15-aprel, chorshanba kuni Pokiston yadroviy kallakni olib o‘tishga qodir bo‘lgan o‘rta masofadagi “Gxauri” ballistik raketasini muvaffaqiyatli ravishda uchirdi, deya xabar bermoqda “TASS” Jamoatchilik bilan aloqa bo‘yicha Pokiston idoralararo xizmatiga tayanib.
“Ham oddiy, ham yadroviy kallaklarni 1,3 ming km masofagacha olib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lgan ‘Gxauri’ raketasini uchirishdan maqsad Pokiston strategik kuchlarining tezkor va texnik shayligini tekshirib ko‘rishdan iborat bo‘ldi”, — deyiladi idora xabarida.
Muhandislar va harbiy xizmatchilarni prezident Mamnun Husayn va bosh vazir Navaz Sharif muvaffaqiyatli parvoz bilan qutladi.
Izoh (0)