AQSHning umumiy davlat qarzi birinchi marta 35 trillion dollardan oshdi. Bu haqida Moliya vazirligi xabar qildi.
Amerika departamenti veb-saytida 29-iyul holatiga ko‘ra “jami davlat qarzi” ustunida 35 trillion dollar miqdori ko‘rsatilgan. Yanvar oyi boshida AQSH davlat qarzi birinchi marta 34 trillion dollardan oshgandi.

AQSH Kongressining Byudjet byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2034-yilga borib AQSHning davlat qarzi 50,7 trillion dollarga yoki mamlakat yalpi ichki mahsulotining 122 foiziga oshadi.
Shuningdek, AQSH byudjeti taqchilligi 2024-yilda 1,9 trillion dollarni tashkil etadi va 2034-yilga kelib 2,8 trillion dollargacha oshadi.
Izoh (0)