Daryo

“Tolibon” ayollarning universitetda tahsil olishini taqiqladi

Afg‘onistonda qizlarning o‘rta maktabga borishiga ham taqiq qo‘yilgan

1 daqiqa o‘qish21 356 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

“Tolibon” harakati Afg‘onistondagi universitetlarni ayollar uchun yopdi. Bu haqda mamlakat oliy ta’lim vaziriga tayanib, BBC xabar berdi.

Foto: Getty Images

Vazirning aytishicha, bu harakat keyingi ogohlantirishgacha davom etadi. U darhol kuchga kirishi kutilmoqda. Bu ayollarning rasmiy ta’lim olish imkoniyatini yanada cheklaydi, jumladan ular o‘rta maktabda ta’lim olishdan chetlashtirilgan.

Uch oy oldin Afg‘oniston bo‘ylab minglab qizlar va ayollar universitetga kirish imtihonlarida qatnashgan. Ammo ular o‘rganishi mumkin bo‘lgan fanlarga keskin cheklovlar qo‘yilgandi. Xususan, veterinariya, muhandislik, iqtisod va qishloq xo‘jaligi sohasi taqiqlanib, jurnalistika qattiq cheklangan.

“Tolibon” 2021-yil hokimiyat tepasiga kelgach, universitetlarda jinsga qarab alohida sinf xonalari va kirish eshiklari mavjud bo‘lgan. Ayol talabalarga faqat ayol professorlar yoki qariyalar dars berishi mumkin edi.

Noyabr oyida rasmiylar Kobulda islom qonunlariga rioya qilinmasligini aytib, ayollarni bog‘larga borishini taqiqlagandi.

Mavzuga doir:

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar