Daryo

Afg‘onistonda “Tolibon” ayollarga SIM-karta sotib olishni taqiqladi

Taqiq uyali aloqa operatorlari o‘z filiallarida xodimalarni ishga olmaguncha davom etadi

1 daqiqa o‘qish19 068 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AFP

Afg‘onistonda “Tolibon”ning Uruzgondagi mahalliy madaniyat va axborot departamenti rahbari Zaynulla Faruqiy ayollarga SIM-karta sotib olish taqiqlanganini aytdi. Bu haqda TOLOnews xabar berdi.

Foto: AFP

Ma’lum qilinishicha, ayollar uchun maxsus SIM-kartalar savdosi bo‘limi tashkil etilmaguncha, ularga SIM-karta sotish taqiqlanadi. Shu tariqa, uyali aloqa operatorlari o‘z filiallarida ayollarga xizmat qilishi kerak bo‘lgan maxsus bo‘limlarini tashkil etishi zarur. Ayni paytda, Uruzgon aholisi va ayollari mahalliy hokimiyatning bu qarori qiyinchiliklar tug‘dirayotganini aytib, yechim so‘ragan.

“Agar ayol xodimalar tayinlansagina, ular SIM-kartani bemalol sotib olishi mumkin”, — deydi Uruzgon shahrida yashovchi Abdulvali.

Mahalliy mutasaddilarning aytishicha, telekommunikatsiya tarmoqlari hamkorligida ayollar uchun alohida SIM-karta savdo markazlarini tashkil etishga harakat qilinmoqda.

Mavzuga doir:

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar