• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Britaniya bosh vaziri o‘zgaradi: Konservativ partiya 14 yillik hukmronlikni boy bermoqda

    Kir Starmer Buyuk Britaniyaning navbatdagi bosh vaziri bo‘ladi, 4-iyul kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida uning Leyboristlar partiyasi ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi. Amaldagi bosh vazir Rishi Sunakning Konservativ partiyasi esa 14 yillik hukmronligi davomida ilk bor ozchilik o‘rinni egalladi. 

    Foto: AFP

    Parlamentda ko‘pchilikni qo‘lga kiritish uchun partiya kamida 326 o‘rinni olishi kerak. Bu chiziqni kesib o‘tgan partiya rahbari bosh vazir bo‘ladi va hukumatni tuzadi. Muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi 393 o‘rinni, Konservativ partiya esa 103 o‘rinni qo‘lga kiritgan. 

    “O‘zgarishlar bugundan boshlanadi. Biz xaosga yakun yasaymiz va barham beramiz dedik, yangi sahifa boshlanishini aytdik. Bugun navbatdagi bobni boshlaymiz, o‘zgarishlar, milliy yangilanish missiyasini va mamlakatimizni qayta qurishni boshlaymiz”, — dedi Starmer o‘zining g‘alaba nutqida.

    Rishi Sunak mag‘lubiyatini tan olgan va Starmerga qo‘ng‘iroq qilib, uni g‘alabasi bilan tabriklagan.

    “Bugun hokimiyat tinch va tartibli ravishda, barcha tomonlarning yaxshi niyatlari bilan qo‘ldan qo‘lga o‘tadi. Men ko‘p narsani o‘rganishim va anglashim kerak, ko‘plab yaxshi va mehnatkash konservativ nomzodlarni yo‘qotganim uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olaman... Juda afsusdaman”, — degan bosh vazir.

    G‘alabasining ishonchli bo‘lishiga qaramay, so‘rovnomalar Starmer yoki uning partiyasiga nisbatan katta qiziqish yo‘qligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, u hokimiyatga kelishi fonida mamlakat bir qator qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda.

    • Buyuk Britaniyaning soliq yuklari Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yuqori darajaga yetadi, sof qarz yillik ishlab chiqarish hajmiga deyarli tenglashgan, yashash darajasi pasaygan, davlat xizmatlari, ayniqsa, ish tashlashlar tufayli milliy sog‘liqni saqlash xizmati faoliyati sekinlashgan.
    Foto: Reuters

    Starmer allaqachon Leyboristlarning asosiy rejalarini, masalan, yashil xarajatlar bo‘yicha asosiy majburiyatlarini qisqartirishga majbur bo‘ldi, shu bilan birga, u “mehnatkashlar” uchun soliqlarni oshirmaslikka va’da berdi.

    “Sizga bu oson kechadi, deb va’da bermayman. Mamlakatni o‘zgartirish tugmani bosishga o‘xshamaydi. Bu qiyin ish. Sabrli, qat’iyatli ishlang va biz olg‘a siljiymiz”, — degan u.

    Starmer Konservatorlarning (Rishi Sunak partiyasi) Ruandaga noqonuniy migrantlarni yuborish haqidagi munozarali siyosatidan voz kechishga va’da bergan. Ammo migratsiya muammosi muhim bo‘lgani sababli yangi bosh vazir kichik qayiqlarda Fransiyaga o‘n minglab odamlarning kelishini to‘xtatish uchun yechim topishga majbur bo‘ladi. 

    Konservativ bosh vazirlarga ishonchning so‘nishi

    Saylovdagi g‘alaba Starmer va Leyborist uchun ajoyib burilishni anglatadi. Tanqidchilar va tarafdorlar aytganidek, atigi uch yil oldin ekzistensial inqiroz yuz bergan. Bir qator konservativ janjallar — xususan, COVID-19 karantini davrida Dauning-stritda o‘tkazilgan ziyofatlar o‘sha paytdagi bosh vazir Boris Jonsonga ishonchni pasaytirib, uning so‘rovnomalardagi yetakchiligini yo‘q qildi.

    Foto: Boris Jonson / AFP

    Jonson boshqa ko‘plab ingliz siyosatchilari kabi Iton (mamlakatning 19 bosh vaziri shu maktabdan o‘qigan) va Oksfordda tahsil olgan. U yerda bo‘lajak bosh vazir Devid Kemeron (amaldagi Britaniya tashqi ishlar vaziri) bilan do‘stlashgan. Jonson 2008-yilda London merligiga saylovda g‘alaba qozonganidan so‘ng mamlakat tashqarisida ham mashhurlikka erishgan.

    U jinoyatchilikka qarshi kurash, arzon uy-joylar qurish, transport infratuzilmasidagi o‘zgarishlarni o‘zining lavozimdagi yutug‘i deb bilgan. Xususan, u velosiped ijarasini tashkil qilgan va shahar hokimiyatiga tez-tez velosipedda kelgan. Jonson bosh vazir bo‘lganidan keyin xavfsizlik nuqtayi nazaridan velosiped haydashni to‘xtatgan.

    Boris kulgili vaziyatlarga tushishi bilan ham mashhur. 2012-yilgi Olimpiadaning ochilish marosimida u osma trosda bir necha metr masofani bosib o‘tmoqchi bo‘lganida, trosda osilib qolgan.

    2016-yildan 2018-yilgacha Jonson Tereza Mey kabinetida tashqi ishlar vaziri bo‘lgan. Keyinchalik bu lavozimidan iste’foga chiqqan Jonson parlamentga qaytgan va 2019-yil 22-iyulda Konservativlar partiyasi yetakchisi saylovida g‘alaba qozonib, bosh vazir bo‘lgan.

    Boris Jonson 2022-yil iyul oyida, qator janjallardan so‘ng iste’foga chiqqan edi. Sentyabr boshida Konservatorlar partiyasi yangi saylovlar o‘tkazdi, unda o‘sha paytda Britaniya Tashqi ishlar vazirligini boshqargan Liz Trass g‘alaba qozondi. Bosh vazir sifatida Trass nomaqbul iqtisodiy islohotlarni taklif qildi va 45 kundan keyin iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Endilikda esa Rishi Sunakning mag‘lubiyati Konservativ partiyaga bo‘lgan ishonchga putur yetganini ko‘rsatadi.
    Foto: Liz Trass /Getty Images

    Britaniya tarixida eng qisqa muddatga hukmronlik qilgan bosh vazir

    Liz Trass Britaniya bosh vaziri lavozimiga 2022-yilning 5-sentyabrida saylandi. Ammo saylov umumxalq o‘rtasida emas, Konservativ partiyaning 160 ming nafarga yaqin a’zosi orasida kechdi. Sababi o‘shanda partiyaning amaldagi yetakchisi, sobiq bosh vazir Boris Jonson bir qator mojaroli holatlar sabab iste’fo berishga majbur bo‘lgan.

    Hukumat vakili sifatida 10 yildan ortiq faoliyat yuritib kelayotgan siyosatchi hech qaysi lavozimida uzoq vaqt ishlamagan. Avval ta’lim sohasida, so‘ng oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi ishlari bo‘yicha davlat kotibi lavozimida faoliyat yuritgan. Sobiq bosh vazir Tereza Mey davrida adliya vaziriga aylangan va bu orqali mamlakat tarixidagi bu lavozimni egallagan birinchi ayol siyosatchi bo‘lgan.

    • 2019-yilgi umumiy saylovlarda konservatorlar g‘alaba qozonganidan so‘ng, bosh vazir Boris Jonson Trassni xalqaro savdo kotibi etib tayinlagan. 2021-yilda esa u Britaniya tashqi ishlar vaziri bo‘lgan. Bosh vazirlikkacha shu lavozimlarni egallagandi.

    Trass moliya vaziri Kvazi Kvarteng bilan birgalikda soliqlarni keskin kamaytirish va boshqa choralarni o‘z ichiga olgan, radikal islohotlarga boy iqtisodiy rivojlanish rejasini taqdim etgach, fond birjasida vahima boshlandi.

    Obligatsiya va aksiyalar tushib ketdi. Jamoatchilik noroziliklari avj oldi. Milliy valyuta — funt sterling AQSH dollariga nisbatan rekord darajada pasaydi. Shu sababli Trass moliya vazirini ishdan bo‘shatdi va o‘zining ko‘plab rejalaridan voz kechdi. Keyinchalik o‘zi ham iste’foga chiqdi.

    Rishi Sunak

    Foto: Reuters

    Rishi Sunak ilk bor 2015-yilda Buyuk Britaniyaning Jamoatlar palatasiga saylangan. Uch yildan so‘ng u Tereza Mey hukumatida vazir yordamchisi lavozimini egallagan. 2019-yil iyul oyida u Boris Jonson hukumatida Britaniya G‘aznachiligining bosh kotibi etib tayinlangan. 2020-yil fevral oyida esa Sunak Britaniya moliya vaziri bo‘lgan. Ikki yildan keyin u Britaniyaning yangi, 57-bosh vaziri etib tayinlangan edi.

    Sunak o‘z partiyasidagi ko‘pchilikni may oyining boshida muddatdan oldin saylov e’lon qilib, hayratda qoldirdi. O‘shanda Konservatorlar so‘rovnomalarda leyboristlardan 20 ballga ortda edi.

    “Biz yutqazishga loyiq edik. Konservativ partiya charchagan va g‘oyalari tugagan ko‘rinadi. Afsuski, hammasi Rishi Sunakning aybi emas. Boris Jonson va Liz Trass partiyani falokatga olib keldi. Rishi Sunak esa mag‘lub bo‘lgan odam”, — deydi Grassroots Conservatives tashkiloti raisi Ed Kostello.
    05.07.2024, 12:09   Izoh (0)   11543
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Britaniyada Rishi Sunak partiyasi saylovlarda mag‘lub bo‘lmoqda. Bosh vazir o‘zgarishi mumkin

    05.07.2024, 09:17

    Isroil garovga olinganlar masalasida HAMAS bilan muzokara o‘tkazish uchun delegatsiya yuboradi

    05.07.2024, 11:33

    Mavritaniya qirg‘oqlarida 89 nafar muhojir dengizda cho‘kib halok bo‘ldi

    05.07.2024, 10:55

    AQSH Yaponiyadagi aviabazaga zamonaviy qiruvchilarini joylashtirmoqda

    05.07.2024, 10:35

    Putin “Tolibon”ni terrorizmga qarshi kurashda ittifoqchi deb atadi

    05.07.2024, 09:45

    SHHT 24-sammiti: mamlakat yetakchilari o‘z nutqlarida nimalarga e’tibor qaratdilar?

    04.07.2024, 23:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt Google qidiruvni yo‘q qilmoqda: saytlar trafik, reklama va daromadini yo‘qotmoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 10:20

    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi

    Reklama | 21 iyun, 09:00

    Maosh 1000 dollar: o‘zbekistonliklar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

    O‘zbekiston | 21 iyun, 10:10

    Donald Trampning nabirasi qahvaxonada ishlamoqda

    Layfstayl | 21 iyun, 09:55

    Isroil mingta ko‘chma boshpana qurish rejasini ma’qulladi

    Dunyo | 21 iyun, 09:50

    Toshkentda fuqaro harakatlanayotgan mashina oynasidan mushukni uloqtirdi (video)

    O‘zbekiston | 21 iyun, 09:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” kutilmaganda Braziliya klubiga mag‘lub bo‘ldi, “Bavariya” qiyinchilik bilan “Boka Xuniors”ni mag‘lub etdi

    Sport | 21 iyun, 09:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.