• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 26-iyul kuni 579 kishida koronavirus aniqlandi. Ketma-ket uchinchi kun homilador ayollar vafot etmoqda

    O‘zbekistonda 25-iyul soat 23:30 dan 26-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 579 ta holat qayd etildi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 20531 nafarga yetdi. Hozirda O‘zbekiston aniqlangan kasallar soni bo‘yicha Avstriyadan o‘tib ketdi va jahonda 61-o‘ringa chiqib oldi.

    SSV hisobi bo‘yicha 116, “Daryo” hisobi bo‘yicha 122 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 116, “Daryo” hisobi bo‘yicha 122 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 579 kishining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 299 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 150 nafar;
    • Farg‘ona viloyatida — 31 nafar;
    • Sirdaryo viloyatida — 29 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 26 nafar.
    • Surxondaryo viloyatida — 25 nafar;
    • Andijon viloyatida — 16 nafar;
    • Navoiy viloyatida — 3 nafar.
    Kun davomida 8 ta hududda koronavirus yuqtirib olish holati qayd etildi. Ketma-ket ikkinchi kun xorijdan kelgacha karantinga olinganlar orasida kasallik aniqlanmay, faqat aholi orasida qayd etilmoqda. 18-iyul kuni ham 579 kishida koronavirus aniqlangandi, ammo o‘shanda 138 ta holat xorijdan kelib karantinga olinganlar orasida qayd etilgandi.

    Toshkent shahrida 299 kishida koronavirus aniqlandi. Poytaxtda bir hafta (20—26-iyul kunlari) ichida 2032 kishida koronavirus qayd etildi. Taqqoslash uchun, aholisi soni deyarli Toshkent bilan teng Litvada (2,7 mln kishidan ortiq) 28-fevraldan 27-iyulgacha 2008 kishida koronavirus aniqlangan. Qiziq tomoni, Litvada koronavirusga chalinganlar orasida kamida 19 nafar o‘zbekistonlik ham bor. Ulardan biri ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamdan shikoyat qilib, ahvol shunday davom etaversa, ko‘chaga chiqib boshqalarga ham kasallikni yuqtirish bilan tahdid qilgandi.

    Toshkent viloyatida 150 kishida koronavirus qayd etildi. 17-iyuldan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyatining ko‘rsatkichlarini Toshkent shahridan alohida bera boshladi. O‘shandan buyon birinchi marta viloyatda 100 dan ortiq yangi holat qayd etildi. Toshkent viloyatida kasallikka chalinganlar soni 1938 nafarga yetdi.

    Farg‘ona viloyatida 31 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatga 6-iyulda koronavirus qaytganidan so‘ng biron marta kunlik yangi kasallanish holatlari 15 taga ham yetmayotgandi. 26-iyul Farg‘onada eng ko‘p koronavirus aniqlangan kun bo‘lishi ham mumkin. SSV 4—6-aprel oralig‘ida viloyatda 37 kishining kasallanganligi haqida ma’lumot bergan, ammo qaysi kunlari nechtadan kasallik qayd etilganiga aniqlik kiritmagan. Farg‘onada koronavirusga chalinganlar soni 229 nafarga yetdi, viloyat kasallikka chalinganlar soni 200 dan oshgan 13-hudud bo‘ldi. Eng kam kasallik qayd etilgan hudud Jizzax bo‘lib turibdi — viloyatda 137 ta kasallanish holati qayd etilgan.

    Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 29 kishida kasallik qayd etildi. 17-iyuldan beri SSV Sirdaryo viloyatining statistikasini Toshkentdan alohida berishni boshladi. O‘sha kungacha viloyatda kasallanganlar soni 213 nafarni tashkil etgan, 10 kun ichida Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 275 nafarga ko‘payib, hozirda 488 nafarga yetgan.

    Samarqand viloyatida 26 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda iyul oyida 418 kishida kasallanish holati qayd etildi. Solishtirish uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarining hech birida qayd etilgan koronavirusga chalinish holatlari 400 taga ham yetmagan.

    Surxondaryo viloyatida 25 kishida koronavirus qayd etildi. 30-iyun holatiga ko‘ra, Surxondaryoda 101 kishida koronavirus aniqlangandi. Oy boshidan beri viloyatda kasallanganlar soni 4,5 baravarga oshdi va 452 kishiga yetdi. Kasallanganlar orasida viloyat hokimi To‘ra Bobolov ham bor.Kuni kecha Surxondaryo viloyati hokimining vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bu haqdagi xabarlar tezda rad etildi, Bobolovning o‘zi shifoxonadan videomurojaat qildi va ahvoli yaxshi ekanligini bildirdi. Uning o‘limi haqida xabar tarqatganlar jazoga tortildi.

    Andijon viloyatida 17-iyuldan 24-iyulgacha har kuni kasallanish holatlari kuzatildi. 25-iyulda esa birontayam holat aniqlanmagandi. 26-iyulga kelib koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 16 kishida virus aniqlandi. Andijondagi 920 ta kasallanish holatining 711 tasi iyul oyiga to‘g‘ri keldi.

    Navoiy viloyatida 3 kishida koronavirus qayd etildi. Navoiyda iyul oyida 111 kishida koronavirus aniqlandi. Bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 28 foiziga teng.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV 26-iyul kuni Toshkent shahrida 2 nafar, Jizzax, Buxoro, Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

    Birinchi o‘lim. Buxoro shahrida yashagan 57 yoshli Z.E. ismli erkakda 3-iyul kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan (shu kuni, SSV ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro viloyatida to‘qqiz kishida COVID-19 aniqlangan) va u Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

    Qayd etishlaricha, bemorga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan, kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka arteriyalari tromboemboliyasi asorati bilan kechgan. Shuningdek, u parkinsonizm kasalligi bilan ham og‘rigan.

    “Biroq reanimatsion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir respirator distress sindromi va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan”, — deyiladi SSV axborotida, biroq bemor aynan qaysi sanada vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent viloyati Bekobod shahrida yashagan 50 yoshli Z.R. ismli erkakda 8-iyul kunidan boshlab tana harorati ko‘tarilib, nafas yetishmovchiligi, yo‘tal bilan uyida ambulator sharoitida davolanib yurgan. 16-iyul kuni esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

    COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangach, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

    “Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan”, — deyiladi SSV axborotida. Bemor aynan qaysi sanada vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

    Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 67 yoshli T.Z. ismli erkakda 4-iyul kunidan holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, yurak tez urishi hamda ko‘krak sohasida og‘riq kuzatilgan. Shunga qaramay, Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida qayd etishicha, u uy sharoitida davolangan.

    11-iyul kuni hansirash, nafas siqishi, oyoq-qo‘l sovushi paydo bo‘lgandan so‘ng Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

    Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

    “Reanimatsion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan”, — deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bemor aynan qachon vafot etgani rasmiy axborotda ma’lum qilinmagan.

    To‘rtinchi o‘lim. Jizzax viloyati Baxmal tumanida yashagan 64 yoshli B.Sh. ismli erkakda COVID-19 tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Shifoxonada unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik asorati bilan kechgan.

    Shuningdek bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, qandli diabet, semizlikning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.

    Bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, saturatsiya ko‘rsatkichi pasayib borishi, nafas olishining qiyinlashuvi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. SSV bemorda qaysi kuni koronavirus tasdiqlanganiga ham, qaysi kuni vafot etganiga ham aniqlik kiritmagan.

    Beshinchi o‘lim. Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan 32 yoshli D.I. ismli ayolda 2-iyuldan holsizlik, isitma 38 darajagacha ko‘tarilishi, yo‘tal boshlangan va 6-iyul kuni u “Bebimed” xususiy klinikasiga murojaat qilgan. 9-iyulga qadar uy sharoitida davolangan.9-iyuldan boshlab shahar 7-son tug‘ruq kompleksida “29 haftalik 5-homiladorlik, 4-tug‘ruq, ikki tomonlama pnevmoniya, semizlikning 2-darajasi, kamqonlik” tashxisi bilan statsionar sharoitida davolangan.

    Unda COVID-19 tasdiqlangandan so‘ng esa 17-iyul kuni shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘ta og‘ir ahvolda o‘tkazilgan. U yerda unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

    Bemorda 30 haftalik homiladorlik, shuningdek, asoratlangan akusherlik anamnezi, homilaning antenatal o‘limi, qandli diabet va semizlikning 2-darajasi bo‘lgan.

    Bemorning asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarlarga qaramay u o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, poliorgan yetishmovchilikdan vafot etgan. Ayol qaysi kuni vafot etganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ketma-ket uchinchi kun homilador ayollarning koronavirus asoratlaridan vafot etayotgani haqida xabar berilmoqda. 24-iyul kuni qashqadaryolik 35 yoshli ayol, 25-iyul kuni toshkentlik 34 yoshli ayolning homiladorlik vaqtida koronavirus tasdiqlangach hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar berildi.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 116 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirus chalingach vafot etganlar soni 122 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov, Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. Biroq ushbu olti holar haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan.

    Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 310 nafar bemordan 152 nafari og‘ir, 66 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 16-iyul kuni birinchi marta 60 nafardan, 17-iyul kuni 80 nafardan, 18-iyul kuni 90 nafardan, 19-iyul kuni 100 nafardan 21-iyul kuni 130 nafardan, 23-iyul kuni 140 nafardan, 24-iyul kuni 170 nafardan, 25-iyul kuni 190 nafardan oshgandi, endi esa ularning umumiy soni 218 nafarga yetdi.

    Kasallikdan davolanish

    26-iyul kuni 274 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Ulardan
    • 67 nafari Toshkent viloyatida;
    • 64 nafari Samarqand viloyatida;
    • 44 nafari Toshkent shahrida;
    • 44 nafari Surxondaryo viloyatida;
    • 38 nafari Andijon viloyatida;
    • 11 nafari Farg‘ona viloyatida;
    • 6 nafari Sirdaryo viloyatida tuzaldi.
    Ushbu bemorlarning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga aniqlik kiritilmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas. Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabining 22-iyul kuni bergan ma’lumotlari allaqachon eskirdi.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 20 531 nafar bemordan 11 105 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 54 foizni tashkil etmoqda. Ikki kundan buyon bu boradagi ko‘rsatkich o‘zgarmadi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 9310 nafar bemordan 6892 nafari Toshkent shahrida davolanmoqda. Navoiyda 24, Jizzaxda 27, Farg‘onada 37, Xorazmda 42, Samarqandda 97, Qoraqalpog‘istonda 121, Sirdaryoda 129, Buxoroda 138, Namanganda 162, Surxondaryoda 217, Andijonda 233, Qashqadaryoda 262 va Toshkent viloyatida 929 nafar bemor qoldi.

    Karantindagilar

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 67 729 nafar, statsionar karantinda esa 26 317 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagi fuqarolar soni 553 nafarga, statsionar karantindagi fuqarolar soni 219 nafarga ko‘paydi.

    Karantinning uzaytirilishi

    O‘zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari 2020-yilning 15-avgustiga qadar uzaytirildi. Bu haqda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 26-iyul kuni e’lon qilingan axborotida ma’lum qilingan.

    Karantin cheklovlari amal qiladigan davrda quyidagilarga qat’iy etibor qaratish belgilandi:

    Davlat organlari va tashkilotlariga:

    • xodimlarini xatlovdan o‘tkazgan holda, ish joyiga faqatgina zarur bo‘lgan mutaxassislarni bevosita jalb etishga ruxsat berilganini inobatga olib, qolgan xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarishni yoxud masofadan turib (onlayn) ishlashini tashkil etishga to‘liq rioya etilishini ta’minlash;
    • xodimlarini vaqtinchalik xizmat safariga yuborishni to‘xtatish;
    • yig‘ilishlarni faqatgina onlayn tarzida tashkil etish;
    • xodimlar orasida koronavirus bilan kasallanganlar mavjud bo‘lgan taqdirda ulardan xabar olish, davolanish maqsadida zarur dori vositalari va buyumlarni xarid qilish uchun xodimning sharoitini inobatga olgan holda moddiy yordam ajratish.
    Fuqarolarga:
    • to‘y, oilaviy marosimlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazmaslik;
    • jamoat joylarida, ko‘cha, maydon va mahallalarda uch kishidan ortiq to‘planmaslik, qat’iy ijtimoiy masofani saqlash (2 metr), tibbiy niqoblar va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
    • yoshi katta va muayyan turdagi kasalligi (qandli diabet, metobolik sindromlari, autoimun kasalliklari, qon, yurak, tomir kasalliklari, onkologik kasalliklar va boshqalar) mavjud fuqarolarga koronavirus kasalligi kuchli ta’sir ko‘rsatishini inobatga olib, 65 yoshdan oshgan fuqarolarni o‘zini o‘zi yakkalash hayot tarziga qat’iy rioya etish hamda sababsiz uydan tashqariga chiqmaslik
    tavsiya etildi.

    Shuningdek, 31-iyul (Qurbon hayiti kuni), 1—2-avgust hamda 8—9-avgust (shanba va yakshanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi. Shu kunlari aholiga — o‘zini o‘zi yakkalash hayot tarziga qat’iy rioya etgan holda o‘z uylarida qolish tavsiya etilgan.

    27.07.2020, 00:27   Izoh (0)   123384
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 20 500 nafardan, sog‘ayganlar esa 11 ming nafardan oshdi

    27.07.2020, 00:19

    Toshkentda koronavirusga chalingan 32 yoshli homilador ayol vafot etdi

    27.07.2020, 00:11

    Jizzaxda koronavirusga chalingan 64 yoshli erkak vafot etdi. Bu viloyatdagi 6-o‘lim holati

    27.07.2020, 00:04

    “Vahimasiz karantindan adekvat karantin bosqichiga o‘tish davri keldi” — Shahnoza Soatova aholi orasida o‘limlar sonining keskin oshayotganini tanqid qildi

    26.07.2020, 23:28

    Shuhrat G‘aniyev: Farg‘onada uch oylik dori-darmon zaxirasini yaratish uchun 10 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi

    26.07.2020, 21:36

    Samarqand viloyatidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    26.07.2020, 20:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda parvoz vaqti styuardessaga tegajog‘lik qilgan erkakka chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 18:45

    Rossiyalik deputat o‘zbeklarning Sibirdagi tarixiy yerlariga bo‘lgan haqqini tan oldi

    Dunyo | 30 may, 18:37

    Britaniyalik ayol aqlli tish cho‘tkasi yordamida erining xiyonatini fosh qildi

    Layfstayl | 30 may, 18:20

    Mashhur film va seriallardagi eng esda qolarli to‘y sahnalari

    Layfstayl | 30 may, 17:59

    Turkmaniston Moskvaga parvozlarni to‘xtatdi

    Dunyo | 30 may, 17:50

    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

    Reklama | 30 may, 16:30

    Samarqandda fuqaro qadimiy tilla tangalarni Istanbulga yashirincha olib ketmoqchi bo‘ldi

    O‘zbekiston | 30 may, 17:40

    Koreys ayollarining yuzi tiniq va silliq bo‘lishiga yordam beradigan parvarish sirlari

    Ayollar sahifasi | 30 may, 17:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.