Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasida 82 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 50 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 45 nafar, jami 177 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, 27-iyun kuni o‘z uyiga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Bundan avval Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Xorazm viloyatida 18 nafar bemor sog‘aygani xabar berilgan edi. Shu tariqa 27-iyun kuni jami 202 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi rekord ko‘rsatkich 25-iyun kuni qayd etilgan bo‘lib, 192 nafar bemor tuzalgan va uyiga kuzatilgandi. 26-iyun kuni esa O‘zbekistonning turli hududlaridagi tibbiyot muassasalaridan 161 nafar bemor kuzatildi.

Kun davomida poytaxtdagi tibbiyot muassasalarida 184 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida COVID-19’dan sog‘ayganlar soni 3044 nafarga yetdi.

Hozirda O‘zbekiston bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5240 nafarni tashkil etmoqda. Respublikaning turli kasalxonalarida 2291 nafar bemor belgilangan standartlar asosida davolanishda davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda
Mahalliy
Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlarining 2,5 mln gektari Uzkad tizimiga kiritilgani maʼlum bo‘ldi
Salomatlik
Shamollash, milk kasalliklari, stress: davosi sabzavot va mevalar bo‘lgan yana 6 kasallik