• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Aziz Abduhakimov Samarqandda 33 yoshli magistrantning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lganini aytdi. U sakkiz kun isitmalab, uyida yordam kutgan

    O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Respublika maxsus komissiyasi a’zosi Aziz Abduhakimov “O‘zbekiston 24” telekanali orqali 26-iyul kuni efirga uzatilgan intervyusida Ipak yo‘li xalqaro turizm universiteti magistranti vafot etganini ma’lum qildi.

    Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda amal qilayotgan karantin cheklovlarining 15-avgustga qadar uzaytirilishi sabablarini izohlar ekan, ushbu qaror aholiga qandaydir noqulayliklar keltirish maqsadida emas, balki hayotiy zarurat bo‘lgani uchun qabul qilinganini ta’kidlab o‘tdi.

    Mavzuga doir: Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ota-onasi bir marta bozorga borib, koronavirus yuqtirib olganini ma’lum qildi

    “Faqat karantingina kasallanish zanjirini uzishga imkon beradi. Busiz biz kasallik tarqalishining oldini ololmaymiz. Hatto yoshlar ham kasallikka chalinayotgani, oxir-oqibat ushbu holatlar fojiali yakun topayotganiga doir ko‘plab misollarni keltirishim mumkin.

    Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti ham, afsuski, ikki kun avval hayotdan ko‘z yumdi. Bunga shifokorlar o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olmagani sabab bo‘ldi”, — dedi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Marhumning do‘sti bilan suhbatlashgan “Daryo” muxbirining xabar berishicha, 33 yoshli yigit, Ipak yo‘li turizm xalqaro universiteti magistranti O‘tkir Temirov 2020-yil 24-iyul kuni COVID-19’ virusidan vafot etgan.

    Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik 33 yoshli erkak vafot etgani, marhum o‘limidan 10 kun oldin, 14-iyul kuni COVID-19’ virusini yuqtirib olgani, unda koronavirusning barcha belgilari bo‘lsa-da, test topshira olmagani, kasalxonaga ham yota olmagani haqida xabarlar tarqalgan, uning 20-iyul kuni tez yordam xizmati bilan telefon so‘zlashuvi audiosi e’lon qilingan edi.

    “Bizlar kecha tez yordam chaqirgan edik. Kelib, hech narsa qilmasdan xuddi jo‘ramday suhbat qilib ketdi. ‘Bizlar hech qanday yordam berolmaymiz, poliklinikaga murojaat qilinglar, ertaga test oladi’, dedi. Test aniq bormi desam, ‘ha, bor, ular keladi’, deb aytdi”, — deydi suhbat jarayonida marhum O‘tkir Temirov.

    Marhum O‘tkir Temirovning tez yordam navbatchisi bilan bo‘lgan muloqotidan u poliklinikaga telefon qilganini, ammo poliklinikada test yo‘qligini aytganini bilish mumkin. Bunga javoban tez yordam navbatchisi esa bemorlar viloyat Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi yoki yashash manzilidagi poliklinikada test olishi lozimligi haqida ko‘rsatma beradi.

    “Birinchi bo‘lib o‘zingizning poliklinikangizdan testdan o‘tishingiz kerak. Poliklinika bosh vrachiga murojaat etsangiz, balki o‘zi hal qilib berar. Bemor kontakda bo‘lgan bo‘lsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri biznikilar (Tez yordam vakillari nazarda tutilmoqda. Tahririyat) borolmaydi. Test topshirmoqchi bo‘lsangiz, viloyat Sanitariya va epidimiologiya osoyishtalik markazi yoki poliklinika orqali hal bo‘ladi”, — degan tez yordam vakili.

    Sakkiz kundan buyon isitmada bo‘lgan O‘tkir Temirov tez yordam vakili bilan suhbatda “Moviy tog‘lar yoki Tyan-Shan” nomli filmni esga olib, ularga filmdagidek bemorlarni sarson qilishayotganini, test topshirishning iloji bo‘lmayotganligini bildirgan.

    “Yo‘q narsani qayerdan topshiradi? Osmondan test tushadigan kuni bo‘lsa ayting, qarab o‘tiraylik osmonga. Test deyapsizlar, kasallik alomatlari isbotlangan narsa. Nima kerak maynabozchilik qilib”, — degan O‘tkir Temirov.

    Tez yordam navbatchisi esa bemorga agar poliklinika yordam qilolmayotgan bo‘lsa, viloyat Sanitariya- epidimiologiya osoyishtalik markaziga chiqishi mumkinligini aytgan. Va boshqa mutaxassisga go‘shakni bergan. U ham bemordan nima bezovta qilayotganini so‘ragan.

    “Temperatura bezovta qilyapti, yo‘tal bezovta qilyapti. Holsizlik bezovta qilyapti. Test topshirmadik. So‘rab o‘tirmang. U yo‘q. Hozir isbotlab bo‘lindi. Alomatlar xuddi shu koronavirusning alomatlari. Test topshirish kerakmi?, — degan O‘tkir Temirov. — Menga bitta narsa kerak. Men uyda dadam bilan kasal bo‘lganman. Dadamga to‘rt kun bo‘ldi, menga sakkiz kun. Vrachlarning tavsiyasi bilan hamma muolajalarni oldim. Menga ‘foydasi yo‘q, hech qayerga murojaat qilib o‘tirma’, deb aytishdi. ‘Mana shu muolaja bilan davolanasan’ deyishdi. Hozirgi ahvolimga ko‘ra, menga ahvolni ko‘rib, qay darajada, nima kerakligi yoki kerak emasligini, olib ketish kerak yoki kerak emasligini aytib beradigan tomirida qoni bor odam kerak, tamom. Men bilan jo‘rachasiga suhbat qurib ketadigan emas”.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan O‘tkir Temirovning do‘sti uning dafn marosimida qatnashganini, o‘sha kuni marhumning otasining ahvoli yaxshi ekanligini, biroq ayni kundagi vaziyatdan bexabarligini ma’lum qildi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand shahrida qayd etilgan, bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov tomonidan tilga olingan ushbu holat yuzasidan hozircha axborot bergani yo‘q. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida hozirgacha koronavirusga chalingan uch nafar bemor vafot etgan, viloyatdagi uchinchi o‘lim holati haqida SSV 7-iyul kuni xabar bergan.

    Qayd etish joiz, Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov hudud aholisiga 19-iyul kuni qilgan murojaatida shifokorlar “isitmasi ko‘tarilgan, koronavirus belgilari bo‘lgan bemorlarni ko‘rish uchun bormasligi”ni ta’kidlagan edi. Hokim buni “shifokorlarin asrash kerak”ligi bilan izohlagandi.

    Mavzuga doir: Erkinjon Turdimov: Isitmasi ko‘tarilgan, COVID-19’ belgilari bo‘lgan bemorlarni ko‘rish uchun shifokor bormaydi

    26.07.2020, 18:12   Izoh (0)   70658
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada karantinda oziq-ovqat mahsulotlari narxini asossiz oshirgan 221 nafar tadbirkorga chora ko‘rildi

    26.07.2020, 18:09

    Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ota-onasi bir marta bozorga borib, koronavirus yuqtirib olganini ma’lum qildi

    26.07.2020, 17:42

    O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 11 mingdan oshdi

    26.07.2020, 17:27

    Toshkentda yetti soat ichida yana 126 kishida koronavirus tasdiqlandi

    26.07.2020, 17:21

    Toshkentda koronavirusga chalingan 67 yoshli erkak vafot etdi

    26.07.2020, 16:45

    Koronavirusga chalingan bekobodlik 50 yoshli erkak vafot etdi

    26.07.2020, 16:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.