Ijtimoiy tarmoqlarda Malibu-2 rusumli avtomashina yo‘lovchisi “lyuk” qismidan boshini chiqarib harakatlangani aks etgan video tarqaldi. YHXX holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Unga ko‘ra, holat yuzasidan haydovchi chaqirtirilib, u bilan suhbatlashilgan. Haydovchining taʼkidlashicha, Toshkent shahar hududida unga yo‘lovchi bo‘lib chiqqan ayol harakat davomida “lyuk”dan boshini chiqargan. Unga qarshilik qilishga esa ulgurmagan.
Holat atrofdagi mashinalar haydovchilari tomonidan videoga olingan va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan. Maʼlum bo‘lishicha, haydovchi avtomashinani guvohnomasiz boshqargan.
Holat yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Toshkentda bolasining boshini mashina oynasidan chiqarib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rilgani haqida xabar berilgandi.
Qoraqalpog‘istondagi to‘yda tanasini mashinadan chiqarib tasvirga olgan operatorlar va haydovchi jarimaga tortilgan edi. Shuningdek, Andijonda 20 yoshli qiz mashinadan tanasini chiqarib harakatlangani, Samarqandda harakatlanayotgan Gentra’dan tanasini chiqarib, soxta dollar sochgan yigitlarga chora ko‘rilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)