• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Uni qachonlardir syomka maydonchasidan haydab yuborishgan: Hema Malini qanday qilib hind kinosini zabt etgan?

    Hind kinosining tirik afsonasi — Hema Malini 16-oktyabr kuni 75 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan aktrisaning hayot va ijod yo‘liga nazar tashlaymiz. 
    Hema Malini Vijayantimala va Vohida Rehmandan keyin Bollivudning asosiy kino yulduziga aylangan uchinchi janubiy hind aktrisasi edi.

    Foto: Bollywoodtime
     

    Faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida u shunchalik mashhurlikka erishdiki, Dev Anand va Rajesh Xanna singari yetakchi aktyorlar muvaffaqiyatga erishish uchun unga murojaat qilishlari kerak edi. Dev Anandning 70-yillardagi filmlari, ayniqsa, Ziynat Aman bilan bo‘lgan filmlar kassada muvaffaqiyatsizlikka uchraganda Hema Malini bilan hamkorlikdagi “Kambag‘allar himoyachisi” filmi ommalashdi. Rajesh Xannaning filmlari muvaffaqiyatsizlikka uchraganda, uning “Sevgi shahri” filmi vaqtincha bo‘lsa ham hayotga yangi ruh bag‘ishladi.

    Foto: Bollywoodtime

    Ajablanarlisi shundaki, Bollivudni zabt etgan aktrisa o‘z karyerasini janubda boshlagan. Eng qizig‘i, janubda uning faoliyati deyarli boshlanmasdan avval yakun topgan.

    Hema 1948-yil 16-oktyabrda tug‘ilgan. Uning birinchi rejissori Shridxar uni 1964-yilda suratga olingan tamil filmidan haydab yuborgan, chunki uning yulduz bo‘lishiga ko‘zi yetmagan. Bundan ranjigan Hema eng muhim joyda, ya’ni Bollivud dunyosida muvaffaqiyat qozonishga qaror qildi. U nafaqat bunga erishdi, balki o‘sha rejissor Shridxar unga “Katta firibgarlik” filmida suratga tushish taklifi bilan keldi.

    Foto: Bollywoodtime
     

    Hema Bollivuddagi karyerasini 1968-yilda “Orzular sotuvchisi” filmida Raj Kapur qarshisidagi buyuk Vijayantimalaning o‘rnini bosishdan boshladi. “Voris” va “Mening ismim Jonni” filmlari bilan Hema hind kinosining asosiy yulduziga aylandi. “Zita va Gita” uni umuman Bollivudning yuziga aylantirdi. Bu rol uchun Hema Filmfare mukofotiga sazovor bo‘ldi.

    Bir qancha muvaffaqiyatli filmlar, ayniqsa, Dharmendra bilan hamkorlik, Hema Malinini shon-shuhratini yanada orttirdi. Birinchi marta “Chiroyli va o‘jar” va “Shon-sharaf” kabi loyihalarda birga o‘ynagan juftlik tomoshabinlar orasida katta shuhrat qozondi. Hema va Dharmendraning haqiqiy hayotdagi muhabbati ularning ekrandagi samimiyligini yanada oshirdi.

    Foto: Bollywoodtime
     

    Hema Malini to‘g‘ri yo‘naltirilganida mahorat bilan jonli o‘ynay olishini isbotladi. Shuningdek, u o‘z filmografiyasida turli xil obrazlarni ijro etdi. Ayniqsa, rollari orasida beva ayol obrazi aktrisalarning ko‘pchiligi tomonidan rad etilgan, chunki ular o‘z imijini xavf ostiga qo‘yib, beva ayol va yosh onaning rolini o‘ynashni xohlamagan.

    Hema bunday rollarni o‘z zimmasiga oldi va uning uddasidan chiqdi. Shuningdek, rejissor Gulzar bilan ishlash orqali o‘zining jozibali qiyofasini o‘zgartirishga urinib ko‘rdi va uning “Unutilgan xotin”, “Ikki qirg‘oq” va “Dunyo” filmlarida eng yaxshi rollarini o‘ynadi. Bundan tashqari, “Qasos va qonun” filmida o‘zini namoyon qildi, unda Basantini o‘ynadi.

    Foto: Bollywoodtime
     

    Hema Malini 1970-yillar davomida Bollivud kino olamining yulduziga aylandi, o‘z davrining barcha yetakchi aktyorlari bilan birga ishladi. Uning birinchiligi 80-yillarning boshlarida, yana bir janubiy aktrisa Rekha maydonga kirganda tugadi.

    Ammo Hema filmlarda ishtirok etishni davom ettirdi va endi kuchli qahramonlar rolini o‘ynay boshladi. Keyingi filmlari “Ko‘zi ojiz qonun”, “Beva ayol taqdiri” va “Ozodlik” bo‘ldi. Lekin, albatta, oila Hema uchun muhimroq edi. U ikkita qizini dunyoga keltirdi va ko‘p vaqtini ularning tarbiyasiga bag‘ishladi.

    Foto: Bollywoodtime
     

    Oradan vaqt o‘tib, Hema Ravi Chopraning “Bog‘bon” filmida ekranlarga Amitabh Bachchan bilan qaytdi. Keyin “Vir va Zara” va “Ganga” kabilarni aytish mumkin.

    Shaxsiy hayotda Hemaning ko‘plab muxlislari bor edi. Ular orasida Jitendra va Sanjiv Kumar aktrisaga turmush qurish taklifini bildirgan. Ammo Hema uylangan va to‘rtta farzandi borligiga qaramay, yuragini Dharmendraga berdi. U gap-so‘zlarga qaramay, 1979-yilda uning ikkinchi xotini bo‘lib, ikki qizi Esha va Axanani dunyoga keltirdi. Biroq aktrisaning axloqiy imiji shu qadar kuchli ediki, u deyarli matbuot va jamiyatning dashnomlariga duchor bo‘lmadi.

    Foto: Bollywoodtime

    Hema Malini 1999-yilda hind kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun Padma Shri mukofotiga sazovor bo‘lgan va hozirda mamlakatning hukmron partiyasi BJP parlament a’zosi.

    Foto: Bollywoodtime
     
    17.10.2023, 11:05   Izoh (0)   24466
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Zita va Gita” filmi 50 yoshda: nima uchun Hema Malini sakkiz yil davomida sevgan insoniga turmushga chiqa olmagan?

    06.01.2023, 16:36

    “Zita va Gita”dagi erkatoy qiz — Sheylani ijro etgan aktrisa Xani Iranining taqdiri qanday kechdi? 

    21.09.2023, 16:57

    Amitabh Bachchan 81 yoshda: Bir vaqtning o‘zida ikki qo‘li bilan yoza oladigan va bedavo kasallikdan aziyat chekadigan aktyor haqida (foto)

    11.10.2023, 13:06

    “Narniya saltanati” taqdimotiga 23 yil to‘ldi: Filmdagi yosh aktyorlar bugun qanday ko‘rinishda? (foto) 

    09.10.2023, 19:40

    “Men hamma narsamni yo‘qotdim”. Amerikalik aktrisa Sheron Stoun salomatligi va karyerasiga insult qanday ta’sir o‘tkazgani haqida

    09.10.2023, 13:14

    Leonardo Di Kaprioning “Titanik” filmida kiygan kiyimi auksionga qo‘yildi 

    04.10.2023, 14:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    “Jaloliddin Masharipov uzoq muddatga safdan chiqdi” — manba

    Sport | 5 avgust, 23:05

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05

    Bo‘stonliqdagi tog‘ga yuk mashinasida chiqindi to‘kkan fuqarolar jazolandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.