15-aprel, chorshanba kuni Amerika poytaxtida Kapitoliy yaqinidagi o‘tloqqa bir o‘rinli kichik giroplan kelib qo‘ndi, deb yozadi “TASS”. Kongress binosini qo‘riqlovchi politsiya xabariga ko‘ra, uchuvchi hibsga olingan.
Mahalliy OAVlar yozishicha, u floridalik 61 yoshli pochtachi Dag Xyuz bo‘lib chiqqan. Giroplanga AQSh pochta xizmati tamg‘asi tushirilgan.
Hodisa guvohlari ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgan fotosuratlarda uchuvchi giroplanni bevosita Kapitoliyning yaqiniga qo‘ndirganini ko‘rish mumkin.
Hozircha pochtachining bunday xatti-harakatdan maqsadi oshkor etilmadi.
Izoh (0)