Daryo

“Tolibon” a’zolari ayollarni omma oldida qamchiladi

Amaldorlar va qabila oqsoqollari hukm ijrosini nazorat qilgan

1 daqiqa o‘qish40 524 ko‘rishlar0 izoh0
Illyustrativ foto Foto: Getty Images

“Tolibon” harakati Afg‘onistonning ikki viloyatida 30 kishini, jumladan, ayollarni qamchiladi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Illyustrativ fotoFoto: Pajhwok News Agency

Juzjon viloyatida o‘g‘irlik, zino va giyohvand moddalar savdosida ayblanib, sudlangan 22 nafar shaxs 25 dan 39 darragacha urilgan. Jazolanganlar orasida 3 nafar ayol ham bo‘lgan, mahalliy amaldorlar va qabila oqsoqollari hukm ijrosini nazorat qilgan. Kapisa provinsiyasida 7 nafar erkak va bir ayol shariat me’yorlari bo‘yicha bir xil jazoga tortilgan.

14-dekabr kuni “Tolibon” 20 kishini zino, o‘g‘rilik va boshqa jinoyatlarda ayblab, jamoat oldida qamchilagandi. Unda har bir erkak 35 dan 39 martagacha kaltaklangan va bu “Tolibon” rasmiylari, diniy ulamolar, oqsoqollar va mahalliy aholi oldida amalga oshirilgan. Jazolanganlarning aksariyati qilgan jinoyatlariga ko‘ra qamoq jazosiga hukm qilingan.

Mavzuga doir: “Tolibon” yetakchisi jinoyatchilarni “shariat qonunlari” asosida jazolashni buyurdi

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar