• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12762.53
    • RUB162.66
    • EUR14978.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino

    Bollivudga boshqacha nazar: hind kinolari haqida tasavvuringizni o‘zgartirib yuboradigan zamonaviy filmlar (treyler)

    Hind kino olami haqida ko‘pchilikning tasavvurida ajoyib sevgi qissasi, quvnoq raqslar va ishonarli chiqmaydigan o‘lim sahnalaridan iborat, degan tushuncha mavjud. Ammo Zita va Gita haqidagi film suratga olingan davrdan beri hind kino sanoatida katta burilish sodir bo‘lgan va bugungi kunda Bollivud filmlari Yevropa va AQSHning eng nufuzli loyihalari bilan bellasha oladigan darajaga yetgan. Quyidagi ajoyib syujetga ega yettita loyiha hind kinolari to‘g‘risidagi tasavvurlaringizni o‘zgartirib yuborishi ajab emas.

    “RRR: Inqilob yaqinlashmoqda” (2022)

    Janr: blokbaster, tarix, drama

    Filmda 1920-yillardagi mustamlaka hukumat haqida hikoya qilinadi. Davlat xizmatidagi Bxim ismli sodiq politsiyachi olomon bilan yakkama-yakka kurasha oladigan kuchli inson. Ammo mahalliy aholi uni xoin deb hisoblaydi.

    Gond qabilasidan bo‘lgan yigit o‘g‘irlab ketilgan yosh ayolni qidirish uchun Dehliga borishga qaror qiladi. Bu haqda bilib qolgan gubernator uni qo‘lga olish uchun katta mukofot e’lon qiladi. Martabasini oshirishni maqsad qilgan Rama bu vazifani o‘z zimmasiga oladi. Ammo hech kim Bxim ko‘rinishi qanday ekanligini bilmaydi. Kunlarning birida Rama daryoga g‘arq bo‘lishiga oz qoladi va uni Bxim qutqarib qoladi.  Ular bir-birining aslida kim ekanligini bilishmaydi, ammo ushbu tanishuv ikkisining taqdiri o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi.

    “Mening ismim Xon” (2010)

    Janr: drama, melodrama, sarguzasht

    Asperger sindromidan aziyat chekadigan hindistonlik musulmon yigit Rizvon Xon oila qurib, ishlash maqsadida Mumbaydan San Fransiskoga jo‘nab ketadi. O‘zining jiddiy tashxisi tufayli jamiyatga qo‘shilishga va ish topishga qiynalgan Rizvon oxir-oqibat munosib ish topadi. Kasallik unga sevgisini topishga ham to‘siq bo‘la olmaydi va Mandira ismli qizning qo‘lini so‘rashga muvaffaq bo‘ladi. 2001-yilda sodir bo‘lgan teraktdan so‘ng Amerikada musulmonlarga bo‘lgan munosabat keskin o‘zgaradi. Buni ko‘tara olmagan Mandira Rizvondan ketadi. Uni ortga qaytarish hamda musulmonlarga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish uchun Rizvon butun Amerika bo‘ylab sayohatga yo‘l oladi.

    “Pikey” (2014)

    Janr: Fantastika, drama, komediya

    Pikey maxsus topshiriq bilan Yerga kelgan o‘zga sayyoralik haqidagi filmdir. U inson tabiatini tushunishi va mahalliy hayot qanday bo‘lishini o‘rganishga harakat qiladi. U duch keladigan birinchi muammo — uning boshqaruv paneli o‘g‘irlanishi bo‘lib, panelsiz Pikey uyiga qaytolmaydi. Endi u nafaqat o‘ziga yuklangan vazifani bajarishga, balki qurilmani topishga ham majbur bo‘ladi.

    Pikey o‘zining g‘ayritabiiy xatti-harakatlari bilan boshqalarni hayratda qoldiradi, noqulay savollari esa odamlarni hayotlariga va ular yashayotgan dunyoga boshqacha qarashga majbur qiladi.

    Fantastik komediya Hindistondagi eng yuqori daromad keltirgan filmlardan biriga aylandi, uning dunyo bo‘ylab daromadi 112 million dollardan oshadi.

    “Dangal” (2016)

    Janr: biografiya, drama

    “Dangal” dramasi kambag‘allik tufayli sportdan kechgan Maxavir Singx Pxogat haqidagi film bo‘lib, hayotiy voqealik asosida suratga olingan. Unda bosh qahramon oilasini boqish uchun noilojlikdan sportni tashlashiga to‘g‘ri keladi va o‘ziga o‘zi o‘g‘il farzandli bo‘lsa u albatta, jahon chempioni bo‘ladi, deb va’da beradi. Ammo oilasida birin-ketin qiz farzandlar dunyoga keladi.

    Uning uchinchi va to‘rtinchi farzandi ham qiz bo‘ladi va qizlar katta bo‘lganida onalar o‘g‘illarini, qizlar urganini aytib sobiq sportchi uyiga shikoyat qilib kela boshlaydi. Cho‘kayotgan odam xasga yopishadi, deganlaridek qahramon xayoliga ajoyib narsa keladi va qo‘ni-qo‘shnilarning gap so‘ziga qaramay bir vaqtlar qilgan oltin medal orzusi sabab qizlari bilan shug‘ullana boshlaydi va natija uzoq kuttirmaydi.

    “Murabbiy” (2018)

    Janr: drama, komediya

    Naina Matur bolaligidan doim o‘qituvchi bo‘lishni istaydi, u Turret sindromiga ega bo‘lishiga qaramay istagan yo‘nalishida tahsil oladi. Ammo ishga kirgach, o‘quvchilar uni ochiqchasiga masxara qiladi, boshqa maktab direktorlari esa uni ishga olishni istamaydi. Hatto uning onasi ham Naina o‘qituvchi bo‘lib ishlab ketishiga ko‘zi yetmaydi. Shunga qaramay taqdir qizga bir imkoniyat beradi va u o‘zi orzu qilgan nufuzli maktabga ishga joylashadi. Bu yerda ham murabbiy avvalgi qiyinchiliklarga duch keladi, ammo bu safar o‘zining zaif tomonini katta kuchga aylantiradi. Filmda barcha narsaning ilojini topish mumkinligi hamda inson ba’zan o‘zining ustidan ham kulib turishi kerak ekanligi haqidadir.

    “Sirli super yulduz” (2017)

    Janr: musiqali film, drama

    Gujaratlik 14 yoshli qiz qo‘shiqchi bo‘lishni orzu qiladi. Ammo uning otasi qizining musiqa tanlovida ishtirok etishiga qarshi turadi. Bosh qahramon o‘z maqsadidan voz kechmaydi va gitara chalgan holatda qo‘shiq aytib video suratga oladi. Videoda u niqob bilan yuzini yashiradi va internetga joylaydi. Rolik nihoyatda mashhur bo‘lib, tarqalib ketadi.

    Mazkur film jahon prokatida katta muvaffaqiyatga erishgan va 2,3 mln dollar byudjet bilan 154 mln dollar daromadga chiqqan.

    “Uch savdoyi” (2009)

    Janr: komediya, melodrama

    “Uch savdoyi” — o‘tish davri va ta’lim tizimiga bag‘ishlangan ajoyib satira. Muhandislik kollejining uch talabasi katta hayotda qanday natijalarga erishgani haqida hikoya qiladi. Aniqrog‘i ushbu kartinada hammasi ortga qarab sodir bo‘ladi. O‘tmishni to‘g‘ri tiklashdan oldin ikki do‘st uzoq vaqtdan buyon ko‘rinmay ketgan do‘stini topishga otlanadi.

    2009-yilda namoyish qilingan mazkur film 2013-yilda “Tezlik-3” filmi namoyish etilguniga qadar barcha davrlardagi eng ko‘p daromad keltirgan hind filmi rekordini ushlab turdi. Shuningdek, u Xitoy va Yaponiya kabi Sharqiy Osiyo mamlakatlarida muvaffaqiyat qozongan hind filmlaridan biridir.

    “Uch savdoyi” oltita Filmfare Awards, shu jumladan, uchta “Milliy film”, “Eng yaxshi mashhur film” kabi mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Xorijda esa Yaponiyada bo‘lib o‘tgan Videoyasan Awards tanlovining bosh sovriniga ega bo‘lgan. Film remeyki hattoki Meksikada ham suratga olingan.

    29.11.2024, 13:27   Izoh (1)   31201
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Bollivud#hind

    Izoh (1)

    Kirish
    1. sulaymonusmon193@gmail.com / 01.12.2024, 09:50

      Ko'pi Amirxon ijodidagi kinolar ekan men uchun Amir Shohruxdan kuchliroq

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2024-yilda taqdim etilgan qiziqarli hind filmlari (treyler)

    22.08.2024, 18:03

    Dubaydagi sirli o‘lim: hind kinosi afsonasi Shridevining bevaqt vafotiga nima sabab bo‘lgan edi? 

    29.08.2024, 14:40

    Instagram: Munisa Rizayeva oilasining bayrami, Toshkentda restoran ochayotgan Maryam Tillayeva, ona bo‘lgan Dipika Padukone

    09.09.2024, 10:59

    Hamisha namunali bo‘lishga intilgan va rassomga turmushga chiqqan “o‘zbek Kajoli” —  Lola Eltoyeva 52 yoshda (foto, video)

    09.09.2024, 14:54

    Instagram: Antaliyadan uy xarid qilgan Hosila Rahimova, Odil Ahmedov xonadonida to‘y, Bobur Yo‘ldoshev o‘g‘lini uylantirdi

    19.09.2024, 11:45

    Raj Kapurning nevarasi, Saif Ali Xonning rafiqasi, mahoratli aktrisa Karina Kapur 44 yoshda (foto, video)

    23.09.2024, 17:10

    Faqat Ambanilar emas: Hindistonda o‘tkazilgan eng hashamatli va qimmatbaho 10 ta to‘y marosimi (foto)

    27.09.2024, 12:45

    Instagram: Ulug‘bek Shodibekov do‘stlariga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi, Javlon Shodmonov xonadonida to‘y, Davron Kabulov qizining tug‘ilgan kunini nishonlamo...

    29.09.2024, 12:45

    2024-yilda premyerasi bo‘lib o‘tgan eng qiziqarli Bollivud filmlari (treyler)

    03.10.2024, 14:58

    Instagram: Timur Alixonov nikohlandi, Davron Ergashev nevarali bo‘ldi, Muhammadziyoni to‘yga chaqirish qanchaga tushadi?

    05.10.2024, 23:05

    Instagram: O‘tkir Shodmonov 52 ming dollarga avtomobil xarid qildi, Shahzoda Muhammedova inglizchani o‘rganmoqda, bir kunda eng ko‘p “birrov”ga boradigan rekordchi...

    06.10.2024, 22:48

    Instagram: Buenos-Ayresdan kvartira izlayotgan Munisa Rizayeva, yangi uyli bo‘lgan bloger, “Qizim” seriali aktrisasiga uyushtirilgan syurpriz

    08.10.2024, 10:46

    Instagram: Feruza Karimova Sherzod Ergashevni plagiatda aybladi, Mavluda Asalxo‘jayeva tug‘ilgan kunini nishonladi, Shohruxxon qiyofadoshi bilan uchrashdi 

    16.10.2024, 11:51

    Instagram: Mirjalol Ne’matov qimmatbaho avtomobil xarid qildi, Dilnoza Habibullayevaning fotiha to‘yi bo‘lib o‘tdi, Feruza Normatova Shahzod Sultonovga turmushga c...

    20.10.2024, 20:30

    Hind filmlarida ona obrazini gavdalantiruvchi aktrisalar yoshligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)

    20.10.2024, 23:10

    Butun dunyoni maftun qilgan Bollivudning eng mashhur 5 nafar aktrisasi

    03.11.2024, 14:19

    Qaynonasi bilan til topisha olmagan, ortiqcha vazni sabab tanqidlarga uchragan hind kinosi yulduzi Ayshvariya Ray 51 yoshda (foto)

    04.11.2024, 15:35

    Instagram: Dubayga kelin bo‘layotgan Sitora Farmonova, ilk bor ona bo‘lgan Xonzoda Do‘stova, qiz bazmi o‘tkazgan Dilnoza Habibullayeva

    03.11.2024, 13:28

    Afg‘on qizi Zinat Aman qanday qilib Bollivud kinosanoatida ozod ayol ramziga aylandi?

    07.11.2024, 12:15

    Gollivud filmlaridan qolishmaydi: yuqori reytinglarni egallagan yangi hind filmlari (treyler)

    26.11.2024, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qator xorijiy yetakchilar va hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:57

    O‘zbekistonda qaysi qonunlar eng ko‘p o‘qilayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:36

    Germaniyada 332 ta inshootdan iborat qadimiy shahar topildi

    Dunyo | 24 iyul, 22:10

    Oleksandr Usikning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

    Sport | 24 iyul, 22:00

    AQSH Vengriyaga 350 yil avval o‘g‘irlangan qo‘lyozmani qaytarib berdi

    Dunyo | 24 iyul, 21:55

    Tabrizda 75 kunlik suv zaxirasi qolgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 24 iyul, 21:40

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    O‘zbekiston | 24 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.