Daryo

Afg‘onistonda “Tolibon” ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishini taqiqladi

Masjid imom-xatiblariga ushbu buyruqni aholiga jiddiy yetkazish topshirilgan

1 daqiqa o‘qish23 350 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida “Tolibon” harakati ayollarni erkak yo‘lboshchisiz shifoxonalarga borishini taqiqladi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: AP Photo

Ma’lum qilinishicha, mazkur buyruq Nangarhor tumanlari aholisiga yetkazilgan. Masjid imom-xatiblariga ushbu buyruqni jamoaviy namozlarda aholiga jiddiy yetkazish va amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berilgan. Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi “Tolibon”ning ayollarning kasalxonaga borishiga qo‘yilgan cheklov bo‘yicha ma’lumot bermagan.

Ta’kidlanishicha, ushbu taqiq 25-noyabr xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kunida e’lon qilingan.

Noyabr oyida “Tolibon”ayollarga bir qator taqiqlarni joriy qilgandi. Xususan, ayollarga SIM karta sotib olish, istirohat bog‘iga tashrif buyurish taqiqlangan. Yevropa Ittifoqi esa “Tolibon”ning ayollarga nisbatan yangi cheklovlarini qoralagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar