• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nega 500 ming so‘m pora olgan shifokor 5 yilga qamaldi-yu, davlat mulkini o‘zlashtirgan hokimga uy qamog‘i berildi? Adliya vaziri muhokamalarga sabab bo‘lgan fikriga tushuntirish berdi

    Adliya vaziri Akbar Toshqulov 28-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistning nega 500 ming so‘m pora olgan shifokor 5 yilga qamalgani, davlat mulkini talon-toroj qilgan Asaka tumani sobiq hokimiga nisbatan esa 3 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi berilgani haqidagi savoliga javob bergandi. Vazirning javobi ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab bo‘lgach, Akbar Toshqulov o‘z fikrlariga tushuntirish berdi.

    Foto: “Daryo”

    “Ijtimoiy adolat qani?”

    Tadbirda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov vazirdan huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha fikrlarini so‘radi. Xususan, u Qashqadaryoda 500 ming so‘m pora bilan ushlangan shifokor 5 yilga qamalgani, davlat mulkini talon-toroj qilgan Asaka tumani sobiq hokimi Mansur Alixonovga esa 3 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlanganini eslatib, “Yetkazilgan zararning miqdori kattaroq bo‘lgan jinoyatga nisbatan yengil jazo berilgani jamoatchilikda sud hokimiyatiga nisbatan toqatsizlikni keltirib chiqarmaydimi?”, deb savol berdi.

    “Ijtimoiy adolat bo‘lishi kerak, demoqchisiz — juda to‘g‘ri. Endi bitta narsani bilishimiz kerak, jinoyatlarning kvalifikatsiyasi bo‘yicha har bir jinoyatga nisbatan belgilangan sanksiyalar bor. Sanksiyalar doirasida sud ishlaydi.

    Poraxo‘rlik jinoyati miqdori kichkina bo‘lsa ham, sanksiya jihatidan yuqoriroq. Buni to‘g‘ri tushunish kerak. Masalan, Jinoyat kodeksidagi 167-moddaga (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) nisbatan 210-modda (pora olish) uchun ko‘zda tutilgan jazo balandroq. Pora miqdori ming so‘m bo‘ladimi, yuz ming so‘m bo‘ladimi, besh yuz ming so‘m bo‘ladimi, bir million so‘m bo‘ladimi [farqi yo‘q].

    Tasavvur qiling, bitta shifokor 100 ming so‘m olib kelmasang operatsiya qilmayman, deyapti. Buning oqibati ham yuqori, shuning uchun qonunlarda shunday yuqoriroq jazo qo‘yilgan. Jamiyatga ta’siri juda katta. Shu nuqtayi nazardan har bitta moddani to‘g‘ri tushunishimiz kerak”, — deb javob bergan Akbar Toshqulov.

    “Qonuniy degani adolatli degani emas”

    Vazirning bu javobi ijtimoiy tarmoqlarda turli bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi. Xususan, Facebook foydalanuvchisi Zafar Ataxanov Akbar Toshqulovning fikrlariga e’tiroz bildirib, davlat mulkini talon-toroj qilganlar og‘irroq jazo olishi kerakligini aytdi.

    “Shifokor 500 ming so‘m pora so‘rasa, tegishli tashkilotga murojaat qilish orqali holatni bartaraf etsa bo‘ladi. Lekin davlat mulkini talon-taroj qiladigan hokimlarning nima qilayotganini oddiy xalq bilmaydi. Agar amaldorlar davlat mulkini talon-toroj qilmasa millionlab ishchi o‘rinlar yaratilishi mumkin. Siz shu narsalarni chuqur o‘ylab, insof bilan javob berganingizda edi, ‘davlat mulkini talon-taroj qiladiganlar og‘ir jazo olishi kerak, lekin hozir yengil jazo olishyapti’ deb aytgan bo‘lar edingiz. Avvalgi vazir yaxshiroq javob berar edi savollarga. Qorni to‘qning qorni och bilan nima ishi bor deganlari shu bo‘lsa kerak”, — deb yozdi u.

    Bloger Nurbek Alimov esa vazir qonun nuqtayi nazaridan to‘g‘ri gapirganini aytib, qonuniy degani adolatli degani emasligini bildirdi.

    “Shuning o‘rnida [sobiq vazir Ruslan] Davletov bo‘lganida ‘bu qonun adolatli emas’ degan bo‘larmidi, deb ishongim kelyapti”, — deya yozdi Nurbek Alimov Twitter’da.

    “Kontekstdan yulingan ma’lumot tarqatilmoqda”

    Ijtimoiy tarmoqlardagi keskin munosabatdan so‘ng Akbar Toshqulov o‘z fikrlariga aniqlik kiritib, jurnalistga bergan javobida sud hukmini emas, qonunchilikdagi jazo mezonlari haqida gapirganini bildirdi.

    “28-martdagi brifingda “Daryo.uz” nashri jurnalistining jinoiy jazolarni qo‘llashda qonunchilik va sud amaliyoti bo‘yicha savoliga bergan javobim ayrim internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinibdi. Aslida jurnalist savolida aniq shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan jazoni misol keltirgan bo‘lsa-da, bu masalaga men emas, sud baho berishini aytib, mendan qonunchilikda juda ko‘p miqdorda rastrata va talon-toroj hamda boshqa mansabdorlik jinoyatlariga nisbatan 500 ming so‘m pora olish jinoyatiga og‘irroq jazo belgilanganiga munosabatimni so‘ragan. Men javobimda aniq sud hukmiga emas, balki jinoyat qonunchiligidagi jazoni belgilashga asos bo‘lgan mezonlarga to‘xtalganman.

    Xususan, tamagirlik yo‘li bilan pora olish uchun (pora summasidan qatiy nazar) jazoning nisbatan yuqoriroqligini ushbu jinoyatining jamiyat uchun ijtimoiy xavflik darajasini va oqibatlarini misol orqali tushuntirib berganman.

    Chunki jurnalist keltirgan 1-jinoyat turi, yani juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj uchun (Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismi) BHMning 300 baravaridan 600 baravarigacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishi yoxud 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Bunda yetkazilgan zarar qoplanganda ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish qo‘llanilmasligi belgilangan. 2-jinoyat turi, ya’ni tamagirlik yo‘li bilan pora olish (Jinoyat kodeksi 210-moddasi 2-qismi) uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

    Afsuski, ayrim internet nashrlari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari jurnalist savolidan qonunchilikdagi belgilangan jazoga munosabat bildirish qismini tushirib qoldirib, ‘Vazir nega 500 ming so‘m pora olgan shifokor 5 yilga, davlat pulini talon-toroj qilgan hokim esa 1 yilga qamalganiga izoh berdi’ degan mavzu bilan noto‘g‘ri (konteksdan yulingan) ma’lumot tarqatishmoqda”, — deya fikrlarini izohladi vazir.

    Avvalroq Akbar Toshqulov Konstitutsiyani prinsipial o‘zgartirmasdan turib davlatni o‘zgartirib bo‘lmasligini aytgandi. Shuningdek, vazir “Open budget” portali orqali amalga oshirilayotgan “Tashabbusli budjet” loyihasi haqida o‘z fikrlarini bildirgandi.

    31.03.2023, 14:15   Izoh (0)   13658
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida dam olish kuni do‘l yog‘ishi kutilmoqda

    31.03.2023, 13:59

    Xorazm viloyatiga ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun 2023-yilda qo‘shimcha 400 mlrd so‘m ajratiladi

    31.03.2023, 13:37

    Jo‘rabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

    31.03.2023, 13:36

    Xorazmda 14 ta yirik sanoat loyihalari infratuzilmasi uchun qo‘shimcha 100 mlrd so‘m yo‘naltiriladi 

    31.03.2023, 13:34

    Xorazmda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun berilgan 940 mlrd so‘mga qo‘shimcha 100 mlrd so‘m yo‘naltiriladi 

    31.03.2023, 13:30

    Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalari narxi 1-apreldan oshiriladi

    31.03.2023, 13:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.