Qozog‘istonning tashqi qarzi 24,9 trillion tengeni (salkam 55,6 milliard dollar) tashkil etadi. Bu haqda Oliy hisob palatasi raisi Alixon Smailov parlament majlisida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi 10 yil ichida olingan kreditlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlari 2024-2025-yillarda eng yuqori cho‘qqiga to‘g‘ri keladi. 2024-yilda byudjet daromadlarining 28 foizi davlat qarzini to‘lash va unga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirildi. Qarzlarni to‘liq qoplash uchun byudjetni optimallashtirish maqsadida makroiqtisodiy va byudjet parametrlari bilan yaqindan ishlash kerak. Shu sababli, Oliy hisob sudi byudjet bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqqan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonning davlat qarzi o‘tgan yil davomida 5,7 milliard dollarga ko‘payib, 34,9 milliard dollarga yetdi. davlat tashqi qarzi 2023-yilda 3,73 milliardga oshib, 29,64 milliard dollarni tashkil etgan (YIMning 32,6 foizi). Bu mablag‘ning 23,91 milliard dollari hukumat nomidan jalb qilingan, 5,72 milliard dollari esa O‘zbekiston tomonidan kafolatlangan.
Izoh (0)