• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda maktab o‘quvchilari Open budjet uchun pul to‘pladi, Qashqadaryoda namunali uyning, Xorazmda esa mansabdorlarning siri fosh bo‘ldi: “Daryo”da dayjest

    Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi 17-maktabda o‘quvchilar Open budjetga ovoz yig‘ish maqsadida sim karta sotib olish uchun 10 ming so‘mdan 20 ming so‘mgacha pul yig‘ishga majburlandi. Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida esa qurib bitkazilganiga besh yil ham bo‘lmagan namunali uy qulab tushishi mumkinligi aytilgan videotasvirlar tarqaldi. Xorazm viloyatida esa Adliya boshqarmasi va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i oilaviy mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan qizlarga jinsiz zo‘ravonlik qilib kelgani maʼlum bo‘ldi. “Daryo” haftaning eng shov-shuvli voqealarini esga olishda davom etadi.

    Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi 17-maktabda o‘quvchilar Open budjetga ovoz yig‘ish maqsadida sim karta sotib olish uchun 10 ming so‘mdan 20 ming so‘mgacha pul yig‘ishga majburlandi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda videolar tarqalgach, viloyat hokimligi axborot xizmati vaziyat nazoratga olinganini, hokim o‘rinbosari boshchiligidagi masʼullar holatni o‘rganishga kirishganini ochiqladi. Va ko‘p o‘tmay mazkur tashabbus ishtirokchilari aniqlanganini, vaziyat mazkur maktabning filialida sodir bo‘lganini bildirdi.

    “Filialda 45 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi tahsil oladi. O‘quvchilarni kampaniyaga jalb qilgan sinf rahbarlariga intizomiy jazo berildi, maktab direktori L.Usmanova egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Maktab filiali yaqinda taʼmirdan chiqarilgan bo‘lib, zarur jihozlar bilan taʼminlangan. Maktab jamoasi o‘z tashabbusi bilan ‘Tashabbusli budjet’ kampaniyasida qo‘shimcha elektron doska, kompyuter jihozlari olish uchun ishtirok etgan.

    So‘ralgan mablag‘ miqdori — 300 million so‘m. Toshkent viloyati hokimi, viloyat Taʼlim kengashi raisi Zoir Mirzayev tegishli mutasaddilarga ushbu jihozlarga ehtiyoj haqiqatda mavjudligini o‘rganish, shundan so‘ng mahalliy budjet hisobidan maktabni so‘ralgan jihozlar bilan taʼminlash bo‘yicha ko‘rsatma bergan”, — deyiladi rasmiylar axborotida.

    Qashqadaryo viloyatida esa kredit evaziga aholiga topshirilgan namunali uylar ko‘p o‘tmay qulab tushishi mumkin bo‘lgan ahvolga tushib qolgani aytilgan videotasvirlar tarqaldi. Mazkur videoda tumanning Rus qishlog‘ida joylashgan xonadonlarning biridagi vaziyat tasvirlangan.

    “Uy devorlari yorilib, siljigani sabab eshiklar yopilmaydigan bo‘lib qolgan. Plitalar siljib, devor orasidan narigi tomon ko‘rinadi. Uy qulab tushib, xonadon vakillarini bosib qolishi ham mumkin”, — deydi videochiqishdagi fuqarolar.

    Aytilishicha, uy devorlarining siljishi oqibatida xonadondagi elektr simlari ham tortilib, uzilgan. Video davomida aytilishicha, uyning poydevori ham siljigan.

    “Bu uyni buzib tashlamasa, yashash uchun juda xavfli. Bu yerdagi aksariyat uylar shu ahvolda”, — deydi video muallifi.

    Murojaatchilarning aniqlik kiritishicha, ushbu namunali uylar 2017—2018 yillarda qurilib, 20 yil muddatga ipoteka krediti evaziga aholiga topshirilgan.

    Kitob tumani hokimligi mazkur vaziyatga eʼtibor qaratib, vaziyat nazoratga olinganini bildirdi.

    “Kitob tumani ‘Sharq yulduzi’ MFY Rus qishloq dahasida joylashgan namunali uyning taʼmirtalab holatda kelib qolganligi hamda ayni vaqtda yashash uchun yaroqsiz ekanligi bilan bog‘liq murojaat tuman hokimligi hamda tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi. Ayni vaqtda holat yuzasidan surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Jarayonlar yakuniga yetgach batafsil maʼlumot beriladi”, — deyiladi hokimlik izohida.

    Mazkur muammoga eʼtibor qaratgan viloyat prokuraturasi ham “Daryo”ga qo‘shimcha qilib, vaziyat viloyat prokuraturasi tomonidan ham o‘rganilayotganini ochiqladi.

    Hafta yakunida ko‘pchilik eʼtiborini tortgan yana bir ayanchli holat bu — Xorazm viloyatida Adliya boshqarmasi va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining sobiq mansabdorlari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan voyaga yetmagan qizlarga jinsiy zo‘ravonlik qilib kelgani bo‘ldi.

    Aniqlanishicha, ikki mansabdor mehribonlik uyi rahbariga homiylik yordami ko‘rsatib, evaziga 10 oy davomida 15, 16 va 17 yoshli uch nafar qizni doimiy ravishda jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan. Mehribonlik uyi mudirasi va ikki idora boshliqlari ishini ko‘rib chiqqan sud mehribonlik uyi mudirasini Jinoyat kodeksining 135-(odam savdosi), 167-(o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish) va 209-moddalari (mansab soxtakorligi) bilan aybli deb topib, 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha hukm chiqargan.

    Adliya boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshliqlari Jinoyat kodeksining 128-moddalari (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan aybli deb topilgan. Ular 1 yil 6 oy muddatida ozodlikni cheklash jazosiga tortilgan. Ularga soat 22:00 dan 06:00 gacha uydan chiqish, yashash joyini probatsiya organlari bilan kelishmagan holda o‘zgartirish va o‘zlari yashayotgan viloyat hududini tark etish taqiqlangan.

    2022-yil dekabr oyida apellyatsiya sud instansiyasi tayinlangan jazoni o‘zgartirishsiz qoldirgan. Mazkur voqealarga munosabat bildirgan Oliy sud Xorazmda qizlar bilan jinsiy aloqa qilgan mansabdorlarga nisbatan chiqarilgan sud qaroriga huquqiy baho berilishini maʼlum qilgan bo‘lsa, Bosh prokuratura mehribonlik uyi qizlari zo‘rlangani ishi bo‘yicha protest kiritganini oshkor etdi.

    Mazkur haftada shuningdek, Qoraqalpog‘istonning Ellikqalʼa tumanida 44 yoshli erkak poyezd relslariga yiqilib tushishi oqibatida boshi tanasidan uzilib tushgani ko‘ringan rasmlar tarqaldi. “Daryo”ga maʼlum bo‘lishicha, voqea 24 mart kuni tongda Qoraqalpog‘istonning Ellikqalʼa tumanidagi “Qilchinoq” OFY hududida sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan Orolbo‘yi transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Yakunlangan haftaning yana bir shov-shuvli voqeasi bu istirohat bog‘laridagi attraksionlar bilan bog‘liq bo‘ldi. Buxoro viloyatida er-xotin va uning farzandi, Farg‘onada esa 17 yoshli qizning istirohat bog‘laridan biridagi attraksiondan yiqilib tushishi jamoatchilik orasida bugungi kunda attraksionlarning talabga javob berishi masʼullar tomonidan o‘rganiladimi? Ularning inson hayoti uchun xavfsizligi qay darajada degan savollar tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. “Daryo” nashri ana shu savollarga javob olish maqsadida masʼullarga yuzlandi.

    “Biz biror-bir bog‘ga kirib, kamchiliklarni ko‘rsatib, uni bartaraf etish bo‘yicha aytib, chiqib ketsak, o‘sha bog‘ga qaytib kirolmaymiz. Boisi tadbirkor huquqlarini himoya qilish uchun yaratilgan imkoniyat bunga yo‘l bermaydi. Yana o‘sha bog‘ga kirib, attraksiondagi kamchiliklar bartaraf etilganini bilish uchun Biznes-ombudsmandan ruxsat olishimiz kerak bo‘ladi”, — deydi Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining istirohat bog‘larini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Abdufotih Rashidov.

    Abdufotih Rashidov.
    Foto: “Daryo”

    Masʼullarning aytishicha, tadbirkorlar ularning manfaati shaxsan davlat rahbari tomonidan himoya qilinayotganidan kelib chiqib, attraksionlarida kamchilik bo‘lsa-da, o‘zboshimchalik bilan ularni ishlatib, odamlar hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda.

    “Biz tadbirkor ishlatayotgan attraksionning nosoz ekanini aytsak-da, xulosa bersak-da, buni taqiqlab qo‘yishga vakolatimiz yo‘q. Xususan Buxoro va Farg‘ona viloyatlaridagi nosoz attraksionlar ham faoliyat yuritishi uchun xavfli deb topilgan. Biroq tadbirkorlar o‘zboshimchalik qilib, tartibga bo‘ysunmagan. Oqibatda ko‘ngilsiz voqealar ro‘y berdi”, — deydi Abdufotih Rashidov.

    Aniqlanishicha, Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining ayni paytda Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida vakillari yo‘q. Va bu viloyatlardagi mavjud attraksionlar nazorati ham ochiqligicha qolmoqda.

    Yakunlangan hafta rahbarlarning jamoatchilikka murojaati bilan ham esda qolarli bo‘ldi. Dastlab, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani sobiq hokimi Narimon Hayitqulov jamoatchilikka murojaat qilib, 2011-yilda nega qamalganiga aniqlik kiritgan bo‘lsa, Adliya vaziri “Daryo” muxbirining savoliga bergan javobi jamoatchilik tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinayotganini aytib chiqdi.

    Narimon Hayitqulov.
    Foto: Toshkent viloyati hokimligi 

    Sobiq hokim Narimon Hayitqulov 2011-yilda hokim sifatida 400 ming so‘mlik osh mahsulotini, shuningdek, 5 ming dollar pora olishda ayblanib, javobgar qilinganini eslab, «Yangilanayotgan konstitutsiyamizning 28-moddasida esa bunaqa holatlarga alohida urg‘u berilib, shaxsga nisbatan bo‘layotgan ko‘rsatmalarga dalillar bo‘lmasa, shaxsning foydasiga hal etilishi kerakligi belgilangan.

    Bundan tashqari, qarindosh-urug‘chilik bo‘yicha ham to‘xtab o‘tilgan va biror-bir shaxs qamalganda uning qamalgani qarindoshlariga taʼsir ko‘rsatmasligi belgilab qo‘yilgan. Shu nuqtai nazardan yangilanayotgan konstitutsiyani qo‘llab-quvvatlab, barchani referendumda faol bo‘lishga chorlab qolaman”, — dedi.

    Adliya vaziri Akbar Toshqulov esa 28-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “Daryo” jurnalistining nega 500 ming so‘m pora olgan shifokor 5 yilga qamalgani, davlat mulkini talon-toroj qilgan Asaka tumani sobiq hokimiga nisbatan esa 3 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi berilgani haqidagi savoliga javobi ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab bo‘lganini, shu sabab fikrlariga tushuntirish berishini aytdi.

    “Brifingda jurnalistning jinoiy jazolarni qo‘llashda qonunchilik va sud amaliyoti bo‘yicha savoliga bergan javobim ayrim internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinibdi. Aslida jurnalist savolida aniq shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan jazoni misol keltirgan bo‘lsa-da, bu masalaga men emas, sud baho berishini aytib, mendan qonunchilikda juda ko‘p miqdorda rastrata va talon-toroj hamda boshqa mansabdorlik jinoyatlariga nisbatan 500 ming so‘m pora olish jinoyatiga og‘irroq jazo belgilanganiga munosabatimni so‘ragan.

    Men javobimda aniq sud hukmiga emas, balki jinoyat qonunchiligidagi jazoni belgilashga asos bo‘lgan mezonlarga to‘xtalganman. Afsuski, ayrim internet nashrlari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari jurnalist savolidan qonunchilikdagi belgilangan jazoga munosabat bildirish qismini tushirib qoldirib, «Vazir nega 500 ming so‘m pora olgan shifokor 5 yilga, davlat pulini talon-toroj qilgan hokim esa 1 yilga qamalganiga izoh berdiʼ degan mavzu bilan noto‘g‘ri (kontekstdan yulingan) maʼlumot tarqatishmoqda”, — dedi vazir.

    Akbar Toshqulov.
    Foto: “Daryo”

    Shov-shuvlarga boy haftada shuningdek, Qashqadaryodagi perinatal markazida qisqa fursatda 21 nafar chaqaloq vafot etgani aytildi va keyinchalik rad qilindi. “Yoshlar” kanali esa Qoraqalpog‘iston Respublikasini Qoraqalpoq viloyati deya eʼtirof etishiga o‘xshash voqealar ham sodir bo‘ldi.

    02.04.2023, 22:50   Izoh (0)   10370
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiydagi gaz taqsimlash stansiyasi davlatga 14,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi 

    02.04.2023, 18:55

    Surxondaryoda yuk mashinasi jarlikka tushib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

    02.04.2023, 18:15

    Toshkentning uch tumanida gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi 

    02.04.2023, 17:55

    Surxondaryoda erkak o‘zganing Tiсo’sini olib qochdi. Endi u 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

    02.04.2023, 15:05

    Toshkentdagi to‘rtta metan zapravka gazdan noqonuniy foydalanib, 7,1 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    02.04.2023, 14:30

    Janubiy Koreyadan Farg‘onaga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi 

    02.04.2023, 14:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.