Moskva birjasidagi savdolar chog‘ida dollarning birja kursi psixologik ahamiyatli darajadan o‘tib, 50 rubldan arzonlashdi. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda.
Xususan, Moskva vaqti bilan 15-aprel 19:31da dollar kursi 92 kopeykaga arzonlashib, 49,96 rublni tashkil etidi.
Yevro kursi ham arzonlashgan. 2014-yilning oktabridan beri yevro kursi birinchi marta 52,99 rublga teng bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, jahon bozorida neft narxi o‘rtacha 6 foizga oshayotgani haqidagi xabarlar ortidan rubl qadri o‘sib bormoqda.
Izoh (0)