• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 28-iyun kuni 266 kishida koronavirus aniqlandi. Ikki kishi koronavirus asoratlaridan vafot etdi

    O‘zbekistonda 27-iyun soat 23:30 dan 28-iyun soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 266 ta holat qayd etildi. Olti kundan buyon yangi kasallanganlar soni 200 nafardan oshmoqda. Bir kun ichida 266 kishida kasallik aniqlanishi 25-iyunda o‘rnatilgan rekorddan keyingi ikkinchi natija hisoblanadi. Uch kun avval 276 kishida kasallik aniqlangandi. Yangi qayd etilgan holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 7948 nafarga yetdi.

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallanganlarning
    • 247 nafari karantin muassasalarida;
    • 16 nafari aholi orasida (Andijon viloyatida — 6 nafar, Samarqand viloyatida — 4 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 2 nafar, Toshkent shahrida — 2 nafar, Toshkent viloyatida — 1 nafar, Sirdaryo viloyatida — 1 nafar);
    • 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida (Qoraqalpog‘istonda — 2 nafar, Sirdaryo viloyatida — 1 nafar) aniqlangan.
    Kun davomida 7 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning 6 tasida aholi orasida koronavirus aniqlandi. Aholi orasida yangi kasalliklar aniqlanishi bir kun avvalgiga nisbatan 38 taga kamaydi.

    SSV ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik aniqlanganlardan 138 nafari xorijdan kelganidan so‘ng karantinga olingan bo‘lgan.

    Qashqadaryo viloyatida kun davomida qayd etilgan 14 ta holatning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida aniqlangan. 5-iyunda viloyatga koronavirus qaytganidan so‘ng asosan karantindagilar orasida kasallik qayd etilmoqda. 16-iyun kuni Qashqadaryoda karantindagi 104 kishida koronavirus aniqlangandi.

    Andijon viloyatida ham 14 ta yangi holat qayd etilgan bo‘lib, 8 tasi karantindagilar orasida, 6 tasi aholi orasida aniqlandi. Iyun oyida Andijonda bir kunda yangi kasallanish holatlari soni 10 taga ham yetmayotgandi. Endi viloyatda kasallanganlarning umumiy soni 200 nafardan ham oshdi. 20-iyun holatiga ko‘ra, “yashil” hudud deb belgilangan Andijon viloyatida 21, 23 va 25-iyun kunlari ham aholi orasida kasallik aniqlangandi.

    Toshkent shahrida yangi kasallanish holatlari keskin kamaydi. Bir kun avval yangi kasallanish holatlari 64 tani tashkil etgan bo‘lib, aholi orasida qayd etilgan holatlarning o‘zi 39 ta edi. 28-iyunda esa poytaxtda 13 ta yangi holat qayd etildi. Ulardan 11 tasi karantindagilar orasida, 2 tasi aholi orasida qayd etildi. Bu hafta davomida Toshkentda aholi orasida eng kam kasallik aniqlangan kun bo‘ldi. Umuman olganda Toshkent aholi orasida eng ko‘p kasallik aniqlanadigan hudud hisoblanadi. Poytaxtda 4-iyundan buyon uzluksiz ravishda aholi orasida kasallik aniqlanadi.

    Toshkent viloyatida 11 ta yangi holat qayd etildi, bulardan 10 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida va bittasi aholi orasida aniqlandi. Viloyatda ketma-ket 12-kun aholi orasida kasallik qayd etilmoqda.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan 6 ta holatdan  2 tasi karantindagilar orasida, 2 tasi aholi orasida va yana 2 tasi xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchilari orasida aniqlandi. Ushbu hududda 23 va 27-iyun kunlari ham karantindagilar orasida kasallik aniqlangan. Lekin aholi orasida va xalqaro yuk tashuvchi mashinalar orasida 13-iyundan beri yangi holat kuzatilmagandi.

    Samarqand viloyatida qayd qilingan 4 ta holatning bari aholi orasida aniqlandi. Viloyatda aholi orasida 15-iyun kuni 3 ta, 16-iyun kuni 2 ta, 21-iyun kuni 1 ta va 24-iyun kuni 8 ta kasallanish holati qayd etilgandi.

    Sirdaryo viloyatida aholi orasida bitta, xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida bitta yangi holat qayd etildi. Viloyatda 21, 23, 26 va 27-iyun kunlari ham aholi orasida kasallik aniqlangandi.

    Kasallikdan davolanish

    28-iyun davomida 89 nafar bemor sog‘aydi. Ularning 75 nafari Toshkent shahri va 14 nafari Qashqadaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi. Qashqadaryoda yangi kasallanganlar soni ham 14 nafarni tashkil etgandi.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 7948 nafar bemordan 5329 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 67 foizni tashkil etmoqda. 27-iyun kuni bemorlarning davolanib chiqishi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatilganidan so‘ng davolanish ko‘rsatkichi 67 foizdan 68 foizga ko‘tarilgandi. Endi esa ko‘rsatkich yana pastladi.

    17-iyun kuni shifoxonalardagi bemorlar soni birinchi marta 1500 nafardan oshgandi, 23-iyunda ularning soni 2000 nafardan oshdi, 28-iyunga kelib esa shifoxonadagi bemorlar soni 2500 nafardan ham oshdi. Ayni vaqtda shifoxonalardagi 2597 nafar bemordan 2152 nafari Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida davolanmoqda (Sirdaryo viloyatidagi bemorlar ham Toshkent shahriga o‘tkazilgan). Qolgan 445 nafar bemor mamlakatning 10 hududidagi shifoxonalarda davolanmoqda.

    Jizzaxda 2, Qoraqalpog‘istonda 10, Namanganda 24, Andijonda 28, Buxoroda 34, Samarqandda 44, Navoiyda 46, Surxondaryoda 56, Xorazmda 60 va Qashqadaryoda 141 nafar bemor qoldi. Farg‘ona viloyati koronavirusdan xoli yagona hudud bo‘lib turibdi.

    Ahvoli og‘ir bemorlar va o‘lim holatlari

    28-iyun kuni SSV ikki kishi koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi. Bir kun ichida ikki bemorning koronavirusdan vafot etishi O‘zbekistonda ilgari kuzatilmagandi.

    Toshkentdagi Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi shifokori A.U. 2020-yilning 14-iyun kunidan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markazidagi fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida faoliyat ko‘rsata boshlagan. Faoliyati davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shifokor 23-iyun kuni ahvoli og‘irlashib, dastlab Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, so‘ng esa Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga o‘tkir miokard infarkti tashxisi bilan yotqizilgan.

    26-iyunda esa yurak, nafas va o‘pka yetishmovchiligi kuzatilib, ahvoli og‘irlashganligi uchun reanimatsiya bo‘limiga olingan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli O‘zbekistondagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari tomonidan bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, nazoratga olingan.

    “Biroq kardiolog, pulmonolog, terapevt, virusolog, reanimatologlarning standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan”, — deyiladi SSV axborotida.

    Shuningdek, Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 42 yoshli D.X. (erkak) 2020-yil 20-iyun kuni insultning qaytalanishi bilan o‘ta og‘ir holatda Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Bemorda 22-iyun kuni koronavirus aniqlangan va unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan hamda ahvoli keskin yomonlashganligi sababli sun’iy nafas oldirish apparatiga olingan.

    Biroq soha mutaxassislarining standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

    Yangi o‘lim holatlaridan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 22 nafarga yetdi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2597 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

    Karantindagilar

    Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 40 120 nafar, statsionar karantinda esa 23 432 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagi fuqarolar soni 447 nafarga ko‘paygan bo‘lsa, statsionar karantindagi fuqarolar soni 559 nafarga kamaydi. Uy karantinidagi fuqarolar soni iyun oyida birinchi marta 40 mingdan oshdi.

    29.06.2020, 00:18   Izoh (0)   134007
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 22 nafarga yetdi

    29.06.2020, 00:14

    Davlat shaharsozlik kadastri geoportali funksiyalari namoyish etildi

    28.06.2020, 23:14

    Toshkentda 67 nafar, Qashqadaryoda 14 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda sog‘ayganlar soni 5300 nafardan oshdi

    28.06.2020, 22:23

    Qurilish vazirligi pudrat tashkilotlarining yangi reyting tizimi haqida ma’lumot berdi

    28.06.2020, 22:13

    Ohangarondagi katta do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

    28.06.2020, 21:54

    Toshkentda 27-iyun kuni “O‘rikzor” bozori sotuvchisi, 2 nafar bank xodimi va “O‘zbektelekom” xodimida koronavirus aniqlangan

    28.06.2020, 20:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston talabalarni O‘zbekistondagi tibbiy oliygohda o‘qimaslikka chaqirdi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 11:00

    Buyuk Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun yangi sanksiyalar rejimini joriy etadi

    Dunyo | 23 iyul, 10:45

    Aktyor Burak O‘zchivit “Hukmdor Usmon” serialini tark etdi

    Kino | 23 iyul, 10:35

    Toshkentda samolyot bortida yo‘lovchi ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak jazolandi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 10:31

    Ukrainаdagi urushning 2026‑yilgi harbiy xarajatlari ochiqlandi

    Dunyo | 23 iyul, 10:23

    Mirabror Usmonov kubogi-2025. O‘zbekiston Saudiya Arabistoni darvozasiga 3 ta gol urdi (video)

    Sport | 23 iyul, 10:23
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.