• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    To‘ra Bobolovning koronavirusdan vafot etgani haqidagi xabarni shifokor va SEOM xodimi tarqatgani aniqlandi

    Avvalroq Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning koronavirusga chalinib, vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi, viloyat hokimligi mazkur xabarlarni rad etgandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Diyor 24”ning yozishicha, mazkur holat viloyat prokuraturasi tomonidan tezkorlik bilan nazoratga olinib, holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilishi ta’minlandi. Tekshirish natijasida ushbu xabarni tarqatgan shaxs fuqaro D.O. ekanligi aniqlangan.

    Ma’lum bo‘lishicha, “Haqiqatchi blogerlar” akkauntini yurituvchi D.O. 1971-yilda Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. U Samarqand Tibbiyot institutini tamomlagan bo‘lib, Sariosiyo tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam bo‘limida shifokor-kardiolog bo‘lib ishlaydi. Shu bilan birga, Sariosiyo tumani Sharg‘un shahrida joylashgan poliklinikada ham davolovchi shifokor sifatida faoliyat yuritadi.

    Tekshirishda fuqaro D.O. ushbu xabarni viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimidan olganligini ma’lum qilib, ushbu ayolning ismini aytmagan. Begona ayol o‘z telefon raqamidan 24-iyul kuni soat 08:00 larda qo‘ng‘iroq qilib, avvaliga muammolari haqida aytgan. Keyin esa go‘yo Surxondaryo viloyati hokimi vafot etganligi haqida bildirgan.

    Shu paytning o‘zida D.O. o‘zining Redmi Note 9 rusumli uyali telefonida ushbu yolg‘on (rasmiy tasdiqlanmagan) xabar to‘g‘risida post tayyorlab, Facebook hamda Telegram’dagi sahifalariga joylashtirgan.

    Tekshiruvda to‘plangan hujjatlar 24-iyulda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi (Tuhmat) va 46-moddasi (Fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish) bilan Uzun tumani ma’muriy sudiga yuborilgan va sudning shu kundagi qarori bilan huquqbuzar D.O.ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan. Ish bo‘yicha dalil tariqasida olingan Redmi Note 9 rusumli uyali telefoni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli sifatida davlat foydasiga musodara qilindi.

    Tekshiruvlar davom ettirilib, D.O.ga qo‘ng‘iroq qilib, yolg‘on ma’lumot taqdim etgan noma’lum ayol Termiz shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimi G.R. ekanligi aniqlangan. G.R. o‘z tushuntirishida D.O.ga mazkur yolg‘on xabarni aytganligini tan olgan.

    Mazkur holat yuzasidan G.R.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi (Tuhmat) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, tegishli sud organiga yuborilgan.

    Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumot “Daryo”ga dastlab 15-iyul kuni tushgandi. Viloyatdagi manbalar Termizda odatda viloyat hokimi tomonidan o‘tkazadigan yig‘ilish va tadbirlar uning o‘rinbosari tomonidan olib borilayotganini ma’lum qilgan. SSV uning kasallikka chalingani haqida 18-iyul kuni xabar bergan.

    Oradan bir necha kun o‘tib, To‘ra Bobolovning koronavirusdan vafot etganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi bu xabarni rad etib, “Vohadoshlarimizdan ayrim fuqarolar tomonidan koronavirus vahimasi fonida tarqatilayotgan bunday mish-mishlar, yolg‘on axborotlarga ishonmasliklaringizni so‘raymiz”, deya bayonot bilan chiqdi, biroq ko‘p o‘tmay hokimlik matbuot xizmati bu xabarni o‘chirib tashlab, o‘rniga yangi xabar chiqargan va unda viloyat hokimining ahvoli yaxshi ekanligi, yaqin kunlarda ish faoliyatini davom ettirishi qo‘shimcha qilingan. To‘ra Bobolovning o‘zi 24-iyul kuni videomurojaat qilib, ahvoli yaxshi ekanligini ma’lum qildi.

    Mavzuga doir: Surxondaryo hokimining koronavirusga chalingani bir necha kun yashirildi. U COVID-19 ni yuqtirib olgan yagona hokim emas

    25.07.2020, 17:58   Izoh (0)   56940
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yana 102 kishida koronavirus aniqlanib, kasallanganlarning umumiy soni 19 755 nafarga yetdi

    25.07.2020, 17:35

    Jizzaxda koronavirusga chalingan 58 yoshli ayol vafot etdi

    25.07.2020, 17:17

    Koronavirusga chalingan Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligining podpolkovnigi 49 yoshda vafot etdi

    25.07.2020, 16:53

    O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni ijaraga berishda daromad solig‘i bekor qilindi

    25.07.2020, 15:56

    Sergelidagi maktab hududida COVID-19’ga gumon qilinganlar uchun tez yordam markazi qurilmoqda

    25.07.2020, 14:57

    Toshkent—Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha reys amalga oshiriladi

    25.07.2020, 14:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.