• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Amitabh Bachchan 81 yoshda: Bir vaqtning o‘zida ikki qo‘li bilan yoza oladigan va bedavo kasallikdan aziyat chekadigan aktyor haqida (foto)

    11-oktabr kuni hind kinosining tirik afsonasi — Amitabh Bachchan 81 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan uning hayot va ijod yo‘liga nazar tashlaymiz.

    Hindiston mustaqillikka erishganidan 25 yil o‘tib, mamlakat yoshlarining hafsalasi pir bo‘ldi. Korrupsiya, ishsizlik, og‘ir hayot — bularning bari kurashishni talab qilar edi.

    Foto: Yandex
     

     

    1973-yilda “Zanjir” filmi namoyish etildi, unda qonunni o‘z qo‘liga olgan va yovuzlikka qarshi kurashgan qahramonni odamlar xuddi o‘zlarining qutqaruvchisi sifatida ko‘rdi. Kartinada bosh rol — politsiya xodimi Vijay Xannani o‘ynagan aktyor kelishgan, uzun bo‘yli Amitabh Bachchan edi.

    Mashhur hind shoiri Xarivanshraya Bachchanning o‘g‘li Amitabh 1942-yil 11-oktabrda Hindistonning Ollohobod shahrida tug‘ilgan. U dastlabki ta’limni Shervud maktabida oldi, so‘ngra Kalkuttadagi yuk tashish firmasida brokerlik ishini tashlab, 1968-yilda Bombeyga ko‘chib o‘tdi. Bu yerda uni o‘z o‘rnini topish uchun kurash kutib turar edi.

    Foto: Yandex
     

    Qizig‘i shundaki, u o‘zining ajoyib ovozi bilan Butun Hindiston radiosi tomonidan rad etilgan va hatto birinchi filmlaridan biri “Reshma va Shera”da boshqaning ovozi bilan o‘ynagan. Ko‘plab muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng Amitabh hatto aktyorlik karyerasidan voz kechishni ham o‘ylab ko‘rgan vaqtda uning hayotida “Zanjir” jangari filmi paydo bo‘ldi.

    Undan oldin Rishikesh Mukerji rejissorlik qilgan “Ananda” (1970) va “Noshukur” (1973) yoki “Savdogar” (1973) filmlarida ishtirok etdi. Ammo “Zanjir” hamma narsani o‘zgartirib yubordi.

    Baland bo‘yli, qotmadan kelgan Amitabh yangi jang qahramonining timsoliga aylandi. Rajesh Xanna va Dharmendra kabi hamkasblari romantik rollarni ijro etgan bo‘lsa, Amitabh hind kinolarining “jiddiy va zabardast yigiti”ga aylandi. Bularning barchasi 1970-yillarning o‘rtalarida, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat beqaror bo‘lgan paytda yuz berdi.

    Hozirda Bollivud klassikasi hisoblangan “Devor” (1975) filmida u Shashi Kapur o‘ynagan halol politsiyachidan farqli o‘laroq, mafiya boshlig‘i rolini ijro etdi. Bu jangari filmda odamlarga qonunga bo‘ysunuvchi akasidan ko‘ra ko‘proq hamdard bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan Amitabh navbatdagi ajoyib chiqishini qildi.


    Foto: Yandex

    Filmlardagi Bachchan obrazi ko‘pincha ikki turdagi ayollar bilan hamkorlik qilgan: birinchisi, sodda va an’anaviy ona, ko‘pincha Nirupa Roy o‘ynagan. Ikkinchisi, Ziynat Aman, Parvin Babi yoki Rekha timsolidagi erkinlikni sevuvchi qiz. Amitabh filmografiyasiga Yash Chopra filmlaridan, masalan, “Sevgi — bu  hayot” yoki Manmoxan Desaining “Amar, Akbar, Antoni”, “Tarbiya”, “Taqdir” kabi oddiy komediyalaridagi romantik rollar ham kiritilgan. Va hamma kartinada u o‘z rollarini eng yuqori ampulada o‘ynab kelgan.

    1982-yilda Bachchan Manmoxan Desaining “Hammol” filmida suratga tushayotganda hayotiga xavf tug‘diradigan darajada jarohat oldi. Aktyor klinik o‘limdan omon qolgan bo‘lsa-da, oyoqqa turguncha bir qator operatsiyalarni boshidan kechirdi. Butun mamlakat umidsizlikka tushdi, uning hayoti uchun ko‘p duo va ziyoratlar amalga oshirildi.

    Foto: Yandex

    Aktyorning tirik qolishi uchun 200 dan ortiq donorlar qon topshirdi. Film chiqqach, u jiddiy jarohat olgan sahna bir necha soniya davomida to‘xtatilib, ushbu sahna aktyorning hayotiga xavf tug‘dirgani aytildi. Bundan tashqari, Desai ham asl ssenariy bo‘yicha uni avj nuqtasida o‘ldirmaslikka qaror qilgan edi. Aytish kerakki, kartina kassada katta yutuqqa erishdi.

    1984-yilda, karyerasining ayni avjida Amitabh Bachchan siyosatda ham o‘zini sinab ko‘rishga qaror qildi. Indira Gandi, Rojiv Gandi va Neru oilasi a’zolari bilan bo‘lgan yaqin aloqalarini aytmasa ham, mashhurligi tufayli tug‘ilgan shahri — Ollohobod aholisining ko‘pchiligi uni parlamentga sayladi.


    Foto: Yandex

    Ammo Bachchanning siyosatga aralashuvi uzoq davom etmadi — u ba’zi janjallarga, jumladan, mamlakatni larzaga solgan Bofors qurollari ishiga aloqador edi.  Natijada, u hech qachon siyosatga aralashmaslikka va’da berib, parlamentdagi kursisidan voz kechdi.

    Kino jabhasida u Bollivuddagi ijodini 1980-yillarda davom ettirdi.  Keyin u  “Olovli yo‘l” filmidagi o‘g‘ri roli uchun Milliy mukofot oldi (1990). Biroq 90-yillarning boshlarida “Yaxshi do‘stlar” (1991) va “Xudo guvoh” (1992) filmlari namoyishidan so‘ng tanaffusga chiqdi.  Muvaffaqiyatli tijorat qahramoni sifatida uning karyerasi biroz muddatga to‘xtab qoldi.

    Oradan besh yil o‘tgach, Bachchan “O‘lim farishtasi” (1997) bilan yana kinoga qaytishga urindi va u endi filmlarning muvaffaqiyatiga o‘z ta’sirini yo‘qotgandi. Bundan tashqari, uning ABCL kompaniyasi Bangalorda bo‘lib o‘tgan “Dunyo go‘zali” tadbirini noto‘g‘ri boshqarganligi sababli qarzga botib qoldi va Amitabh hisobidan chiqarildi.

    Foto: Yandex

    Ammo keyin uning hayotida ajoyib burilish yuz berdi. Ommabop “Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?” tok-shousi boshlovchisi rolini nafaqat qoyilmaqom tarzda ijro etdi, balki yosh avlod bilan ham ishlashni yoqtirib qoldi.

    Amitabh Charli Chaplin va Lourens Olivye kabi buyuklar qatorida ming yillik yulduz sifatida tan olingan. Shuningdek, Bachchanning Londondagi Madam Tyusso muzeyida abadiylashtirilgan birinchi mum haykali paydo bo‘ldi. 2001-yil 26-yanvarda hind kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli “Padma Bxushan” mukofoti bilan taqdirlandi.

    Foto: Yandex

    Shundan so‘ng Amitabh hind kinosining eng band aktyorlaridan biriga aylandi, hattoki unga maxsus rollar yozildi. Bollivudda u faqat qahramon-ota rolini o‘ynar va bu uning uchun katta yutuq edi.

    Bachchan “Sevgi va xiyonat” (2003), “Burch hammasidan ustun ” (2004), “Murabbiy” (2004), “Banti va Babli” (2005), “Shunchaki sevgiga ishonma” (2007), “Sevgi retsepti: shakarsiz!” va “Bekorchilik qurboni” (2007) kabi har qanday ssenariyni osonlikcha o‘zlashtira olishini va o‘ynagan har bir rolini hayotga tatbiq qilishni ko‘rsatdi.

    Foto: Yandex

    Bugungi kunda 81 yoshida ham Amitabh Bachchan har doimgidek band, o‘z ishida doimgidek kuch va ishtiyoqni namoyon etadi va o‘zining takrorlanmas rollari bilan hayratda qoldirishda davom etmoqda.

    Oilasi

    Amitabh Bachchanning katta qizi Shveta o‘zini onasi singari oila va bolalarga bag‘ishladi va kinodagi karyera unga tegishli emasligini anglab yetdi. U mashhur aktyor Raj Kapurning nabirasi Nikxil Nanda bilan turmush qurgan, juftlikning ikki nafar farzandi bor edi. Lekin Shvetaning nikohi uzoq davom etmadi va 2020-yilda ajrashish uchun sudga ariza topshirdi.

    Foto: Yandex

    Shvetaning qizi Navye Naveli juda chiroyli bo‘lgani uchun ham kino olamida ajoyib karyeraga ega bo‘lishi kutilgan edi, lekin qiz AQShda reklama biznesi bilan shug‘ullanadi.

    “Men qizimni aktrisa bo‘lishga ko‘ndirdim. Bu borada men unga katta bosim o‘tkazdim va jiddiy yondashdim. Shunchaki, bolaligimdan Bollivud juda ko‘p muammolarga duch keladigan qiyin joy ekanligini bilaman va bu yerda karyerani shakllantirish oson ish emas”, — deydi Shveta Bachchan.


    Foto: Yandex

    Shuningdek, Amitabhning nabirasi, ya’ni Shvetaning o‘g‘li Agastya 2019-yilda Buyuk Britaniyada o‘rta maktabni tugatgan va u ham aktyor bo‘lish niyatida.

    Amitabh Bachchanning o‘g‘li Abxishek — taniqli aktyor, Filmfare’ning “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” mukofotining uch karra g‘olibi. U otasining tashqi ko‘rinishi va iste’dodini meros qilib oldi, ekranda turli rollarda paydo bo‘ldi. Ayniqsa, salbiy odamlarning rollarida ijobiydan ko‘ra yaxshiroq muvaffaqiyat qozondi. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor uzoq vaqt davomida Karishma Kapur bilan yaqin munosabatda bo‘lgan va ular turmush qurishga qaror qilgan. Lekin to‘satdan mashhur aktrisa hamda go‘zallikda boshqa yulduzlardan kam bo‘lmagan Ayshvariya Ray bilan uchrashdi.

    “Qachonligini bilmayman, lekin men uni yagona ekanligini anglab yetdim. Ochig‘ini aytganda, u boshqacha edi va men doim unga nisbatan nimanidir his qilardim. Agar unga ham shu savol berilsa, xuddi shunday javob qaytaradi”, — deydi Abxishek.

    Foto: Prime Time

    Yulduzli juftlik to‘y kunini belgiladi: Lekin orada kelishmovchiliklar paydo bo‘ldi. “Haqiqiy tuyg‘ular” filmining ikkinchi qismini suratga olish paytida Ritik Roshan va Ayshvariya ishtirok etgan sahnalarning biri uchun g‘azablangan hind tomoshabinlari ularni sudga berdi. Ayshvariyaning bo‘lajak qaynonasi ham o‘g‘lidan to‘yni to‘xtatishni talab qiladi. Ammo Abxishek bunga rozi bo‘lmadi va to‘y bo‘lib o‘tdi. Ayshvariya va Abxishekning hozirda qizi bor, uning ismi Aaradya va u xuddi otasining o‘zginasi. Bachchanlar oilasining eng kichigi va suyuklisi.

    Amitabh va uning rafiqasi Jaya qariyb 50 yildan buyon birga yashab kelmoqda. Ularning katta, do‘stona va baxtli oilasi bor. Bachchanlarning aytishicha, har bir muvaffaqiyatli erkak ortida uni qo‘llab-quvvatlaydigan ayol turadi. Amitabh Bachchanning rafiqasi Jaya Bxaduri turmush o‘rtog‘i va bolalarini baxtli qilish uchun hamma narsani qildi. Bachchanning ijodiy tarjimayi holi deyarli 300 ta filmni tashkil qiladi. Aktyorlarning ko‘pchiligi yillar davomida yoshlikdagi mashhurligini saqlab qolishida rafiqasining xizmati katta, albatta.

    Amitabh rafiqasini hurmat qiladi va qadrlaydi − bir marta aktyor komaga tushib qolganida turmush o‘rtog‘i uning oldidan bir qadam ham uzoqqa ketmagan. Amitabh o‘ziga kelgach, yonida Jayani ko‘rib, shunday degan: “Agar men hayotga qayta kelar bo‘lsam, baribir faqat senga uylanardim”.

    Jaya va Amitabh ko‘p narsalarni boshdan kechdi, ota-ona, bobo-buvi bo‘ldi va ajoyib oilasini saqlab qoldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Aktyor haqida qiziqarli faktlar:

    • Amitabh bir vaqtning o‘zida ikki qo‘li bilan ham yoza oladi.
    • O‘z o‘g‘lining o‘g‘li rolini ijro etgan yagona aktyor.
    • Aktyor soatlar kolleksiyasini yig‘adi.
    • U qachonlardir kuniga 200 dona tamaki chekkan, lekin keyinchalik zararli odatlaridan voz kechgan.
    • Uning Lexus avtomashinasida o‘q o‘tkazmaydigan shisha va radial shinalar bor.
    • U 10 ta filmda ikkitadan rolni ijro etgan.
    • Teri kasalligi — vitiligodan aziyat chekadi.
    • U mum haykali yasalgan birinchi hind aktyori bo‘lgan.
    • Sevimli shaharlari — London va Shveysariya.
    • Yoshligida yaxshi sportchi bo‘lgan.
    11.10.2023, 13:06   Izoh (0)   132507
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Amitabh Bachchan, Shohrux Xon va hind kinosining boshqa aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    08.08.2023, 15:40

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    26.09.2023, 09:40

    “Narniya saltanati” taqdimotiga 23 yil to‘ldi: Filmdagi yosh aktyorlar bugun qanday ko‘rinishda? (foto) 

    09.10.2023, 19:40

    “Men hamma narsamni yo‘qotdim”. Amerikalik aktrisa Sheron Stoun salomatligi va karyerasiga insult qanday ta’sir o‘tkazgani haqida

    09.10.2023, 13:14

    Leonardo Di Kaprioning “Titanik” filmida kiygan kiyimi auksionga qo‘yildi 

    04.10.2023, 14:42

    Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Gollivud yulduzi Kevin Speysi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    02.10.2023, 10:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10

    Endryu Robertson “Atletiko”ga o‘tishi kutilmoqda

    Sport | 14 iyun, 20:57

    Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 20:50

    Isroilning Eronga hujumidan so‘ng qaysi aviakompaniyalar parvozlarini to‘xtatdi yoki bekor qildi?

    Dunyo | 14 iyun, 20:45

    Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent aviareyslari iyun oxirigacha bekor qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 20:19

    Hindistonlik milliarder polo o‘yini paytida asalari chaqishidan vafot etdi

    Dunyo | 14 iyun, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.