Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Afg‘onistonda “Tolibon” taqiqi sabab universitetda o‘qishdan mahrum bo‘lgan 19 yashar qiz BBC’ga o‘z kechinmalarini aytib berdi.

“Peshonamiz shunchalik sho‘r bo‘lar ekan, Alloh ayollarni yaratmagani yaxshi edi. Shunda umuman yashamasdik ham. Bizga hayvonlardan ko‘ra yomonroq munosabatda bo‘lishadi. Hayvonlarku o‘zi istagan joyga borishi mumkin, lekin biz qizlarning ostona hatlab chiqishga haqqimiz yo‘q”, — dedi afg‘onistonlik qiz BBC muxbiriga.

Afg‘onistonda “Tolibon” harakati universitet va o‘rta maktablarni ayollar uchun yopgan. Ularga nodavlat tashkilotlarida ishlashga ham taqiq qo‘yilgan

Yevroittifoq “Tolibon”ning taqiqi insoniyatga qarshi jinoyat ekanini e’lon qildi. Qator davlatlar ham o‘z noroziligini bildirdi. “Tolibon” ayollarning universitetda tahsil olishiga qo‘yilgan taqiq sababi sifatida talaba qizlarning hijob o‘ramaganini aytgan.

Dekabr oyida “Tolibon” harakati rasmiysi ayollarga universitet va o‘rta maktablar mart oyidan boshlab qayta ochilishini ma’lum qildi.

Afg‘onistonda ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishi mumkin emas. Bundan tashqari, ayollarga SIM-karta sotib olish ham taqiqlangan. Ma’lum jinoyatlar uchun ayollarni omma oldida qamchilash boshlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi