KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat tarixidagi yengil tipdagi ilk yengil samolyotni ishlab chiqishda ishtirok etgan olimlar, texnologlar va ishchilarning katta guruhi bilan birga fotosessiyada ishtirok etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Koreya mehnat partiyasi (KMP) birinchi kotibi va Davlat mudofaa qo‘mitasi birinchi raisining so‘zlariga ko‘ra, ushbu tadqiqotchilar guruhi “mahalliy bort uskunalaridan foydalangan holda uchuvchi qurilmani yaratdi va bu bilan KXDRning farovon davlatga aylanishi uchun katta hissa qo‘shdi”.
“Mamlakatda aviasozlik sanoatining tez rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratilgan”, - deya qayd etdi Kim Chen In. U “KMP tashkil etilganining 70 yilligi arafasida yuksak muvaffaqiyatga erishganliklari bilan” samolyot yaratuvchilarini tabrikladi.
Aprel oyi boshida KXDR nashrlari Shimoliy Koreya yetakchisi fuqaro aviatsiyasi uchun mo‘ljallangan yengil samolyotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan mashinasozlik zavodlaridan biriga tashrif buyurgani haqida xabar bergandi.
Kim Chen Inning ishonch bildirishicha, harbiy samolyotlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq uzoq tarixga ega bo‘lgan ushbu sanoat korxonasi jamoasi turli tipdagi fuqarolik samolyotlarini ishlab chiqarishni ham o‘zlashtira oladi.
Izoh (0)