O‘zbekistonda 2020-yil 28-iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7948 (+135) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanganlarning

  • 108 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
  • 14 nafari Qashqadaryo viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar) orasida;
  • 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari kasallikka chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida, 1 nafari aholi orasida);
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari aholi orasida, 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 28-iyun kun davomida Toshkentda 67 nafar, Qashqadaryoda 14 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, mamlakatda infeksiyadan forig‘ bo‘lganlar (67 foiz) soni esa 5329 nafarga yetgan.

Hozirda mamlakatda 2597 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda 2020-yil 28-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7813 (+88) nafarni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 22 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etdi. Ma’lumot uchun, iyun oyining o‘zida 7 nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan.