boy berdi. AQSH hukumatining qudratli Britaniya ustidan g‘alabalari Londonga muxolif bo‘lgan Yevropaning ko‘plab mamlakatlari, xususan Fransiyani ilhomlantirib yubordi. Parij g‘arbdagi yangi hukumatni tan olishini va qo‘llab quvvatlashini bildirdi. Yevropada AQSHga xayrixoh kuchlar paydo bo‘lishi esa Britaniyaning to‘liq mag‘lubiyatini taʼminlab berdi. Britaniya AQSH mustaqilligini tan oldi.

    AQSHning birinchi prezidenti Jorj Vashington

    1787-yilda AQSH konstitutsiyasi yozildi. Oradan bir yil o‘tib esa Kongress tomonidan tasdiqlandi. 1789-yilda esa konstitutsiya amaliyotga joriy qilindi. Uning birinchi va muhim talabi o‘laroq, AQSHda 4 yillik vakolatga ega prezident lavozimi joriy qilindi. Ushbu lavozimga birinchi bo‘lib kirishgan Jorj Vashington 1797-yilga qadar AQSHni boshqardi.

    Ijtimoiy oqim yo‘nalishi o‘zgarishi va iqtisodiy taraqqiyot

    AQSH to‘liq mustaqillikka erishib, ittifoqchilar topa boshlagani bilan uni ulkan taraqqiyotdan to‘sib qoluvchi omillar bor edi. Mamlakat iqtisodiy asoslariga ko‘ra amalda ikkiga bo‘linib bo‘lgan edi. Erkin sanoatga asoslagan kapitalistik shimol va qullar mehnatiga asoslangan plantatsiya xo‘jaligi ustuvor bo‘lgan janub o‘rtasida keskinlik bor edi.

    Mamlakatni faol kapitalistik yo‘lga olib kirishni xohlagan hukumat XIX asrning 60-yillari boshida shimoliy shtatlarda qulchilikni bekor qildi. Iqtisodiyot tez rivojlandi. Janubda esa ekspluatatorlar qullarga erkinlik berishni yoqlamadi. Anʼanaviy eskicha xo‘jalik yuritish shakllari davom ettirildi. Natijada mamlakat qutblana boshladi

    AQSHning yangi saylangan prezidenti Avram Linkoln 1861-yilda mamlakat miqyosida qulchilikni bekor qilish qarorini muhokamaga qo‘yishi ortidan fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Shimoliy shtatlar prezidentni qo‘llab-quvvatladi.

    Avram Linkolnning xalqqa murojaati, 1863-yil

    1865-yilda kapitalistik shimol urushda g‘olib chiqdi. Janub armiyasi yakson qilindi. Quldorlardan ozod qilingan qullar hurfikrlik g‘oyalariga qo‘shilib, plantatorlarga faol qarshilik qilishdi. Mamlakat urush qilib bo‘lsa-da, “katta bosh og‘rig‘i”dan xalos bo‘ldi.

    Mustaqillik urushi himoyachisi taqdiri esa ayanchli kechdi. Prezident Avram Linkoln 1865-yilda yengilgan janub plantatorlari yollagan qotil tomonidan olomon ichida otib o‘ldirildi. Linkoln o‘lgan bo‘lsa-da, plantatorlar hokimiyatga qayta olmadi. 1866-yilga kelib qullik butunlay bekor qilindi.

    Fuqarolar urushidan keyin AQSH tez rivojlandi. G‘arbiy mintaqalar katta tezlikda o‘zlashtirildi. Egallangan hududlar va shtatlar soni ko‘paydi. Fransiyadan sotib olingan ulkan Luiziana, Meksika urushida qo‘lga kiritilgan Texas va Kaliforniya, shuningdek, Rossiya imperiyasidan sotib olingan Aylaska hududlari AQSHni hudud jihatdan ulkan mamlakatga aylantirdi.

    Birinchi jahon urushiga kelib xalqaro savdo AQSHni boyitdi. Yevropada urush ketayotgan bir paytda AQSH tovarlari dunyoda faol tarqala boshladi. Urush Yevropani vayron qilish asnosida AQSHni ko‘klarga ko‘tara boshladi. 1916-yilda prezident Vudro Vilson AQSHning dunyodagi yangi mavqeini nazarda tutib, shunday degan edi — “Ilgari biz dunyoning oddiy mamlakati edik. Endilikda esa qo‘limizda jahon ortiqcha oltinining shunchalik katta qismi to‘planganki, uning vositasida yer yuzini boshqarishimizga to‘g‘ri kelmoqda”.

    AQSH prezidentlari

    1789-yildan beri AQSHni 46 ta prezident boshqargan. Ularning birinchisi Jorj Vashington edi, so‘nggisi esa Jo Bayden bo‘ldi. AQSH konstitutsiyasining 51-moddasiga muvofiq prezident vakolati 4 yil etib belgilangan.

    AQSH prezidenti Jon Kennedi

    Mamlakat tarixidagi eng yosh prezident Jon Kennedi edi. U 1963-yilda, 43 yoshida prezident kortejiga suiqasdda otib o‘ldirilgan. AQSH tarixidagi eng keksa rahbar esa Demokratlar partiyasidan saylangan Jo Bayden hisoblanib, u hozirda 78 yoshda.

    AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden

    AQSHda qonunlarga nomuvofiq tarzda muddatidan ko‘p prezident kursisida o‘tirgan yetakchilar ham bo‘lgan. Xususan Franklin Delano Ruzvelt 1932-1945 yillarda mamlakatni boshqargan. Ikkinchi jahon urushi ketayotgani va Ruzveltning kuchli siyosiy irodasi nogiron bo‘lishiga qaramay uni o‘z vafotiga qadar prezidentlik kursisida saqlab kelgan.

    Mamlakatda partiyalar soni ko‘p bo‘lsa-da, siyosiy rahbariyatda hamisha Demokratlar va Respublikachilar partiyalari ustunlik qiladi. AQSHning barcha prezidentlari shu ikki partiyadan saylangan. Bu partiyalar kuchli raqobat muhitini shakllantirib, amerikacha plyuralizm, demokratiya, manfaatlar to‘qnashuvi hamda hurfikrlilik ramzi hisoblanadi.

    Iqtisodiy salohiyat

    AQSH bugungi kunda iqtisodiy jihatdan dunyoning eng yirik mamlakati hisoblanadi. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti 28 trillion dollardan ortiqroqni tashkil qiladi. 2023-yilda YaIMning aholi jon boshiga taqsimoti hajmi 65 ming dollardan oshiqni tashkil etgan.

    AQSH tashqi qarz bo‘yicha ham eng katta ko‘rsatkichlarga ega. 2024-yilning ikkinchi choragida mamlakat qarzi 33 trillion dollardan oshdi. Bu esa mamlakat rahbariyatida defolt bo‘yicha muhokamalarni ko‘paytirdi. 350 million aholili mamlakatda yuqori yashash darajasi va boy iqtisodiyot bo‘lishiga qaramay, hali uzoq yillar hal bo‘lmaydigan tashqi qarz va byudjet yetishmasligi muammosi yuzaga chiqdi. Hukumat bunga qarshi turish uchun ijtimoiy xarajatlarni qisqartirish hamda yirik korporatsiyalardan olinadigan soliqlarni ko‘paytirish masalasida muhokamalar olib bormoqda.

    Geosiyosat 

    AQSH tashqi siyosatda muntazam ravishda “qattiq kuch” tamoyiliga tayanib keladi. Inson huquqlari va mamlakatlar suverenitetini himoya qilish asnosida xorijdagi harbiy ishtirokini va intervensiyasini faol targ‘ib qiladi.

    Yaponiya havo kuchlarining Gonoluludagi AQSH harbiy bazasiga hujumi, 1941-yil

    Butun dunyoda 750 dan ortiq AQSH harbiy bazalari joylashtirilgan. Ular asosan Yevropa, Yaqin Sharq va Xitoy atrofida mavjud. NATO va ASEAN kabi bloklar Yevropa, Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyoda Vashington manfaatlarini himoya qiladi.

    Amerika Qo‘shma Shtatlari 250 yilga yaqin tarixi davomida kapitalistik dunyo yetakchisiga aylandi. Yillar davomida ilm-fan sohasidagi elita va jamiyatlar intelligensiyasi AQSHda to‘plandi. Bu esa mamlakatdagi yuqori ish haqi hamda ziyoli qatlam uchun beriladigan preferensiyalar bilan bog‘liq. Dunyoning texnikaviy sohadagi eng yirik magnatlari va transmilliy korporatsiyalari AQSHda joylashgan. Bu mamlakat birinchi dunyo mamlakati va uning iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar kapitalistik dunyoni o‘zgartira oladigan darajada ahamiyat kasb etadi.

    04.07.2024, 17:40   Izoh (0)   12581
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSH mamlakat tarixida birinchi marta islomofobiyaga qarshi kurash strategiyasini ishlab chiqadi

    02.11.2023, 10:24

    AQSHning Yevropadagi harbiy bazalari yuqori shay holatga keltirildi

    01.07.2024, 09:15

    AQSHda kongressmen-demokrat Baydendan isteʼfoga chiqishni talab qildi

    03.07.2024, 13:02

    Iroq qarshilik kuchlari Isroilga qarshi urushga tayyorligini e’lon qildi

    04.07.2024, 16:48

    Rossiya chegaralari yaqinida xorijiy harbiy qismlar ko‘paygani ortidan NATOga ogohlantirish yubordi

    04.07.2024, 15:40

    Hindiston va Xitoy bahsli chegara hududlari masalasini tez fursatda hal qilishga kelishib oldi

    04.07.2024, 15:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.