• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes Karyera

    Astronavt bo‘lishni orzu qilgan, afg‘on qizga uylangan, bir kechada mashhur bo‘lgan Ritik Roshanning muvaffaqiyati ortidan kelgan qayg‘uli taqdiri haqida

    Bir tomondan qaraganda, Ritik Roshanda hamma narsa yetarli. U kelishgan qomat va ajoyib raqs qobiliyati bilan tug‘ilgan. Uning otasi Ritikni bir kechada yulduzga aylantirgan debyut filmga prodyuserlik qilgan. U yoshlikdagi muhabbatiga uylangan va ikki nafar ajoyib o‘g‘ilning otasi bo‘ldi. Hammasi oddiy, ajoyib va mukammal.

    Ammo boshqa tomondan qaralsa, bu narsalar uning boshiga tushgan kulfatlarni muvozanatga keltiradi. Deformatsiyaga uchragan qo‘lni yashirish uchun ajoyib chiroyli yuz, haliyam qiynayotgan nutqidagi nuqsonini berkitish uchun kelishgan qomat, muvaffaqiyatsiz nikohining o‘rniga ikki ajoyib o‘g‘il. Aktyor bir kechada muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa-da, ketma-ket kelayotgan fojialar bilan kurashishga o‘zida kuch topishga majbur.

    Ritik kinochilar oilasidan chiqqan. Ammo u yengil-yelpi va dabdabali hayot kechirgan oiladan emas, balki hamma narsaga o‘z kuchi bilan erishgan oiladan edi. Uning bobosi Roshan kinodagi dastlabki hind musiqachilaridan biri bo‘lgan. U Panjobdan kelib “All India” radiosida oddiy musiqachi sifatida ishlashdan to Bollivudda karyera qurishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. U musiqa chalgan, qo‘shiq va partituralar yaratgan, ammo o‘sha davr mezonlariga ko‘ra juda kam pul topgan. 50 yoshida vafot etganda ikki o‘g‘lining kattasi endigina 18 yoshga to‘lgandi.

    Rakesh Roshan oilaning katta farzandi edi. Oilasiga pul kerak bo‘lgani uchun o‘qishni tashlab, otasining kino sanoatidagi tanishlaridan ish so‘raydi. U rejissyor yordamchisi sifatida ish boshlab, 3 yildan so‘ng epizodik rol o‘ynaydi.

    Rakeshga doim ikkinchi darajali rollar berilardi. Bugun bunday rollar shuhrat keltirishi mumkindir, ammo o‘sha paytda ikkinchi darajali rollardan oladigan gonorari katta oilasini zo‘rg‘a ta’minlardi. 1974-yilda Rakeshning 19 yoshli ukasi Rajesh kinolar uchun qo‘shiq yozib, oilaga o‘z hissasini qo‘sha boshlaydi. Rajesh otasining musiqiy iste’dodini meros qilib olgan, akasi ham uni qo‘ldan kelgancha qo‘llab-quvvatlardi.

    Rajesh 70-80-yillarda Bollivudning mashhur bastakorlaridan biriga aylanadi. Bugungi kunda bu albomlar va konsert dasturlari uchun shartnomalarni anglatsa, u paytda kam haq evaziga diqqinafas studiyalarda uzoq vaqt ishlash degani edi.

    Rakesh o‘z davrasiga mansub Pinka ismli qiz bilan tanishadi. Uning otasi prodyuser va rejissyor J. Om Prakash edi. Rakesh J. Om Prakash qo‘lida ishlardi, uning oilasi Roshanning yetim qolgan oilasiga qaraganda ancha yaxshi hayot kechirardi, ammo oila kibrli va maqtanchoq emasdi.

    1972-yilda J. Om Prakash filmida rol o‘ynagan Rakesh ko‘p o‘tmay uning qizi Pinkaga uylanadi. Ularning to‘ng‘ich farzandi Sunayna o‘sha yili tug‘iladi. Ritik esa 1974-yilda — Rakesh 25 yoshda bo‘lganida tug‘ilgan. Ritik “yulduz bola” qilib tarbiyalanmagan, hamma narsaga qurbi yetmagan. Ammo otasi, bobosi va amakisi oilasi hech narsaga muhtoj bo‘lmasligi uchun ko‘p mehnat qilishgan.

    Ritik yaxshi maktabda o‘qiydi, oilaviy biznesda ishlay boshlaydi. Bolaligida u astronavt bo‘lishni orzu qilgan. Uni koinot, oy, yulduz va sayyoralar qiziqtirardi. U ko‘pincha onasi bilan planetariy yoki hayvonot bog‘ida vaqt o‘tkazardi, chunki hayvonlarni yaxshi ko‘rardi. 

    U birinchi marta 5 yoshida kinoda rol o‘ynaydi. U “Xonanda Asha” filmining suratga olish maydonchasiga bobosini ko‘rgani kelganda raqsga tusha boshlagan va bobosi Ritikka sezdirmasdan suratga oldirgan. Keyinchalik Om Prakash ushbu 8 soniyalik raqsni yakuniy filmga kiritadi. Bu kichkina Ritikning kinodagi debyuti edi.

    1980-yilda u “Sendan qolgan xotira” filmida qahramonning bolaligini o‘ynaydi, ammo film titrida uning nomi ko‘rsatilmaydi. 13 yoshida Ritik allaqachon rejissyor yordamchisi bo‘lib ishlar, ta’tillarini suratga olish maydonchasida o‘tkazardi.

    16 yoshida u aktyor bo‘lishni xohlayotganini aniq bilgan. Lekin ota-onasi bunga unchalik ishonmasdi, chunki Ritikka skolioz tashxisi qo‘yilgan, shuning uchun har bir harakati unga noqulaylik tug‘dirgan. Bundan tashqari, aktyorlik kasbi xavfli va kelajagi noma’lum hisoblangan.

    Ritikning onasi uning oliy ma’lumotli bo‘lishini istardi. U onasining ko‘ngli uchun yaxshi kollejga o‘qishga kiradi, lekin keyinchalik yulduz bo‘lish haqida jiddiy o‘ylay boshlaydi. U otasining tashqi qiyofasiga va Roshanlar oilasining qo‘shiq yozishdagi emas, balki raqs tushishdagi musiqiy qobiliyatiga ega edi. Va u tom ma’noda suratga olish maydonchasida katta bo‘lgandi. Unda yulduz bo‘lish uchun hamma narsa bor edi.

    O‘smirlik chog‘ida Ritik ozg‘in va beso‘naqay, haddan tashqari novcha edi. U bolaligidan duduqlanardi. U iste’dodli edi, ammo kinoga tayyor emasdi. Shuning uchun 2 yil sport bilan shug‘ullanadi va beso‘naqay gavdasini alp qomatga aylantiradi, burro-burro gapirishni o‘rganadi. Umuman olganda, o‘zini yulduzga aylantiradi.

    Shu bilan birga, uning otasi u yoqdan-bu yoqqa yugurib, o‘g‘li bosh rolni o‘ynaydigan film uchun mablag‘ izlab, tayyorgarlik ko‘rardi. Rakeshning o‘zi rejissyorlik kursisiga o‘tiradi, akasi esa musiqa chaladi.

    Bu vaqt ichida Ritikni sevgilisi Syuzanna Xon ham qo‘llab-quvvatlaydi. Syuzanna undan badavlatroq oilaning farzandi edi. Uning amakisi Feroz Xon — 80-yillar yulduzi va barcha davrlarning bir nechta xitlari prodyuseri bo‘lgan. Otasi Sanjay Xon ham aktyor va prodyuser, ammo unchalik mashhur emasdi.

    U o‘zining ishqiy romani va 1980-yillarda aktrisa Zinat Amanni kaltaklagani bilan tanilgandi. 2000-yillarning boshlarida Syuzanning amakivachchasi Fardin (juda istiqbolli yosh aktyor) giyohvand moddalar uchun hibsga olinganda yana bir janjal chiqadi.

    Syuzannaning ildizlari biroz g‘ayrioddiy. Otasining bobosi afg‘on, buvisi esa eronlik edi. Ular musulmon bo‘lib, etnik jihatdan Hindistonga mansub emas edilar. Ritik Syuzannani birinchi marta svetoforda to‘xtaganida ko‘rib, sevib qolganini aytadi.

    U mototsiklda, qiz esa mashinada edi. Uni bir ko‘rishda sevib qoladi. Keyinroq qizni ziyofatda ko‘rib, do‘st bo‘lishni taklif qiladi. Ritik panjoblik hind, Syuzanna esa afg‘on va eronlik musulmon edi. Ammo bu ahamiyatga ega emasdi, chunki ikkalasi ham kinochilar oilasining farzandlari edi.

    Ritik va Syuzanna uch yil davomida uning kinodagi debyutiga tayyorgarlik ko‘rishadi va nihoyat filmi chiqqandan so‘ng turmush qurishadi. “Sevishingni ayt!” filmi hitga aylanadi — barcha rekordlarni yangilaydi.

    Bollivud hech qachon birinchi filmdayoq bunday yutuqqa erishgan aktyorni ko‘rmagan edi. Ritik bir kun emas, bir kun sevgilisiga uylanishni orzu qilgan kinochilar oilasidan chiqqan yigit bo‘lib uxlab, butun bir millatni o‘ziga rom qilgan mashhur aktyor bo‘lib uyg‘onadi.

    Ritik 2000-yil dekabrda “Sevishingni ayt!” filmi premyerasidan 11 oy o‘tgach, Syuzanna Xonga uylanadi. Ular sevgi tarixlarini ommaga oshkor qilishga qaror qilishadi. Ikkalasi ham mashhur bo‘lmagan oilalarda o‘sgan, ammo Ritik o‘z shon-shuhratini sevimli ayoli bilan baham ko‘rishni xohlardi. Syuzanna Bollivudning birinchi mashhur yulduz ayollaridan biri bo‘lib, u deyarli hamma joyda eri bilan qo‘ltiqlashib yurardi.

    Ritik 3 yil ichida u yengil melodramalardan tortib jiddiy dramalargacha 10 ta filmda rol o‘ynaydi. Ularning hech biri debyuti darajasida xit bo‘lmaydi. Lekin Ritik katta mag‘lubiyatga uchramaydi. U bir joyda depsinib turganga o‘xshardi.

    Keyinchalik “Biz yolg‘iz emasmiz” filmida Ritik yana otasi bilan ishlaydi. Filmning konsepsiyasi g‘alati edi: o‘zga sayyoraliklar, g‘ayritabiiy qobiliyatlar va muhabbatga muhtoj bo‘lgan nozik bola. Bu film ham juda katta hitga aylanadi. 29 yoshida Ritik yana cho‘qqiga chiqadi.

    Keyingi 2004-yilda u faqat bitta filmda, jiddiy rol bilan jiddiy dramada va karyerasidagi eng murakkab va qiziqarli raqs sahnalaridan biri bo‘lgan “Hayot maqsadi”da rol o‘ynaydi. Film omadsizlikka uchraydi, ammo u hind superqahramonlari haqidagi filmida otasi bilan ishlashda yana tavakkal qiladi.

    Bu 2006-yilda Marvel filmlari Hindistonni qamrab olib, superqahramonlar tomoshabinlarga yoqishi mumkinligini isbotlashidan oldin edi. “Krish” hech qachon “Buyuk film” deb hisoblanmagan. Suratga olish sifati ham “Biz yolg‘iz emasmiz”ga qaraganda yomonroq edi, ammo “Krish” Ritikni yanada mashhur qilib, bolalarning sevimli qahramoniga aylantiradi.

    2006-yilda uning birinchi farzandi Rexan tug‘iladi. Bola tug‘ilishi har doim odamda shaxsiy qayta baholashni keltirib chiqaradi. Ehtimol, shuning uchun Ritik unga muvaffaqiyat keltirgan blokbasterlardan yuz o‘girib, boshqa obrazlarni izlashga qaror qiladi.

    Uning navbatdagi filmi 2 yil davomida o‘zini butunlay bag‘ishlagan murakkab tarixiy drama “Jodxa va Akbar” filmi bo‘ldi. U o‘z faoliyati davomida tanqidchilarning eng hayajonli baholarini oldi. O‘sha yili uning ikkinchi o‘g‘li Ridan tug‘iladi. Ritik shaxsiy hayotida ham, karyerasida ham muvaffaqiyatga erishgandi.

    Biroq oradan bor-yo‘g‘i ikki yil o‘tgach, hammasi barbod bo‘la boshlaydi. “Varraklar” loyihasi Ritikni xalqaro yulduzga aylantirish umidida suratga olingandi. U bilan birga rol o‘ynagan meksikalik aktrisa Barbara Mori Ritikning Janubiy Amerikaga borishiga yordam berish umidida rolga tasdiqlanadi.

    Lekin bunday bo‘lmaydi. “Varraklar” prokatda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, uning shaxsiy hayoti esa to‘satdan janjal va fojialarga to‘lib ketadi. Karyerasining boshidayoq OAVda Ritik bilan Karina Kapur o‘rtasida ishqiy munosabat borligi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Lekin o‘shanda bu faqat mish-mish edi xolos.

    “Varraklar” chiqqanidan so‘ng, jurnalistlar Ritik partnyori Barbara Mori bilan yashayapti deb jiddiy ravishda yozishni boshlaydi. Aytishlaricha, ularning atrofidagi odamlar yangiliklarni matbuotga quvonch bilan tarqatishgan.

    Bu esa Ritik va Syuzanna munosabatlariga ta’sir qiladi. 2010-yildan keyin matbuot vaqti-vaqti bilan Syuzanna bolalari bilan goh ota-onasinikiga ketib qoladi, goh qaytib keladi, deb yoza boshlaydi. Ayni paytda Syuzanna yana ishlay boshlaydi.

    U diplomli interyer dizayneri bo‘lib, onasi bilan ko‘p yillar ishlagan, ammo 2011-yilda Gauri Xon bilan birgalikda biznes boshlagan. Syuzannani Ritiksiz tomoshabinlar orasida tez-tez ko‘rishardi va muxlislarga er-xotin alohida yashayotgandek tuyulardi.

    2013-yilda Ritikning “Krish 3” filmidagi hamkasbi Kangana Raunaut bilan jiddiy munosabatlari borligi haqida g‘alati mish-mishlar tarqaladi. Kangana o‘zini juda progressiv, feminist sifatida ko‘rsatadi.

    Umuman olganda, Ritik va Kangananing romani haqidagi mish-mishlar tez orada Ritik va Syuzanning ajralishi haqidagi kutilmagan hayratlanarli bayonot bilan yakunlanadi. Aktyor xotinini hali ham sevishini, lekin ularning nikohi tugaganligini aytadi. 2014-yilda ular rasman ajrashishadi, ammo bir-biri bilan yaxshi munosabatda qolishadi.

    Ritik bilan Syuzanna nima sababdan ajrashganini hech kim bilmaydi, lekin bu jarayon uzoq davom etgan ko‘rinadi. 2012-yilda Ritik “Olovli yo‘l” filmi bilan bog‘liq intervyular bergan. Kadrda uning og‘ir emotsional kechinmalari sezilib turardi. Uning aytishicha, bu suratga olish paytida olgan jarohati tufayli bo‘lib, uni bir necha haftaga to‘shakka mixlab qo‘ygan va depressiyaga olib kelgan, ammo bu kattaroq narsaga o‘xshardi.

    Qomati har doim Ritik shon-shuhratining asosiy manbayi bo‘lgan. U sportchi edi, superqahramon rolini o‘ynardi. Raqslari uni boshqalardan ajratib turardi. Endi esa u keksayib qolgan, tanasi ham avvalgidek emas. 2014-yildan beri uning raqsli sahnalari bo‘lmadi. U Syuzannani, tanasini va oilasini yo‘qotdi.

    2021-yilda u yana sevib qoldi. Ma’lum qilinishicha, hammasi Ritik layk qo‘yib, Twitter’da Sabo Azad bilan video ulashganidan boshlangan. Aktrisa Ritikka minnatdorlik bildirib, javob beradi va ular suhbatlasha boshlashadi.

    Dastlab ular munosabatlarini yashiradi, ammo 48 yoshini nishonlagan kechada aktyor Sabo bilan birgalikda munosabatlarini tasdiqladi.

    Aytishlaricha, Ritik Roshan — birgalikda yashash oson bo‘lgan erkaklardan emas. To‘g‘risini aytganda, birorta ham superyulduz bilan yashash oson emas. Ammo muxlislari hozirda u chinakamiga baxtli ekanidan umidvor.

    02.12.2024, 10:55   Izoh (0)   114255
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Bollivud#Ritik Roshan

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Marhum hind aktrisasi Shridevining kenja qizi Kxushi Kapur ham kinoga qadam qo‘ydi. U onasining muvaffaqiyatini takrorlay oladimi?

    18.09.2023, 12:48

    “Devdas”ni ko‘rayotganimda Ayshvariyadan ko‘z uza olmaganman — Bollivud aktyorlari bilan ishlashni orzu qiladigan Gollivud yulduzlari 

    20.09.2023, 14:48

    Bollivud yulduzi Karina Kapur 43 yoshda: Oilasidagi qarshiliklarga qaramay, orzusiga erishgan aktrisaning hayot va ijod yo‘li

    22.09.2023, 18:09

    Amitabh Bachchan 81 yoshda: Bir vaqtning o‘zida ikki qo‘li bilan yoza oladigan va bedavo kasallikdan aziyat chekadigan aktyor haqida (foto)

    11.10.2023, 13:06

    Bollivud yulduzlari suratga olish maydonchasida qanday ovqatlanadi? (foto)

    26.10.2023, 12:12

    Bollivuddagi taniqli oilalarga kuyov bo‘lgan hind aktyorlari (foto)

    06.01.2024, 13:35

    Amitabh Bachchan she’r yozadi, Salmon Xon rasm chizadi: hind kinosi yulduzlarining sevimli mashg‘ulotlari

    29.02.2024, 14:40

    Bollivud qiroli Shohrux Xon tomonidan rad etilgan mashhur hind filmlari

    01.07.2024, 14:58

    Nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki iste’dodi bilan ham olamshumul mashhurlikka erishgan hind aktyorlari (foto)

    01.08.2024, 16:25

    Shohrux Xon 8 marta operatsiya qilingan: Hind kinosi yulduzlari qanday kasalliklardan aziyat chekadi? (foto)  

    12.08.2024, 15:53

    2024-yilda taqdim etilgan qiziqarli hind filmlari (treyler)

    22.08.2024, 18:03

    Instagram: Munisa Rizayeva oilasining bayrami, Toshkentda restoran ochayotgan Maryam Tillayeva, ona bo‘lgan Dipika Padukone

    09.09.2024, 10:59

    Raj Kapurning nevarasi, Saif Ali Xonning rafiqasi, mahoratli aktrisa Karina Kapur 44 yoshda (foto, video)

    23.09.2024, 17:10

    Faqat Ambanilar emas: Hindistonda o‘tkazilgan eng hashamatli va qimmatbaho 10 ta to‘y marosimi (foto)

    27.09.2024, 12:45

    Instagram: Ulug‘bek Shodibekov do‘stlariga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi, Javlon Shodmonov xonadonida to‘y, Davron Kabulov qizining tug‘ilgan kunini nishonlamo...

    29.09.2024, 12:45

    2024-yilda premyerasi bo‘lib o‘tgan eng qiziqarli Bollivud filmlari (treyler)

    03.10.2024, 14:58

    Instagram: Timur Alixonov nikohlandi, Davron Ergashev nevarali bo‘ldi, Muhammadziyoni to‘yga chaqirish qanchaga tushadi?

    05.10.2024, 23:05

    Instagram: O‘tkir Shodmonov 52 ming dollarga avtomobil xarid qildi, Shahzoda Muhammedova inglizchani o‘rganmoqda, bir kunda eng ko‘p “birrov”ga boradigan rekordchi...

    06.10.2024, 22:48

    Instagram: Buenos-Ayresdan kvartira izlayotgan Munisa Rizayeva, yangi uyli bo‘lgan bloger, “Qizim” seriali aktrisasiga uyushtirilgan syurpriz

    08.10.2024, 10:46

    Instagram: Feruza Karimova Sherzod Ergashevni plagiatda aybladi, Mavluda Asalxo‘jayeva tug‘ilgan kunini nishonladi, Shohruxxon qiyofadoshi bilan uchrashdi 

    16.10.2024, 11:51

    Instagram: Mirjalol Ne’matov qimmatbaho avtomobil xarid qildi, Dilnoza Habibullayevaning fotiha to‘yi bo‘lib o‘tdi, Feruza Normatova Shahzod Sultonovga turmushga c...

    20.10.2024, 20:30

    Hind filmlarida ona obrazini gavdalantiruvchi aktrisalar yoshligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)

    20.10.2024, 23:10

    Butun dunyoni maftun qilgan Bollivudning eng mashhur 5 nafar aktrisasi

    03.11.2024, 14:19

    Qaynonasi bilan til topisha olmagan, ortiqcha vazni sabab tanqidlarga uchragan hind kinosi yulduzi Ayshvariya Ray 51 yoshda (foto)

    04.11.2024, 15:35

    Instagram: Dubayga kelin bo‘layotgan Sitora Farmonova, ilk bor ona bo‘lgan Xonzoda Do‘stova, qiz bazmi o‘tkazgan Dilnoza Habibullayeva

    03.11.2024, 13:28

    Afg‘on qizi Zinat Aman qanday qilib Bollivud kinosanoatida ozod ayol ramziga aylandi?

    07.11.2024, 12:15

    Gollivud filmlaridan qolishmaydi: yuqori reytinglarni egallagan yangi hind filmlari (treyler)

    26.11.2024, 09:55

    Bollivudga boshqacha nazar: hind kinolari haqida tasavvuringizni o‘zgartirib yuboradigan zamonaviy filmlar (treyler)

    29.11.2024, 13:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyevning Sloveniyaga tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 23 may, 00:13

    Toshkentdagi qurilish obyektida 1,4 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 22 may, 23:50

    Denzel Vashington Kann kinofestivalida fotograf bilan janjallashdi

    Layfstayl | 22 may, 23:40

    Buyuk britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga keladi

    O‘zbekiston | 22 may, 23:30

    Tailand sudi sobiq bosh vazirga 305 mln dollar to‘lash majburiyatini yukladi

    Dunyo | 22 may, 23:20

    Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birgalikda qo‘shma biznes forumida ishtirok etdi (foto)

    O‘zbekiston | 22 may, 23:12

    O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkinligi aytildi

    O‘zbekiston | 22 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 22-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 22 may, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.