• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu attraksion odam hayoti uchun xavfli deyilsa-da, natija bo‘lmayapti”. O‘zbekistondagi attraksion nazoratchilari imkoniyati cheklanganini aytmoqda (video)

    Buxoro viloyatida er-xotin va uning farzandi, Farg‘onada esa 17 yoshli qizning istirohat bog‘laridan biridagi attraksiondan yiqilib tushishi jamoatchilik orasida bugungi kunda attraksionlarning talabga javob berishi masʼullar tomonidan o‘rganiladimi? Ularning inson hayoti uchun xavfsizligi qay darajada degan savollar tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. “Daryo” nashri ana shu savollarga javob olish maqsadida masʼullarga yuzlandi.

    “Biz biror bir bog‘ga kirib, kamchiliklarni ko‘rsatib, uni bartaraf etish bo‘yicha aytib, chiqib ketsak, o‘sha bog‘ga qaytib kirolmaymiz. Boisi tadbirkor huquqlarini himoya qilish uchun yaratilgan imkoniyat bunga yo‘l bermaydi. Yana o‘sha bog‘ga kirib, attraksiondagi kamchiliklar bartaraf etilganini bilish uchun Biznes-ombudsmandan ruxsat olishimiz kerak bo‘ladi”, — deydi Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining istirohat bog‘larini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Abdufotih Rashidov.

    Abdufotih Rashidov.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi nazorat profilaktika faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Olimjon Jo‘rayev tadbirkorlar faoliyatini tekshirish vakolati bo‘lmasa-da, har yili respublikadagi mavjud istirohat bog‘laridagi attraksionlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari davom etayotganini aytmoqda.

    “Tekshirish vakolatimiz bo‘lmasa-da, bayram tadbirlaridan oldin, bayram kunlarida yoki mavsum avvalida davlat inspektorlari tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu tadbirlar davomida kamchiliklar ko‘rsatib berilib, har bir attraksionnning talabga javob berish-bermasligi haqida attraksion egasiga xulosa ham taqdim qilinmoqda. Ammo ming afsuski, bu xulosa hech qanday natija bermayapti”, —  deydi Olimjon Jo‘rayev.

    Olimjon Jo‘rayev.
    Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

    Masʼulning qo‘shimcha qilishicha, inspeksiya nazoratdan o‘tkazilgan bog‘dagi attraksionning talabga javob bermasligi haqida yozib, bu haqda viloyat, tuman va shahar hokimliklarini, elektr taʼminoti korxonalarini ogohlantirib, attrakfiondan foydalanish xavfli ekani haqida maʼlumot beriladi.

    “Tan olish kerak, bog‘ yoki uning ichidagi qaysidir attraksionning faoliyatini to‘xtatishni so‘rab, xat bilan chiqsak-da, bundan natija yo‘q. Afsuski, hokimiyatda ham, tuman elektr tarmoqlari korxonasida ham, bizda ham alohida tadbirkorlik subyekti faoliyatini cheklash bo‘yicha yetarlicha vakolat yo‘q. Boisi davlatimiz rahbarining tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tashabbuslaridan kelib chiqqan holda tadbirkorlarga keng imkoniyat berilgan”, — deydi masʼul.

    Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining istirohat bog‘larini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Abdufotih Rashidovning maʼlumot berishicha, O‘zbekistondagi mavjud istirohat bog‘lari 143 ta bo‘lib, bu bog‘larda 1845 ta attraksion bor.

    “Toshkent shahri eng namunali hudud bo‘lsa-da, shahardagi mavjud 17 ta istirohat bog‘idan 11 tasining faoliyati ruxsat berilgan. Qolgan bog‘larda joylashgan attraksionlarning kamchiliklari bo‘lgani sabab ularning faoliyat yuritishiga ruxsat berilmagan. Ammo hududlardagi bog‘larda joylashgan attraksionlarni nazoratdan o‘tkazish masalasi juda og‘ir”, — deydi Abdufotih Rashidov.

    Masʼullarning aytishicha, tadbirkorlar ularning manfaati shaxsan davlat rahbari tomonidan himoya qilinayotganidan kelib chiqib, attraksionlarida kamchilik bo‘lsa-da, o‘zboshimchalik bilan ularni ishlatib, odamlar hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda.

    “Biz tadbirkor ishlatayotgan attraksionning nosoz ekanini aytsak-da, xulosa bersak-da, buni taqiqlab qo‘yishga vakolatimiz yo‘q. Xususan Buxoro va Farg‘ona viloyatlaridagi nosoz attraksionlar ham faoliyat yuritishi uchun xavfli deb topilgan. Biroq tadbirkorlar o‘zboshimchalik qilib, tartibga bo‘ysunmagan. Oqibatda ko‘ngilsiz voqealar ro‘y berdi”, — deydi Abdufotih Rashidov.

    “Daryo”ning Farg‘ona viloyatidagi muxbiri Azizjon Ermatov masʼullar faoliyatiga ruxsat berilmagani aytilayotgan attraksion egasi bilan suhbatlashdi. YTT “To‘ychiyev Inomjon Mahammattolipovich” ularning attraksioni Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazoratga olinganini va ko‘rikdan o‘tkazilganini aytib, bu haqdagi hujjatni taqdim qildi. Biroq, bu hujjatda masʼullar nazorati 2022-yilning iyul oyida amalga oshirilgani ko‘ringan. Masʼul tashkilot vakillari esa aholiga xizmat ko‘rsatuvchi attraksionlar har mavsum avvalida ko‘rikdan o‘tishi kerakligini, imkon qadar bir yilda ikki marotaba sinov bo‘lishi kerakligini bildirmoqda.

    Aniqlanishicha, Tog‘-kon geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining ayni paytda Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida vakillari yo‘q. Va bu viloyatlardagi mavjud attraksionlar nazorati ham ochiqligicha qolmoqda.

    31.03.2023, 22:12   Izoh (0)   6631
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yo‘llardagi tirbandliklarda iftorlik tarqatib yurgan ko‘ngillilar — suratlarda

    31.03.2023, 21:49

    Xorazmdagi paxta zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

    31.03.2023, 21:25

    O‘zbekistonda 2022-yilda maxsus muassasalarga qarovsiz qolgan 11 mingdan ortiq bola joylashtirildi

    31.03.2023, 21:05

    Surxondaryoda mahalla raisi fuqaroni urib, ko‘z shohpardasini yorib yubordi (video) 

    31.03.2023, 20:50

    Andijonda 2022-yilda salkam 72 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari noqonuniy o‘zlashtirilganligi aniqlangan

    31.03.2023, 20:20

    Jizzaxda fuqarodan 260 mln so‘mdan ziyod qarzdorlik undirildi

    31.03.2023, 19:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.