“Arab koalitsiyasi” aviazarbalar berishda davom etayotgan Yamanni 16 mingga yaqin xorijliklar tark eta olmayapti. Bu haqda BMTning maxsus muassasasi Migratsiya xalqaro tashkiloti (MXT) ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ta’kidlanishicha, 38 ta davlat o‘z fuqarolarini evekuatsiya qilishda ko‘maklashishni so‘rab, tashkilotga murojaat qilgan.
“Biz Sudan va Efiopiya bilan ko‘proq kishilarni evakuatsiya qilish uchun gumanitar havo ko‘prigi yaratish haqida kelishib oldik”, — dedi MXT operatsiyalar va favqulodda holatlar departamenti direktori Muhammad Abdiker.
Uning aytishicha, 14-aprel, seshanba kuni Sanadan Sudan poytaxti Xartumga 13 mamlakatning 148 nafar fuqarosini olib o‘tgan charter reysi tashkil qilingan. 16-aprel kuni esa navbatdagi evakuatsiya amalga oshiriladi.
Izoh (0)